Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Feodal tarqoqlik davrida xalqaro munosabatlar. Buyuk Karl 
imperatorligining so’nggi-yillarida franklar davlati zaiflashib borgan. Inqiroz 
Karlning o’g’li Lyudovik Xudojo’y (814–840- yy.) davrida yanada avj olgan. 
Lyudovik, o’zida oliy hokimiyatni saqlab qolib, imperiyani o’z o’g’illariga bo’lib 
bergan. Farzandlar esa otasiga qarshi urush boshlaganlar. Uning o’limidan (840- 
y.) so’ng o’g’illar o’rtasida avj olgan. Karl Yaltiroqbosh va Lyudovik Nemis 
Strasburg shahrida o’zaro bitim imzolab, Lyudovikning qonuniy meros’ho’ri 
hisoblangan katta aka – Lotarga qarshi urush boshlaganlar. “Strasburg qasami” – 
bu lotin yoki yunon tilida emas, balki fransuz va nemis tillarida tuzilgan birinchi 
diplomatik hujjatdir. Mag’lubiyatga uchragan Lotar yon bergan va 843-yilda 
Verden shahrida imzolangan shartnomaga ko’ra imperiya yerlari uch aka - uka 
o’rtasida bo’lib olingan. Imperiyaning G’arbiy yerlari – “G’arbiy franklar qirolligi” 
(keyinchalik bu yerlar “Fransiya” nomini olgan) Karl Yaltiroqboshga, sharqiy 


35 
qismi -"sharqiy franklar qirolligi" (keyinchalik Germaniya deb nomlangan) 
Lyudovik Nemisga berilgan. Karl va Lyudovikniag yerlari oralig’idagi hududlar va 
Italiya Lotar qo’l ostida saqlanib qolgan. Verden shartnomasidan so’ng 
to’qnashuvlar davom etgan va ko’plab yangi bitimlar imzolangan. Bu 
shartnomalarning amalda hech qanday qadri bo’lmagan. Buyuk Karl imperiyasi 
o’rnida paydo bo’lgan Fransiya, Germaniya, Itaiiya, Burgundiya, Arelat 
nomigagina davlatlar edi xolos. IX–XI asrlarda G’arbiy Yevropada siyosiy 
tarqoqlik yanada kuchaygan. Mahalliy hukmdorlar o’zlarini davlat rahbarlaridek 
tuta boshlaganlar. Hokimiyatni boshqarish bilan birga, sud vazifalarini ham o’zlari 
bajarganlar. Ular mustaqil ravishda tanga pullar zarb etganlar, soliqlar joriy 
etganlar va shu bilan birga boshqa mulkdorlar, davlat rahbarlari bilan o’zaro 
munosabatlarni yo’lga qo’yganlar. Bunday mulkdorlar qo’l ostida shaxsiy 
elchiliklar mavjud bo’lib, ular orqali turli ittifoqlarga a’zo bo’lganlar hamda 
urushlarda ishtirok etganlar. Yirik zamindor hukmdorga, davlat esa votchinaga 
(merosiy yer-mulkka) aylangan. 
Barcha joylarda shaxsiy urush huquqi o’rnatilgan, shaxsiy diplomatiya 
xalqaro munosabatlarda yetakchi rol o’ynay boshlagan. Ikki feodal senor mustaqil 
davlatlar rahbarlari kabi muzokaralar olib borganlar. Topshiriqlarni og’zaki yoki 
ramziy harakatlar yordamida etkazib beruvchi maxsus jarchilar (yoki xabarchilar, 
darakchilar) orqali urush e’lon qilish yoki tinchlik tuzishning rasmiy usullari ishlab 
chiqilgan. Ushbu jarchilar geroldlar deb nomlangan. Ular o’z sen’orlarining 
gerblarini (tamg’alarini) taqib yurganlar, ularning shaxslari elchilar kabi daxlsiz 
hisoblangan. 
XIV–XV asrlarda Yevropada xalqaro munosabatlarning muayyan tizimi 
shakllanib borgan, asta-sekin ayrim diplomatik mezonlar va an’analar ishlab 
chiqila boshlangan. 
Ammo ushbu davrdagi xalqaro munosabatlar qonuniy va huquqiy jihatdan 
mustahkam bo’lmagan. Doimiy elchiliklar va diplomatik vakolatxonalar yo’q edi, 
xalqaro huquq ham hali shakllanmagandi. 


36 
Mustaqil shaharlarning paydo bo’lishi, ichki va tashqi savdoning rivojlanishi 
hisobiga Yevropa davlatlarining iqtisodiy o’sishi, markaziy hokimiyatni 
mustahkamlashga bo’lgan intilishlar halqaro munosabatlarda yangi davr 
boshlanayotganligidan darak bergan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin