Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar. 
Angliya va AQSh davlati o’zining 
eng birinchi navbatdagi vazifalaridan biri – bu Shimoliy Afrikani bosib olishdan 
iborat edi. Ingliz-amerika qo’mondonligi birvarakayiga ikkita opersiyani – 
Shimoliy Afrikaning sharqiy va G’arbiy qismini bosib olish tayyorgarligini 
boshlab yuboradi. Sharqda Misrdagi Rommelning italyan-nemis gruppirovkasiga 
qarshi, G’arbga esa – Aljir va Marokashdagidagi fransuz yerlariga ingliz-amerika 
qo’shinlarini tushirish rejalashtirilgan edi. (“Fakel” operatsiyasi). 
Agressor davlatlar ustidan bunday ustunlik albatta, ikkinchi jahon urushi 
sahnalarida o’z kuchini ko’rsatmay qo’ymas edi. Ayniqsa, bu narsa 1942- yil 23-
oktyabrda Stalingrad ostidagi janglarning qizg’in pallasida general B. Montgomeri 
qo’mondonligidagi 8- ingliz armiyasi El-Alameyn rayonida nemis-fashistlarning 
Rommel korpusidan juda katta ustunlikka ega bo’lgani holda, g’alaba qozonganida 
edi. Yuqoridagi aytib o’tgan ustunlik yaqqol buni isbotlaydi. Italyan-nemis 
qo’shinlari Misrdan Liviya tomonga chekinadi. Ayni shu paytda Shimoliy 
Afrikaning boshqa tomonidagi Marokash va Jazoir portlariga (Vishi davlatining 
mustamlaka yerlari) general D. Eyzenxauer qo’mondonligidagi ingliz-amerika 
ittifoqchi flotini tushiradi. 
Afrikadagi fransuz kolonial armiyasi va ma’muriyati rahbarlari ingliz-
ameirka agentlari bilan maxfiy aloqada bo’lishgani uchun urushdagi vaziyat qaysi 
tomonida ekanligi sezib, qisqa davom etgan qarshiliklardan so’ng ittifoqchilar 


187 
tomonga o’tadilar. Shimoliy Afrika va G’arbiy Afrikadagi fransz ma’muriyatini 
boshqarayotgan general Jiro ittifoqchilar bilan osongina til topishdi. Vishi davlati 
mustamlaka ma’muriyatini ingliz-amerika qo’mondonligi ostida Jazoir va 
Marokashni boshqarar edi. Shunday qilib, urush davrida birinchi marta fashistik 
blok a’zolaridan biri hokimiyatni saqlash ilinjida ittifoqchilar tomoniga o’tdi. 
Jazoir va Marokash ittifoqchilarning qo’shinlari tushirilishi haqida bilgan 
Gitler, ingliz-amerika desantchilariga kelgusidagi yurishlariga xalaqit qilish uchun, 
zudlik bilan nemis qo’shinlarini Tunisga tashlashni buyuradi. Shuning bilan bir 
vaqtda u Fransiyaning janubiy qismini bosib olish, Vishi davlatini saqlab qolish, 
ammo “vaqtinchalik yarash armiyasi”ni qurolsizlantiish va fransuz flotini bosib 
olish to’g’risida buyruq beradi. 1942- yil 11- noyabrda nemis va italyan qo’shinlari 
hech qanday qarshiliksiz janubiy zonaga kirib boradilar va “vaqtinchalik yarash 
armiyasi”ni qurolsizlantiradi. Biroq, Tulon portidagi fransuz flotini bosib 
ololmaydi. Nemis qo’shinlari Tulonga kirib kelgan paytda, fransuz dengizchilari 
o’z kemalarini cho’ktirib yuboradilar. 
Shu voqealardan keyin Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar ikki 
yo’nalishda davom etadi: sharqdan, general Montgomeri qo’mondonligidagi 8-
armiya Liviya orqali Tunisni bosib oladi, G’arbdan esa general Jiro qo’mondonlik 
qilgan mustamlaka armiyasi bilan qo’shilib ketgan general Eyzenxauer qo’shinlari 
harakat qilardi. 1942-yilning dekabrida dushmanni Tunisga siqib chiqarib, ular 
noqulay ob-havo tufayli janglarni to’xtatadilar. Bu esa Germaniya uchun sovet-
german frontiga qo’shimcha ravishda 27 ta diviziya, shundan 5 tasi tank 
diviziyasini tashlashga imkon yaratib beradi. 1943- yil mart oyining ikkinchi 
yarmidagina Tunisda ittifoqchilarning hujumlari yangilanadi. 1943- yil 13-mayda 
Tunisning eng shimoli-sharqiy chekkasi bo’lgan Bon yarim oroliga siqib olib 
kelingan italyan-nemis qo’shinlari taslim bo’ladilar. 
Ittifoqchilar qo’liga 240 ming harbiylar asirga tushadi. Italyan-nemis 
qo’shinlarining Tunisdagi umumiy talafoti 300 ming ofitser soldatdan ortib ketadi. 
Ingliz va amrerika tarixshunosligida, Shimoliy Afrikadagi ittifoqchilarning 
bu harakatlari ikkinchi frontning ochilishi bilan bir xil degan tasdiqlar uchrab 


188 
turadi. Biroq bu fikrni tasdiqlab bo’lmaydi. Lekin, Sovet hukumati, ikkinchi front 
deb e’lon qilish uchun harbiy operatsiyalarda fashist Germaniyasining hech 
bo’lmaganda 30–40 ta diviziyasini jalb qilingan holdagina sanash mumkin deb 
hisoblashini aytadi. Afrikadagi 1942–1943-yillardagi harbiy harakatlarda 17 
italyan va nemis diviziyalari qatnashgan bo’lsa, xuddi shu paytda sovet-german 
frontida Germaniya va uning ittifoqchilarining 262 ta diviziyasi qatnashgan. 
Cherchillning o’zi I. V. Stalinga Shimoliy Afrikadagi ahvol to’g’risida xabar 
berayotganida, “Bu opersiyalarning o’lchami Siz boshqarayotgan ulkan 
operatsiyalar bilan taqqoslaganda unchalik katta emas” deb aytadi. Afrikadagi 
harbiy harakatlar sovet-german urushi markazidagi voqealar teng kela olmaydi va 
uning bilan fashizm ustidan g’alabada hal qiluvchi natijalarga kelib bo’lmaydi. 
Shimoliy Afrikaning egallash ittifoqchilarning yirik muvaffaqiyati xolos, 
hali bu bilan ikkinchi front ochildi degani emas. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin