Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Elchilik tartiblari. Antik Yunonistonda jamoalar va polislar o’rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solishda maxsus vakolatlarga ega bo’lgan elchilar ham 
muhim rol o’ynaganlar. Gomer davrida ularni “keryuks”, “angelos” (habarchi) deb 
ataganlar. Klassik davrda esa elchilar “presbeys” (oqsoqollar) deb atala 
boshlangan. Presbeyslar Afina, Sparta, Korinf singari qudratli polislarda 50 
yoshdan oshgan nufuzli kishilardan saylangan. Ayrim polislarda esa elchilik 
vazifalari bilan arxont va arxont-polemarxlar (harbiy sarkardalar) shug’ullanganlar. 
Dastlab barcha elchilar teng huquqli hisoblanib, keyinchalik bosh elchi lavozimi 
joriy etilgan. Elchilarga alohida maosh va safar xarajatlari uchun davlat tomonidan 
mablag’lar ajratilgan. Elchilarga boshqa davlatlarga jo’nab ketishi oldidan ikkita 
mum taxtachadan iborat yorliq taqdim etilgan. Ushbu yorliq “diploma” deb 
atalgan. “Diploma” so’zi “ikkitasini birlashtiraman” degan ma’noni anglatadi. 
Mum taxtachalardan biriga elchilar uchun yo’riqnoma qayd etilgan bo’lsa, 
ikkinchisida elchining vakolatlari bayon qilingan. 
Elchilar qo’shni davlatlardagi xalq yig’inlari va oqsoqollar kengashi 
majlislarida bevosita ishtirok etganlar. Ularga alohida hurmat bilan munosabatda 


19 
bo’lingan. Elchilarni o’z yurtlariga kuzatish paytida ularga qimmatbaho sovg’alar 
taqdim etilgan. Elchi yurtga qaytib kelgach, xalq yig’inida hisobot bergan. 
Missiyasini munosib bajargan elchi davlat hisobidan qimmatbaho sovg’alar bilan 
taqdirlangan. Ular uchun lavr daraxti barglaridan tayyorlangan gulchambar eng 
oliy mukofot hisoblangan. 
Elchilarning asosiy vazifalari ittifoqlar tuzish, muhim shartnomalar 
imzolashdan iborat bo’lgan. Shartnomalar “ilohiy hujjat” hisoblanib, uni buzish – 
“xudoning qarg’ishiga uchrash” deb baholangan. Shartnomalar bandlaridagi o’zaro 
majburiyatlar qasamyod bilan mustahkamlangan. Qasamyod oliy ruhoniylar 
ishtirokida amalga oshirilgan. Shartnomalar ahdlashuvchi tomonlarning tillarida 
tuzilib, bir nusxasi davlat arxiviga yoki ibodatxona arxiviga topshirilgan. 
Shartnomani buzganlarga juda katta jarima solingan. Ayrim vaqtlarda ularni 
xudolar sharafiga qurbonlik qilganlar. 
Umuman olganda, antik Yunonistonda qadimgi Sharq mamlakatlaridan 
ko’ra ko’p jihatdan huquqiy asoslarga ega bo’lgan diplomatik munosabatlar 
shakllangan va takomillashib borgan. Diplomatiyaga oid dastlabki ilmiy 
bilimlarning paydo bo’lishi kelajakda Rim diplomatiyasining rivojlanishiga katta 
ta’sir o’tkazgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin