205
Belgradda Yugoslaviya, Hindiston, Misr, Indoneziya va Gana tashabbusi bilan
chaqirilgan edi. Ikki o’n yillik davomida tartib va geografik harakatlar kengayib
bordi. Natijada 1983-yilda ularning a’zolari 101 taga yetdi. Dunyo davlatlarining
2/3 qismini birlashtirdi. qo’shilmaslik harakati dunyo siyosatida tinchlikni
mustahkamlash va davlatlar orasida qo’shnichilik munosabatlarini saqlashda
asosiy omil bo’lib xizmat qildi.
Ikki
qutbli
sxemaga
Yaponiyaning
qudratli
iqtisodiy
davlatga
aylanayotganligi, Xitoyning yadro davlatiga, shuning bilan birga OPEK – neft
ishlab chiqaruvchi davlatlarning tashkiloti, ya’ni o’z oldilariga industrial
rivojlangan davlatlar diktaturasidan qutilishni o’z oldiga qo’ygan davlatlarning
rivojlanishi bir necha o’zgartirishlar kiritdi. Shu bilan birga dunyo valyuta tizimi
vayron bo’la boshladi, natijada 1971-yilda bretton-vud jahon moliya tizimi va oltin
standarti bekor qilindi. Xalqaro hisob valyutasi hisobida dollarning tushib ketishi
AQShning dunyo moliya bozorlaridagi o’rnini yo’qotdi.
Shunday qilib ikki qutbli qarama-qarshilikning yumshashiga asosiy sabab
AQSh va SSSRning tugamas harbiy, iqtisodiy, siyosiy va g’oyaviy qarama-
qarshiligi zaiflanishi bo’ldi. Harbiy qudratning oshib borishi natijasida iqtisodiy
o’sish kamaydi. Shu bilan birga AQSh va SSSR ittifoqdoshlari iqtisodiy va harbiy
qudratining oshishi muhim rol uynadi. Natijada, 70-yillarda yadro – strategik nufuz
uchun davlatlar qarama-qarshiliklardan voz kechib harbiy xavfsizlik yuzasidan
hamkorlikka kelishildi. Ko’pgina masalalar ikki qutbli dunyo tartibi ramkalarida
ochilsada, dunyo jamiyati manfaatini ko’zlab hamda yechilardi.
Dostları ilə paylaş: