37
Salib
yurishlari bilan birga Genuya, Piza, Venetsiya, Florensiya kabi ital’yan
respublikalarining savdo faoliyati hamda Vizantiyaning vositachilik roli bunday
aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Ayniqsa, Italiya shahar-davlatlari diplomatiya va xalqaro munosabatlarning
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. Ko’plab zamonaviy tadqiqotchilar Italiyani
zamonaviy diplomatiyaning vatani deb hisoblaydilar.
Italiya shahar-davlatlari qolgan Yevropa davlatlariga nisbatan yertaroq rivoj
topgan bo’lishiga
qaramasdan, ushbu mamlakat tarqoq bo’lib qolavergan.
Venetsiya, Genuya, Milan, Florensiya kabi shaharlar haqiqiy siyosiy markazlarga
aylangan bo’lsalarda, ularning birortasi ham Italiyani birlashtiradigan darajada
kuchli emasdi. Mamalakatni birlashtirishdan uning markazida joylashgan Papa
davlati ham manfaatdor emasdi.
Yaqin Sharq va Yevropa o’rtasidagi savdo-sotiqda asosiy vositachi
hisoblangan Italiya shaharlari qo’shni davlatlar hamda Sharq mamlakatlarida o’z
manfaatlarini himoya qilish maqsadida konsullik xizmatlarini yo’lga qo’yganlar.
Quddus qirolligi davrida salib yurishlarida homiylik
qilgan italyan shaharlari
savdogarlariga katta imtiyozlar berilgan. Bundan tashqari, salibchilar egallagan
joylardan Venetsiya, Genuya, Piza kabi shahar-davlatlarga koloniyalar ajratib
berilgan. Ushbu koloniyalar keng vakolatlarga ega bo’lgan
vikontlar tomonidan
boshqarilgan. XII asr oxirida Quddus qirolligi hududidagi barcha Venetsiya
koloniyalarini boshqaruvchi “bayyulo” lavozimi joriy etilgan bo’lsa, Genuya
koloniyalarini ikki nafar konsul boshqargan. Piza koloniyalarini boshqarish uchun
esa uch nafar konsul tayinlangan. Bu kabi amaldorlar poytahtdagi hashamatli
saroylarda istiqomat qilganlar. Italiya shahar-davlatlarining
manfaatlari Papa
tomonidan ham himoya qilingan. Salibchilar haydab chiqarilgunga qadar Levant
savdo yo’li italiyaliklarga behisob foyda keltirgan. Konstantinopol turklar
tomonidan istilo etilgandan keyin ham Venetsiya Kichik Osiyodagi koloniyalarini
saqlab qolishga erishgan. Turk sultoni saroyida bayyulo lavozimida Venetsiyaning
doimiy vakili faoliyat olib borgan.
38
Italiya shahar davlatlari orasida Florensiya, hattoki xorijiy mamlakatlar
uchun diplomatlar yetkazib bergan. Butun dunyoga
mashhur florensiyalik
diplomatlar qatorida Dante, Petrarka, Bokachcho, Makiavelli va Gvichchardinini
ko’rsatib o’tish mumkin. Milan gersogligiga boshchilik
qilgan Franchesko Sforsa
yoki Venetsiya doji Enriko Dandolo ham yorqin diplomatlar bo’lishgan.
Venetsiya esa alohida diplomatlari bilan emas, balki butun bir diplomatik
xizmatning tashkil etilishi bilan tavsiflanadiki, bunday holat Venetsiyani butun
jahon uchun “diplomatiya maktabi”, “diplomatiya ustaxonasi"ga aylantirgan.
Venetsiyaliklar diplomatiya oid bilimlarni Vizantiyadan o’rganganlar, biroq ularni
yangi bilimlar bilan boyitib, yanada yuksakroq bosqichga ko’tara olganlar.
Italiya diplomatik usullari Yevropada shakllanib
borayotgan absolyut
monarxiyalarning diplomatiyasiga juda kuchii ta’sir ko’rsatgan.
Dostları ilə paylaş: