1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti — maktabgacha yoshdagi bolalar
1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti — maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin
tutadi. Barcha turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsida ta’lim mazmuni
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan
ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsining ish tartibi va bolalarning ushbu tashkilotda bo'lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsi joylashgan hududda
yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsida ovqatlanishni
tashkil etish ushbu tashkilot zimmasiga yuklatiladi hamda
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga
muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsining tibbiyot xodimlari va ushbu tashkilotga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'I va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas'uldirlar.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning
hayotini muhofaza qilish va sog'Iig'ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog'liqni saqlash
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish tashkilotlarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan
davlat maktabgacha ta'lim tashkilotsiga bolalarni qabul qilish
qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim
tashkilotlari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish
tuman [shahar] bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tashkilotsiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar:
I va II guruh nogironlari;
ko'p bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;