50
qabila boshlig’i Erto’g’rul Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh Sakaryo
bo’yida kichik feodal mulkiga egalik qilgan bo’lsa, uning o’g’li va taxt vorisi –
Usmon (1281–1324) Vizantiyaga qarshi urush boshlagan va uning Kichik
Osiyodagi mulklarining ko’pchiligini, shu jamladan, Brusu (yoki Bursa) shaharini
bosib olgan. Bursa shahri poytaxt deb e’lon qilingan.
Usmon Kichik Osiyodagi
boshqa amirliklarni ham o’ziga itoat qildirgan. Vizantiyaning zaiflashib qolganligi
va Bolqon yarim orolidagi boshqa davlatlarning parchalanib ketganligidan
foydalanib, Usmoniy turklari XIV asrda dastlab Kichik Osiyoda, keyin esa Bolqon
yarim orolda ham keng istilochilik harakatlarini boshlaganlar. Usmonning vorisi
O’rxon (1324–1362) 1331- yilda Yevropa davlatlarini istilo qilishga kirishgan.
1354- yilda O’rxon Dardanel bo’g’ozining Yevropa qirg’og’idagi Galiopol
shahrini bosib olgan. So’ngra turklar Frakiyaga kirib borganlar. Bu viloyat keyingi
sulton, ya’ni Murod I davrida (1362–1389) batamom zabt etilgan. 1361- yilda
Frakiyaning bosh shahri – Adrianopol turklar ixtiyoriga o’tgan. 1371- yilda serblar,
bolgarlar, valaxlar va vengrlardan iborat ittifoq Murodga qarshilik ko’rsatishga
uringan, biroq ittifoqchilar qo’shini Maritsa daryosi bo’yidagi jangda yengilgan.
Shundan so’ng Janubiy Serbiya sulton hokimiyati ostiga o’tgan.
Vizantiya
imperatori sultonga o’lpon to’lovchiga aylangan.
1389- yil 15- iyunda Kosovo maydonida (Janubiy Serbiya) serblar va
ularning ittifoqchilari turklarga qarshi hal qiluvchi jangga kirganlar. Serblarning
jasorati va Murod I ning o’ldirilishiga qaramay, turklar g’alabaga erishganlar.
Shundan so’ng Serbiyaning katta qismi Turkiyaga qo’shib olingan.
Turkiya davlatining kengayishi Amir Temur tomonidan vaqtinchalik
to’xtatilgan. 1402- yilda Temur ulkan qo’shin bilan Kichik Osiyoga kirib kelgan.
Boyazid ham katta harbiy kuchga ega bo’lgan, biroq Kichik Osiyodagi turk
amirlarining bir qismi sultonga xiyonat qilishi va Temur tomoniga o’tib
ketishi
natijasida 1402- yil 28- iyunda Anqara shahri yonida bo’lib o’tgan jangda
turklarning mag’lubiyatiga sabab bo’lgan. Boyazid qochish paytida qo’lga tushib,
tez orada asirlikda vafot etgan.
51
XV asrning 20- yillarida turklar yana qaddilarini rostlab olganlar. Sulton
Murod II (1421–1451) istilolarni yana qaytadan boshlagan. 1422- yilda u
Konstantinopolni uch marta qamal qilsa-da, ammo uni qo’lga kirita olmagan.
1430- yilda esa Solun shahri egallanib, uning barcha aholisi qullarga aylantirilgan.
1444- yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirilgan. Unda
polyaklar, chexlar, vengerlar,
nemislar, qisman fransuzlar va boshqa G’arbiy
Yevropalik ritsarlar qatnashgan. Varna yonidagi jangda (1444- yil 10- noyabr)
salibchilar tor-mor etilgan. Konstantinopol 1453- yil 29- mayda sulton Mehmed II
(1451–1481) tomonidan batamom egallangach, Vizantiya imperiyasi barham
topgan.
Mehmed II XV asrning 50–60- yillarda Bolqon yarim orolida Dunay
bo’yidagi Serbiya, Bosniya, Gersegovina va Albaniyani birin-ketin zabt etishga
muvaffaq bo’lgan. Bolqon yarim oroliga qo’shni bo’lgan
Valaxiya vassal sifatida
qaram davlatligini tan olgan. 70- yillarning o’rtalarida turklar Qrim va Tanu
(Azov) shahrini bosib olganlar. Taxminan shu paytning o’zida Kichik Osiyoda
Trapezund shahri, deyarli butun Anatoliya to Frot daryosigacha istilo qilingan.
Biroq, Mehmed II ikki marta muvaffaqiyatsizikka ham uchragan. U Belgradni va
Rodos orolini ishg’ol qilishga urinishi amalga oshmagan.
Mehmed II ning nabirasi Salim I davrida (1512–1520) turklarning istilolari
davom etgan. Salim Eronga qarshi olib borgan g’olibona
urushi natijasida
Ozarbayjon, Armaniston, Gruziyaning bir qismini, Dog’iston va Kurdistonni,
keyinroq esa Suriya va Misrni egallagan, so’ngra
butun islom dunyosining
yetakchisi sifatida o’ziga xalifa unvonini olgan. Krit, Kipr va O’rta Yer
dengizidagi yerlarin o’z qo’lida saqlab qolish uchun Venetsiya Turkiya sultoniga
har yili katta hiroj to’lab turishga majbur bo’lgan.
Sulton
Sulaymon
I
Qonuniy
davrida
(1520–1566)
Usmoniylar
imperiyasining qudrati o’ta yuksak darajaga etgan. Sulaymon hukmronligining
boshlaridayoq Belgrad va Rodosni egallashga muvaffaq bo’lgan. Shundan so’ng u
1526- yilda Moxach yonidagi jangda chexlar va vengerlarning birlashgan
armiyasini maglubiyatga uchratgan. Vengriyaning kattagina qismi Turkiya qarashli
52
viloyatga, Valaxiya va Moldaviya vassal knyazliklarga aylantirilgan. Sulaymon
davrida Arabiston ham turklar tomonidan bosib olingan.
Turkiya XVI asr xalqaro hayotida ko’zga ko’rinarli rol o’ynagan.
Turklar
ko’plab davlatlar (Venetsiya, Genuya, Vengriya, Eron, Avstriya, Pol’sha, Rossiya)
bilan qizg’in diplomatik va savdo aloqalariga ega bo’lgan.
Avstriya va Ispaniyada hukmronlik qilgan gabsburglarga qarshi uzoq davom
etgan shiddatli kurash Turkiyani Fransiya bilan yaqinlashtirgan. Fransiya qiroli
Fransisk I Sulaymon bilan rasmiy suratda Gabsburglarga qarshi ittifoq tuzgan.
Gabsburglar imperiyasi va uning ittifoqchisi Rim papasi tomonidan odatda qo’llab-
quvvatlangan Venetsiya va Genuyaga qarshi Turkiyaning kurash olib borishida
Fransiya
xayrixohlik
qilgan.
Fransiyaning
Shimoliy
Italiyadagi
harbiy
muvaffaqiyatsizliklari Fransiya – Turkiya munosabatlarining mustahkamlanishiga
jiddiy sabab bo’lgan. Avstriya va uning ittifoqchilariga qarshi kurashda
fransuzlarning ko’magiga umid qilgan sulton Sulaymon I fransiyalik savdogarlarga
sezilarli imtiyozlar bergan.
Dostları ilə paylaş: