Italiyaning kapitulyasiyasi va fashistik blokning inqirozi.
Afrikaga
muvaffaqiyatli desantlar tushirilgandan keyin, 1943- yil yanvarda Marokashning
Kasablanka shahrida, kelgusidagi harakatlar rejasini kelishib olish uchun Ruzvelt
va Cherchill uchrashadilar. Ruzveltning taklifi bilan Germaniyadan so’zsiz taslim
bo’lish to’g’risida talab qilish to’g’risida taklifga erishiladi. Ammo bu uchrashuvda
Yevropada ikkinchi frontning ochilish to’g’risidagi masala hal qilinmadi.
Cherchill tomonidan taklif qilingan “Bolqon varianiti” bo’yicha
Germaniyani zudlik bilan tor-mor qilshini oqlamaydi, chunki harbiy harakatlar
undan yiroqda bo’layotgan edi. Uning asosiy maqsadi Italiya va Bolqonni ingliz
imperialistlar nazorati ostida qoldirib, Sovet Armiyasining ularni ozod qilishiga
xalaqit qilishdan iborat bo’lgan. Kasablankada bo’lib o’tgan konferensiyada
qatnashgan fransuz generali de Gollning so’zlariga qaraganda, “Cherchill Italiya
yarim orli bo’ylab harakatlanish bilan birgalikda Gretsiya va Yugoslaviyaga
tushishni, Turkiyaning urushga qo’shilishni, undan keyin esa, Avstriya, Chexiya va
Vengriyaga kirib borishni kirib borishni mo’ljallagan edi. Tushunishimizcha, usha
strategik reja London siyosatiga mos kelgani holda, Angliyaning O’rta-yer
189
dengizida ustunlik qilishni va bundan ham muhimrog’i nemislar o’rnida ruslarning
bo’lib qolishidan xavfsirardi”.
Ruzvelt “Bolqon varianti” tarafdori bo’lmasada, Cherchill masalani o’ziga
mos ravishda hal qilishga erishadi: Shimoliy Afrikani egallab bo’lganidan so’ng,
Italiya hududidagi Sitsiliyaga harbiylarni tushirishga erishadi. Fransiyaga qo’shin
tushirish yana kechiktiriladi. Sitsiliyani egallab olish bilan tabiyki, Italiyadagi
navbatdagi opersiyalarni rivojlanishiga turtki bo’lishini, va albatta, Bolqondagi
masalalar ham o’z yechimini topadi deb tahmin qilindi. 1943-yilning may
oyidagina Ruzvelt va Cherchillning Vashingtonda bo’lib o’tgan uchrashuvlarida
ikkinchi front to’g’risida qaror qabul qilinadi. Cherchill esa yana “Bolqon varianti”
g’oyasini ilgari suradi, ammo AQSh hukumati Germaniyani bo’lib tashlab, G’arbiy
Yevropada mustahkam o’rnashishini muhimroq deb hisoblaydi. Shuning uchun u
desantlarni Fransiyaga tushirishni va shuning bilan ingliz-amerika qo’shinlarini
eng qisqa yo’l bilan Yevropa markaziga olib kelish mumkin degan fikrda turib
olgandi. Oxir oqibat Vashingtonda bo’lib o’tgan konferensiyada 1944-yilning 1
mayiga qadar Fransiyada ikkinchi front ochish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Konferensiya yana Italiyani urushdan olib chiqib ketish maqsadida Sitsiliyaga
harbiylarni tushirish to’g’risida, Germaniyani osmondan bombardimon qilish rejasi
va Tinch okeanidagi opersiyalari to’g’risidagi rejalarni ham ma’qulladi.
Mana shundan keyingina Ruzvelt ikkinchi front ochish ikki-yilgi orqaga
surilgani haqida Stalinga ahborot beradi. Bizning fikrimizgacha, bunday qaror
Sovet hukumatining qat’iy e’tiroziga sabab bo’ldi. Angliya va AQSh Kasablanka
va Vashingtonda ko’zlagan rejalarini amalga oshirishni davom ettirdilar.
Birinchi navbatda, AQSh va Angliya dengiz kommunikatsiyalariga xalaqit
berayotgan nemis suv osti kemalariga qarshi urush ochadilar. Ular juda ham
zmaonaviy va yangi radiolakatorlar bilan jihozlangan maxsus kemalarga qarish
kemalar va samolyotlar, maxsus eskort avianosetslar quradilar, suv osti kemalarini
faol qidirish va ta’qib qilish ishlarini olib boradilar. 1943-yil davomida Germaniya
245 ta suv osti kemasidan judo bo’ladi, bu esa o’tgan-yillradagini qo’shib
sanagandan ham ko’pdir. 1943-yilning may oyida nemis qo’mondonligi Shimoliy
190
Atlantikadagi suv osti kemalarining guruh bo’lib harakatlanishlaridan voz kechadi
va okeandan olib chiqib ketadi.
O’zining yer, suv va havo yo’llarini yo’lga solib olgan ingliz-amerika
qo’mondonligi Italiyaga bostirib kirishini boshlaydi. 1943-yilning 10-iyulida,
Kursk janglarining qizg’in pallasida, qachonki, gitlerchi Germaniyaning barcha
asosiy kuchlari sovet-german frontiga tashlangan vaqtda, Sitsiliyaga o’z harbiy
kuchlarini tashlaydi. Yarim orolda joylashgan italyan garnizoni hech qanday
qarshilik qilmaydi. Ikki haftadan so’ng ittifoqchilar Sitsiliyani egallab oladilar.
Italiya hukmron doiralarida jiddiy siyosiy inqroz vujudga keladi.
Germaniyaning muqarrar mag’lub bo’lishiga ishongan holda, avvalroq xuddi
Afrikadagi fransuz ma’muriyati kabi, ittifoqchilar tomoniga o’tishga qaror
qiladilar. Fashist partiyasining ba’zi rahbarlari va armiyaning yuqoridagi
boshliqlari qirolning qo’llab-quvvatlashi orqali ingliz-amerika ittifoqchilar bilan
aloqaga kirish maqsadida Mussolinidan qutulmoqchi bo’ladilar. 1943-yil 25-iyulda
Katta fashist ittifoqi Mussoliniga ishonchsizlik ifodalaydi. Mussolini qirol qabuliga
kelganida qirol soqchilari uni hibsga oladi. Qirol Mussolnining premer-vazirlikdan
bo’shatilganinin va uni sobiq bosh shtab boshlig’i marshal Badolyo bilan
almashtirilganini e’lon qiladi. Badolyo hukumati Germaniya tomonida urushni
davom ettirishni rasman ma’lum qilgan bo’lsada, maxfiy ravishda Angliya va
AQSh vakillari bilan muzokaralarga olib borayotgan edi.
1943- yil 8- sentyabrda London radiosi Badolyo hukumati bilan tinchilik
shartnomasi tuzilganiligi to’g’risida xabar beradi. Ingliz-amerika qo’shinlari
Badolyo bilan shartnomaga asosan Italiyaga tushiriladi. Bunga javoban, Italiyadagi
nemis qo’shnilari esa italyan armiyasini qurolsizlantirib, Shimoliy Italiya va
Markaziy Italiyani yo’llarini berikitib, ingliz-amerika qo’shinlari yo’llarini to’sib
qo’yadi. Shunday qilib, Italiyani ikkita biri-biriga teng kelmaydigan qismga
ajratilgan Neapolning shimolrorog’ida italyan fronti binoga keladi. Shimoliy va
Markaziy Italiyada nemis-fashist bosqinchilardan tuzilgan italyan fashist hukumati
ish olib borardi. Unga nemis parashyutistlari ozod qilgan Mussolini boshchilik
qilardi. Mamlakatning uchdan birini egallagan, uning janubiy qismida esa, ingliz-
191
amerika harbiylari tomonidan harakatlanayotgan va Germaniyaga urush e’lon
qilgan Badolyo hukumati ish olib borardi.
Italiyaga ittifoqchilarning tushirilishi ikkinchi frontda o’zgarish kirita
olmaydi. 1943- yil sentyabrda Italiyada 17 ta nemis diviziyasi, vaholanki, xuddi
shu paytda sovet-german frontida Germaniya va uning ittifochilarining 221 ta
diviziyasi janglar olib borayotgan edi. Bunga ham qaramasdan, fashist rejimining
halokatga uchrashi va Italiyaning ittifoqchilar tomoniga o’tishi – juda katta siyosiy
ahamiyatga ega edi. Italiya armiyasi urushdan yuz o’girdi. Janubiy Italiyada
fashizm rejimi ag’darildi, Shimoliy va Markaziy Italiyada esa u faqatgina nemis
qo’ndoqlari ostidagina ushlab turildi.
Harbiy janglar davomidagi burilishlar fashistik blokda chuqur o’zgarishlar
keltirib chiqardi. Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya hukumatlari Germaniyaning
g’alabasidan umidlari uzdilar va sovet qo’shinlari yaqinlashishini qo’rquv bilan
kutdilar. Ushbu davlatlarning hukmron doiralari Italiyaga o’xshab, Angliya va
AQSh tomoniga o’tishga harakat qiladilar. Stalingrad jangi tugaganidan keyin
Finlyandiya urush tub burilishga kelgani va albatta undan zudlik bilan kerak degan
xulosaga keladi. AQSh hukumati yordamida u 1943- yil yanvarda Sovet Ittifoqi
bilan yarashishga harakat qiladi, biroq Germaniyaning tazyiqi ostida muzokaralar
to’xtatib qo’yiladi. Ruminiya va Vengriya ham Angliya va AQSh bilan maxfiy
muzokaralarga kirishadi. Ular ingliz-amerika ittifoqchilar bilan tinchlik
shartnomasi tuzish va ularning harbiy qismlarini davlatlariga kiritishga ham rozi
edilar, faqat davlatlariga Sovet Armiyasini kirtishni istamas edilar. Muzokaralardin
xabar topgan Gitler, ularni to’xtatib qo’yadi. Germaniya vaqtinchalik davrga
Finlyandiya, Ruminiya va Venngriyani o’z nazorati ostida qoldira oladi xolos.
Biroq ular orasida qarama-qarshiliklar tobora kuchaya bordi.
Fashist blokining yetakchi davlatlari – Germaniya va Yaponiya-Italiya
taslim bo’lib kapitulyasiyaga qo’l qo’yganlaridan keyin uchlik paktiga o’zaro
sodiqligini e’lon qilishadi. Biroq, ularning har biri o’zlarining alohida maqsadlarini
belgilab olgan edilar. Yaponiya yangi hujumga imkoniyat mavjud emasligini
bilgani holda, 1942- yil kuzdan mudofaaga o’tadi. Yapon olimlari yashirincha
192
yadro quroli ustida ishlar boshlab yuborishadi, biroq, yapon fanining qoloqligi va
kerakli xom-ashyo (uran) ning mavjud emasligi sabab, ular kerakli natijaga erisha
olmaydilar. Yaponiya bosib olgan yerlarini ushlab qolish maqsadida, siyosiy
taktika yurigizadi. Yaponiya Birma va Filippinga “mustaqillik” berilishini e’lon
qiladi. Shuning bilan Yaponiya, bu davlatlarning Angliya va AQShga urush e’lon
qilishlariga erishadi. Biroq Indoneziyaga “mustaqillik” emas, balki “ko’ngilli
armiya” to’g’risida e’lon qiladi, bu indoneziyaliklarning armiyada komanda
lavozimlarini olishi mumkin degani edi, xolos.
Gitler Germaniyasi ittifoqchilarning yangi hujumi muqarrarligini nazarda
tutgani holda, ommaviy safarbarlik, partiya va politsiyani qo’lda ushlab turish,
ommaviy terrorni kuchaytirish ishlarini yangidan – yangi yo’llarini axtarishga
tushgan edi. Kursk ostonasidagi mag’lubiyatdan keyin armiyaga avval harbiy
xizmatga yaroqsiz bo’lganlarni ham olish boshlanadi. Bosib olingan davlatlar va
Germaniyaning ittifoqchi davlatlari odalmrini ekspluatatsiya qilish kuchaytiriladi.
1943-yilga kelib, Germaniyaga chet ellardan majburan haydab kelingan ishchilar
va asirlar soni 7 mln. kishiga yetdi.
Germaniya davlat apparitni boshqarishda partiya-politsiya apparatining roli
yanada kuchaydi. Kursk jangidan keyin gestaponing boshlig’i Gimmler, ichki
ishlar vaziri etib tayinlanadi. U barcha politsiya-jazo organlarini o’z qo’li ostiga
oladi. Fashist partiyasining viloyatlardagi rahbarlari “reyxni himoya qiluvchi
komissarlar” lavozimlarini egallagan va mahallaiyy ma’muriyatni boshqarar edilar.
Armiyaga “milliy-sotsial rahbariyat ofitserlari” jo’natildi. Oliy qo’mondonlikda
“milliy-sotsial shtab” ta’sis qilinib, uning vazifasi – armiyada fashistik nazoratni
kuchaytirishdan iborat edi. Milliy partiya a’zolaridan tashkil topgan SS
qo’shinlarining soni deyarli ikki baravarga ko’paydi.
Fashistik terror yanada kuchaya boshladi. Germaniyaning oltita asosiy
konsentratsion lagerlarida 1940-yildan – 1943-yilgacha mahbuslar soni 5
baravarga, o’lim jazolari esa 18 baravarga ortdi. Bosib olgan davlatlar xalqlari,
ayniqsa, slavyan va yahudiylarni ommaviy ravishda qiynash va o’ldirish
kuchaytirilgan darajada olib borilardi. Pol’shada gitlerchilar tomonidan qurilgan
193
“Yo’q qilib tashlash” lagerlariga butun Yevropadan mahkum qilingan odamlar
bilan to’la vagon poezdlari oqib kelardi. Ularni otishardi yoki gaz kameralarida
bo’g’ib o’ldirilardilar. Ularning jasadlarini krematoriylarda kuydirishar, kiyimlari
va qimmatbaho buyumlarini esa Germaniyaga jo’natishardi. Maxsus komandalar
esa tilla tishlarini sug’urib olib, ularni qaytadan quyib, nemis banklariga
jo’natishardi. O’ldiriligan ayollar sochlaridan matraslar, odam yog’idan esa sovun
tayyorlashardi. Eng yirik lagerlardan biri – Krakov shahri yoqinida joylashgan
Osvensim lageri edi. 1940-yilning may oyidan dekabr oyigacha u yerda 3 mln.
kishidan ziyod odam o’ldirib yuborilgan. Osvensim bino bo’lgan kundan – ya’ni
1940-yilning may oyidan 1945-yilning yanvarigacha SSSR, Pol’sha, Fransiya,
Belgiya, Gollandiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Ruminiya, Vengriya va
boshqa davlatlarning 4 mln.dan ortiqroq fuqarolari o’ldirilib yuborilgan. O’lim
lagerlaridan yana biri Maydanek bo’lib, Lyublinda joylashgan edi. Bu lagerda
1940-yildan – 1944-yilgacha 1,5 mln odam o’ldirib yuborilgan. Nemislar 1942-yili
Pol’shaning Treblinka stansiyasida yana bitta o’lim lagerini quridirishadi. Bu
lagerda ikki-yildavomida 800 mingdan ortiq odam o’ldirib yuboriladi. Butun urush
davomida nemis konsentratsion lagerlari va o’lim lagerlarida 18 mln. kishi mavjud
bo’lib, shundan 11 mln.i qiynoqqa solingan va o’ldirib yuborilgan.
1943-yil davomida AQSh va Buyuk Britaniya o’zining iqtisodiyotini
harbiylashtirib bo’lgan edi. Ularning harbiy iqtisodi yuqori darajalarga ko’tirilib
ketadi. 1943-yilning o’zidagina AQSh 38 mingdan ziyod tank, 86 mingga yaqin
smalyot ishalb chiqarib, dunyoda birinchi o’ringa chiqib oladi. 1943- yilda AQSh
ning umumiy daromadi 1940-yilga nisbatan ikki baravaga ko’paydi. Sanoat va
qishloq xo’jaligida misli ko’rilmagan natijalarga erishiladi. Ishsizlik tugatilgani
holda, ishchi kuchi yetishmay qolgan edi. Davlat mablag’lari asosan, atom
bombasi ishlab chiqarishga kerak bo’ladigan alyumin, sun’iy kauchuk, uran ishlab
chiqarishga sarflanar edi. AQSh hukumati ish haqi va narxlarni tartibga solish,
davlat buyurtmalarin bajarishni kuzatib borish, xom-ashyo va ishchi kuchini
taqsimlashni boshqaruvchi butun ma’muriy tizim tuzgan edi. Ularning ustidan
umumiy nazoratni 1942-yilning oktyabrida tuzilgan Iqtisodiy Barqarorlik Xizmati
194
(keyinroq – Harbiy safarbarlik xizmati) olib borardi. Bu tashkilotlarning tuzilishi
AQSHda harbiy davlat – monopolistik kapitalizm tizimining qaror topish
jarayoninin tugallashiga yordam berdi.
AQSh hukumati tomonidan 1943-yilning yozida mehnat nizolari
to’g’risidagi Smit-Konnelli qonuni qabul qilinadi. Ushbu qonunga ko’ra, AQSh
prezidentiga harbiy korxonalarda ish tashlashlarni ta’qiqlash huquqi berildi. AQSh
iqtisodining o’sishidan asosan yirik monopoliyalar foyda ko’raradilar. Ularning
(soliqlarni chiqarib tashlaganda) sof daromadlari 125 mlrd. dollarni tashkil qildi.
Ammo
aholining
boshqa
qatlamlari:
mayda
tadbirkorlar,
savdogarlar,
fermerlarning ham turmush darajalari yaxshilandi. Fermerlarning daromadlari
urush-yillari to’rt baravarga o’sdi. Yollanma ishchilarning ahvoli juda qiyin edi.
1942-yilning iyul oyida hukumat po’lat quyuvchilar va kasaba-uyushmalari
o’rtasidagi nizoni ko’rib chiqayotib, narxlar va ish-haqini urush oxirigacha 15% ga
oshirishi mumkinligini nazarda tutardi. Aslda, urush oxiriga borib, narxlar 25% ga
o’sdi, kasaba-uyushmalari hisoblashicha esa – 45% ga o’sdi. Soatbay ish haqi
narxlar oshirishdan orqada qolib ketdi.
SSSR bilan hamkorlikda fashizmaga qarshi urushda AQSh ning qatnashishi,
aholi turmush darajasining o’sishi – jamoatchilik ongini o’zgartirib yubordi.
Mamlakatda fashizmga qarshi qarashlar, vatanparvarlik g’oyalari vujudga keladi.
Davlatning milliy birlikka chaqirig’i ommaning keng qatlamlarida zo’r
ko’tarinkilik bilan ma’qullandi. Shuning bilan bir vaqtda, ana’anaviy - shaxsiy va
konservativ qarashlar ham jonlana bordi. Avvallari obro’ga ega bo’lmagan
tadbirkor va bankirlar, “vatan uchun” harbiy sanoatni tashkilotchilari sifatida yana
obro’ va e’tiborga ega bo’ldilar.
AQShda SSSR tarafdorlari o’sib borardi va ikkinchi front ochishga talablar
ko’paya bordi. Tezroq ikkinchi frontni tuzish kampaniyasini - Kommunistlar
Dostları ilə paylaş: |