Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Turk xoqonligi xalqaro munosabatlar tizimida



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Turk xoqonligi xalqaro munosabatlar tizimida. V–VIII asrlar Buyuk ipak 
yo’lining eng gullab yashnagan davri hisoblanadi. Bu vaqtda butun YevroOsiyo 


45 
cho’llari hamda o’troq turmush tarziga ega bo’lgan savdo yo’llarida muhim 
ahamiyat kasb etuvchi So’g’d va Buxoro hududlarini birlashtirgan yagona davlat – 
Turk xoqonligining vujudga kelishi Buyuk ipak yo’li rivojlanishida yangi davrni 
boshlab berdi. Eftallar va Sharqiy Xitoyni bo’ysundirgan turklar G’arb bilan 
Sharqni bog’lovchi savdo yo’llari ustidan mutlaq egalikni qo’lga kiritdilar. Turklar 
bevosita so’g’dlar yordamida Xitoydan to O’rta Yer dengizi havzasigacha bo’lgan 
savdo yo’llarida Vizantiyaning asosiy hamkoriga aylandilar.
Savdoning asosiy mahsuloti ipak hisoblanib, u “Vizantiyada oltin va 
qimmatbaho toshlar bilan bir xil baholangan”. Bundan tashqari, Xitoydan 
keltiriladigan baxmal va boshqa turli matolar, zeb-ziynat buyumlari, shisha 
buyumlar va teri mahsulotlari Vizantiya va Old Osiyo bozorlarida eng xaridorgir 
hisoblangan. Xitoyga keltiriladigan mahsulotlar ichida esa Suriya va Misr matolari, 
marjonlar, injular, ziravorlar, ayollar uchun pardoz bo’yoqlariga talab juda katta 
edi. Turklar ushbu savdoda asosiy vositachi bo’lganliklari sababli ulkan foyda 
olganlar va bu o’z navbatida xoqonlikning ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan 
mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun ham savdo 
yo’llarining xavfsizligini ta’minlash, karvonlar uchun shart-sharoitlarni yaxshilab 
borishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu maqsadlarni ko’zlagan holda “627–647-
yillarda Xitoy imperatori huzuriga 9 marta savdo elchiliklari yuborilgan”.
Xitoydan to’lov sifatida undirilgan behisob ipakni sotish savdo-sotiqdan 
bexabar turklar uchun muammo ekanligi so’g’dliklar uchun katta imkoniyat 
eshiklarini ochib bergan. So’g’d savdogarlari ipakni Eronga qadar olib borib, arzon 
narxda forslarga sotganlar va mahsulot hajmining kattaligi hisobiga foyda olganlar. 
Eron esa ipakni bir necha barobar qimmat narxda Vizantiyaga pullagan. Ipak 
savdosini tartibga solish maqsadida xoqonlik bir necha bor so’g’dliklardan iborat 
savdo elchiliklarini Eronga yuborgan. Biroq, bu elchiliklar ko’zlangan natijani 
qo’lga kirita olmaganlar. Aynan ipak savdosi bo’yicha kelishmovchiliklar tufayli 
Turk xoqonligi va Eron o’rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqqan. 
“553- yilda Vizantiyaning o’zida ipak yetishtirish yo’lga qo’yildi. Ipak 
qurtlarini Prokopiy Kesariy ma’lumotlariga ko’ra, ikki nafar nasoro rohibi, Feofan 


46 
Vizantiyskiy yozishicha esa bir fors ichi kovak hassada olib kelgan ekan. N. V. 
Pigulovskaya fikriga ko’ra, ipak qurtlari so’g’d kengliklaridan olib kelingan”. VI 
asr oxirlarida Vizantiyada chetdan keladigan ipakka talab kamayishi natijasida ipak 
savdosi ahamiyati ancha tushib ketgan bo’lsada, Turk hoqonligining iqtisodiy 
hayotida keyingi asrlarda ham muhim rol o’ynagan.
Savdo karvonlarining Marv, Chorjo’y, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, 
Talas va Sharqiy Turkiston yerlarini kesib o’tishi ushbu hududlarning iqtisodiy va 
madaniy jihatdan yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan. Savdo-sotiqda katta 
shuhrat qozongan so’g’dliklar o’zlari yashab turgan o’lkalardan minglab kilometr 
uzoq hududlardagi savdo yo’llari atroflarida karvonsaroylar, turar joylar uchun 
mo’ljallangan muhtasham imoratlar, ibodatxonalar barpo etganlar va bu orqali 
shaharlarning rivojlanishi, yangi shaharlarning bunyod etilishiga ulkan hissa 
qo’shganlar.
Buyuk ipak yo’li ahamiyatining ortib borishi turli xalqlar o’rtasidagi 
madaniy aloqalarning rivojlanishi, urf-odat va an’analarning o’zaro qorishib 
ketishiga olib kelgan. Ayniqsa, VI–VIII asrlarda so’g’dliklarning savdo yo’llari 
bo’ylab tarqalishi o’troq dehqonchilik madaniyati va hunarmandchilik turlarining, 
diniy an’ana va urf-odatlarning Markaziy Osiyoning shimoli, Janubiy Sibir, 
Mo’g’uliston, Shimoliy Xitoy va G’arbda Qrimgacha bo’lgan hududlarda keng 
yoyilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin