Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Respublika va imperiya davrida elchilik tartiblari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Respublika va imperiya davrida elchilik tartiblari. Miloddan avvalgi IV– 
III asrlarda Rim uzoq qabilalar bilan o’zaro aloqalarni mustahkamlashga erishgan 
davrda haqiqiy elchilik munosabatlari shakllangan.
Elchixona “legadiya”, elchilar “legat”lar deb atalgan. Elchilar Senat a’zolari 
orasidan saylangan. Ular qat’iy yo’riqnoma asosida ish olib borganlar. Yunon 
manbalarida aytilishicha, rimlik elchilar qo’lida oltindan yasalgan maxsus uzuk–
muhri bo’lgan. Ushbu uzuk – muhr orqali elchilar xalqaro shartnomalarga imzo 
chekkanlar. Rimga qaytib kelgan legatlar oqsoqollar kengashi (Senat) huzurida 


25 
hisobot berganlar. Faqat ayrim xollardagina xalq yig’inida (Forum) ham ularning 
hisobotlari tinglangan. 
Miloddan avvalgi III–II asrlarda boshqa davlat elchilarini qabul qilish 
bo’yicha maxsus tartib joriy etilgan. Do’stona aloqadagi davlatlar yoki 
dushmanlarcha munosabatdagi davlatlar elchilari turlicha kutib olingan. 
Do’stlik aloqalari mustahkam bo’lgan davlat elchilari Rimdan tashqaridayoq 
tantana bilan kutib olingan. Tantanali ziyofatdan so’ng elchilar Rimdagi eng 
shohona bezatilgan binolardan biriga joylashtirilgan. Rim shahrida kechqurunlari 
tashkil etiladigan turli ko’ngilochar bazmlar, bayram dasturxonlarida elchilar 
senatorlar va boshqa oliy darajadagi zodagonlar bilan yonma-yon joylashganlar, 
ularga qimmatbaho in’omlar berilgan. Dabdabali kutib olingan bu elchilar ertasi 
kuni imzolanadigan bitimlar Rim foydasiga hal etilishiga jiddiy qarshi ko’rsata 
olmaganlar. 
G’anim davlat elchilari ancha sovuq kutib olingan. Ularni Rimdan 
tashqarida joylashgan oddiy binolarga joylashtirilgan. Ular umuman shaharga 
kiritilmagan. Ular joylashgan hudud qat’iy tarzda qo’riqlangan. Senat a’zolari 
elchilarni shahar chetidagi ibodatxonada qabul qilganlar. Agar muzokaralar Rim 
uchun muvaffaqiyatli kechayotgan bo’lsa, muzokaraning yakunlovchi kuni Rim 
shahriga ko’chirilgan hamda elchilar sharafiga ziyofat tashkil etilgan. Aksincha 
hollarda esa elchilarga Rim hududini tark etish uchun qisqa muddat belgilanib, 
kech qolgan elchi shafqatsiz jazolangan. Dushman elchilari faqat Rim 
hududidagina qo’riqchilar tomonidan himoyalangan bo’lsa, do’st davlat elchilari 
o’z yurtlariga qadar kuzatib qo’yilgan. 
Imperiya davrida Rimda diplomatik aloqalar shaxsan imperator va uning 
konselariyasi nazoratida bo’lgan. Klavdiy imperatorligi davrida (41–54) 
o’tkazilgan islohotlar jarayonida xalqaro aloqalarni tartibga solishga alohida 
e’tibor qaratilgan. Unga ko’ra, imperatorga bo’ysunuvchi maxsus kotib lavozimi 
joriy etilib, u Rimning xalqaro munosabatlarida asosiy mas’ul hisoblangan. 
Rimning mashhur advokatlaridan biri hisoblangan Pamponiyning yozib 


26 
qoldirishicha, Klavdiy davrida elchilarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha 
alohida chora-tadbirlar amalga oshirilgan. 
Imperiya davrida Rim diplomatiyasi ikki xil ko’rinishga ega bo’lgan: 
1) Tashqi diplomatik aloqalar – Rim hukmronligi doirasidan tashqaridagi 
davlatlar bilan xalqaro munosabatlar. 
2) Ichki diplomatik aloqalar – Rim ta’siri ostidagi davlatlar bilan xalqaro 
munosabatlar. 
Rim ta’siri ostidagi davlatlar avtonomiya huquqiga va iqtisodiy, siyosiy, 
diniy jihatdan ma’lum vakolatlarga ega bo’lganlar. Ular Rimga elchilar jo’natib, 
o’z manfaatlarini Senatda himoya qila olganlar. 
Vispasian davrida qo’shni davlatlarda faoliyat olib borayotgan elchixona 
vakillari 3 nafargacha (ilgari o’n nafar bo’lgan) qisqartirilgan. Asosiy maqsad 
elchixonalar uchun ajratiladigan mablag’ni cheklash bo’lgan. 
Domitsian davrida (81–96) elchixonalarni mablag’ bilan ta’minlash deyarli 
to’xtatilgan. Elchilik mansabini fahrli deb hisoblagan aristokratiya vakillaridan 
elchilar tayinlana boshlangan. 
Imperiya davrida patritsiylar orasidan yetuk diplomatlarni tayyorlash 
maqsadida maxsus maktablar faoliyat ko’rsatgan. Ularga huquq, diplomatiya, 
ritorika, falsafa kabi fanlar chuqur o’rgatilgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin