Xalqaro va regional tashkilotlar, ittifoqlar va assotsatsiyalar nomi
|
Abbrevnaturasi
|
Tashkil qilingan yili
|
Shtab kvartitasi
|
Tinch okeani xavfsizligi Pakti (Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSH)
|
ANZYUS
|
1952
|
-
|
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assosatsiyasi
|
ASEAN
|
1967
|
Bangkok
|
Yevropa Ittifoqi
|
YI
|
1992
|
Lyuksemburg
|
Arab davlatlari ligasi
|
ADL
|
1945
|
Tunis
|
Lotin Amerikasi iqtisodiy tizimi
|
LAIT
|
1975
|
Karakas
|
Lotin Amerikasi integratsiyasi assosatsiyasi
|
LAIA (LAAI)
|
1980
|
-
|
Atom energetikasi bo`yicha Xalqaro vakillik
|
MAGATE
|
1957
|
Vena
|
Xalqaro valyuta fondi
|
XVF
|
1944
|
Vashington
|
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti
|
NATO
|
1949
|
Bryussel
|
Amerika davlatlari tashkiloti
|
ADT
|
1948
|
Vashington
|
Afrika birligi tashkiloti
|
ABT
|
1963
|
Addis-Abeba
|
"Islom konferensiyasi" tashkiloti
|
IKT
|
1969
|
Jidda
|
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
|
BMT
|
1945
|
Nyu-York
|
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
|
YHXT (OBSE)
|
1975
|
Jeneva
|
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti
|
NEMT (OPEK)
|
1960
|
Vena
|
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti
|
OXT (FAO)
|
1945
|
Rim
|
BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti
|
YUNIDO
|
1966
|
Vena
|
BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti
|
YUNESKO
|
1946
|
Vena
|
BMTning bolalarga yordam ko`rsatish jamg`armasi
|
YUNISEF
|
1946
|
Nyu-York
|
Xalqaro qizil Xoch va qizil yarim oy qo`mitasi
|
XQXQ
|
-
|
Jenava
|
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti
|
JSST
|
1946
|
Jeneva
|
Xalqaro mehnat tashkiloti
|
XMT
|
1946
|
Jeneva
|
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
|
EKO
|
1985
|
Tehron
|
Qo`shilmaslik harakati
|
QH
|
-
|
Jakarta
|
Jinoyat politsiyasining xalqaro tashkiloti
|
Interpol
|
1923
|
Lion
|
Parlamentlararo ittifoq
|
|
1889
|
Jeneva
|
Jahon sayyohlik tashkiloti
|
JST
|
|
Madrid
|
Shanxay yamkorlik tashkiloti
|
SHHT
|
1996
|
-
|
Mustaqil Davlatlar hamdo`stligi
|
MDH
|
1991
|
-
|
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXXT)
YeXHT - xavfsizlik sohasida ko`pqirrali faoliyat olib boruvchi yagona umumyevropa tashkiloti hisoblanadi.
Tashkilot o`z ishini Xelsinki yakunlovchi aktining imzolanishi bilan 1975-yilning 1-avgustida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi (YeXHK) sifatida boshlagan va unga 35 ta davlat a’zo bo`lgan.
1994-yilda Budapeshtda bo`lib o`tgan oliy darajadagi uchrashuvda YeXHK Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ga aylantirildi. O`zining maqomiga va BMT nizomining 8-bobiga ko`ra, YeXHT mintataviy tashkilot hisoblanadi. Uning qarorlari konsensus asosida qabul qilinadi va xalqaro-huquqiy kuchga ega bo`lmagan siyosiy kelishuvlar sanaladi.
YeXHT tarkibiga 56 ta a’zo-davlat va 9 ta hamkor davlatlar kiradi. O`zbekiston Respublikasi YeXHTga 1992-yilning 30-yanvarida a’zo bo`lgan.
Yevropa Ittifoqi (YeI)
Millatlararo vakolatlarga ega bo`lgan xalqaro birlashma. Uning yaratilish asosida Fransiya tashqi ishlar vaziri Rober Shumanning taklifiga ko`ra, 1950-yilning 9-mayida imzolangan GFR va boshqa manfaatdor davlatlarga ko`mir va po`lat ishlab barcha sohasidagi salohiyatlardan umumiy foydalanish bo`yicha Yevropa hamjamiyatini tuzish haqidagi bayonot yotadi.
1983-yilning 19-iyunida Shtutgartda Yevropa Ittifoqi hahidagi deklaratsiya qabul qilingan. Yevropa Ittifoqini tashkil etish haqidagi shartnoma 1992-yilning 7-fevralida Maastrixtda (Niderlandiya) imzolangan.
Hozirgi vaqtda YeIga 27 ta davlat a’zo va ularning aksariyati yagona viza maqomi (Shengen shartnomasiga) va yagona valyuta tizimi (Yevro)ga ega.
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) 1949-yilning 4-aprelida BMT Nizomining 51-moddasiga binoan tuzilgan.
NATO - hukumatlararo xalqaro tashkilot. Uning asosiy vazifasi - siyosiy va harbiy vositalar bilan o`z a’zolarining erkinligi va xavfsizligini himoya qilishdan iborat.
Harbiy ittifoq sifatida alyans xavfsizlikni ta’minlash borasida dunyoda mavjud vositalarning rivojlangan tizimiga ega va Shimoliy Amerika va Yevropa xavfsizligini bog`lovchi transatlantik zveno sifatida tan olingan.
Hozirgi vaqtda 28 ta davlat a’zo. 1994-yilda NATOning «Tinchlik yo`lida hamkorlik» dasturiga asos solingan va 2012-yilning iyul oyidan boshlab O`zbekiston ushbu dasturda ishtirok etib kelmoqda.
Davlatlar
|
A`zo bo`lgan yili
|
Davlatlar
|
A`zo bo`lgan yili
|
Davlatlar
|
A`zo bo`lgan yili
|
AQSH
|
1949
|
Daniya
|
1949
|
Polsha
|
1999
|
Angliya
|
1949
|
Islandiya
|
1949
|
Slovakiya
|
2004
|
Fransiya
|
1949
|
Kanada
|
1949
|
Sloveniya
|
2004
|
Italiya
|
1949
|
Gretsiya
|
1952
|
Bolgariya
|
2004
|
Belgiya
|
1949
|
Turkiya
|
1959
|
Ruminiya
|
2004
|
Niderlandiya
|
1949
|
Germaniya
|
1955
|
Latviya
|
2004
|
Lyuksemburg
|
1949
|
Ispaniya
|
1986
|
Litva
|
2004
|
Portugaliya
|
1949
|
Chexiya
|
1998
|
Estoniya
|
2004
|
Norvegiya
|
1949
|
Vengriya
|
1998
|
Albaniya
Xorvatiya
|
2008
|
Islom konferensiyasi tashkloti (IKT)
Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibiga 56 davlat kiradi. U 1969-yili Rabot (Marokash) da bo`lib o`tgan oliy darajadagi yig`ilishda tashkil etilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi: a’zo-davlatlar o`rtasidagi islom birdamligini mustahkamlash, barcha a’zo-davlatlar va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik va hamfikrlilikni chuqurlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
Davlat va hukumat boshliqlari sammiti IKTning oliy organi hisoblanadi. U uch yilda bir marta yig`iladi va unda islom dunyosining muhim va qoldirib bo`lmaydigan muammolari ko`rib chiqiladi, IKTning umumiy siyosati muvofiqlashtiriladi. Tashqi ishlar vazirlari sessiyasi yiliga bir marta yig`iladi.
Bosh kotibiyat a’zo-davlatlar o`rtasidagi aloqani ta’minlaydi, maslahatlar o`tkazishga, fikr almashishga ko`maklashadi, a’zo-davlatlar uchun kerakli bo`lgan axborotni tarqatadi. Xalqaro islom adolat sudi IKTning bosh huquqiy organi sifatida tashkil etilgan.
Tashkilot BMTda kuzatuvchi maqomiga ega. O`zbekistan 1996-yil 2-oktyabridan boshlab IKTning teng huquqli a’zosidir.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti - EKO
EKO - xalqaro mintaqaviy tashkilot bo`lib, a’zo-davlatlar o`rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnik hamkorlikni ta’minlash maqsadida tuzilgan. Uning tarkibiga 10 ta davlat kiradi. A’zo-davlatlar sonining kam bo`lishiga qaramasdan, tashkilot 350 millionga yaqin aholi yashovchi 7 mln kv.km. maydonni o`z ichiga oladi.
EKO 1985-yilda tuzilgan va qarorgohi Tehron shahrida joylashgan. O`zbekiston EKOga 1992-yilning 28-noyabrida a’zo bo`lgan.
Shanxay hamkorlik tashkiloti - ShHT
2001-yilning 15-iyunida Qozogiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi rahbarlari maxsus Deklaratsiya bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tuzilganligini e’lon qildilar. Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy tashkilot hisoblanadi.
Eron, Hindiston, Mongoliya va Pokiston kuzatuvchi davlat, Afgoniston, MDH, va ASEAN mehmon sifatida ShHTning tadbirlarida ishtirok etadi.
Hozirgi kunda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar hududida 3 milliarddan oshiq aholi istiqomat qiladi va ularning umumiy maydoni Yevrosiyo materigining 61 foizini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |