1. Axborotlarning stenografik himoyasi
Stenografiya tushunchasi maxfiy xabarlarni yashirish usullarini bildiradi. Bu soha yozuv paydo bo’lishidan oldin vujudga kelgan. Asl tarjimasi sirli yozuv degan ma’noni bildiradi. Kriptografiya sohasiga qaraganda ancha keng tarqalgan. Bu sohalarning vazifasi deyarli bir xil. Faqatgina ma’lumot yashirish usulida farq qiladi. Stenografiyada butun ma’lumotlar yashirib qo’yiladi. Hozirgi kunda stenografiya sohasi kriptografiya kalitlarini yashirib qo’yishda ishlatiladi. Bu soha quyidagi vazifalarni bajaradi:
-yashirish usullari va fayllarning yaxlitligini ta’minlashi kerak.
-konfidensial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan himoyalash.
-Monitoring va tarmoq zahiralarini boshqarish tizimlarini ta’minlash
-yovuz niyatli shaxslarga shifrlash usuli ma;lum deb qarab unga qarshi himoya vositalarini qo’llash
-dasturiy ta’minotni niqoblash
-mualliflik huquqlarini himoyalash
2. Kriptografiya tarixi- Sezar affin usuli
Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o’z-o’zicha kriptografik tizim hisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo’la oladi.
Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. TSezar o’z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi harakatlanadi.
Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obro’siga putur yetkazdi.
Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-qarshi.
Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.
Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.
Bu kitobda asosiy e’tibor kriptografik usullarga qaratilgan.
Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Simmetrik kriptotizimlar.
Ochiq kalitli kriptotizimlar.
Elektron imzo tizimlari.
Kalitlarni boshqarish.
Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning aloqa kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli vositalarda saqlash.
Dostları ilə paylaş: |