Franklar haqida. ,,Frank" so'zi - jasur, erkin degan ma'-nolarni anglatadi. Bu atama qator german qabilalariga nisbatan qo'llaniladigan umumiy nom edi. Franklar asosan Reyn daryosining o'rta va quyi oqim bo'ylarida yashaganlar.
Franklar dengiz bo'yi (sail) va qirg'oq (ripuar) franklariga bo'linganlar.
Franklarning G'arbiy Rim imperiyasi bilan munosabatlari bir xilda kechmagan. Ular bir-birlari bilan ba'zan dushman, ba'zan ittifoqchi bo'lganlar.
Sali franklari ancha kuchli edi. Ular Xlodvig hukmronlik qilgan yillarda (481-511) nihoyatda kuchaygan.
Davlatning tashkil topishi. Xlodvig tez orada barcha frank qabilalari ustidan hukmronlik o'rnatgan va 486- yilda Shi-moliy Galliyani egallagan. Shu tariqa Franklar davlati (hozirgi Fransiya shu nomdan olingan) tashkil topgan.
Bu davlat qirollik davlati edi.
Qirol Xlodvig Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukm-ronligiga asos solgan. Sulola nomi Xlodvigning ajdodi Merovey nomidan olingan. U sali franklariga yetakchilik qilganlardan biri edi.
Qirol hokimiyati tobora kuchayib borgan. U davlat boshqaruvining barcha sohalarini o'z qo'liga olgan. Uning hokimiyati yirik yer egaligiga va harbiy kuchga asoslangan. Davlatni o'z mulki kabi boshqargan. Xlodvig mamlakatni viloyatlarga bo'lgan. Ularni qirol tayin-laydigan graflar boshqargan.
Malumki, varvarlarning Rim imperiyasiga bo`lgan munosabati IV asr oxirlariga kelib juda keskinlashib ketgan edi. Imperiyaning zaiflashuvi varvar qabilalariga imperiya chegarasidan deyarli bemalol o`tib, uning hududini egallab olish uchun imkon berdi. Imperiya varvarlarning siquvini yana bir oz vaqt to`xtatib tura olar edi, lekin u ittifoqchilar tarzida xizmat qilayotgan varvarlarning o`zini yordamiga tayangan chog`dagina shunday qila olar edi. Ammo ittifoqchilarning dushmanga aylanishi oson edi: bu-ning oldini olish uchun imperiya ularga tobora ko`proq yon berishga maj-bur bo`lmoqda edi.