Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Qadimgi Hindiston. Qadimgi hind tashqi siyosat nazariyasi bo’yicha asosiy 
manba miloddan avvalgi IV asrda yozilgan Kautilyaning “Artxashastra” asari 
hisoblanadi. “Artxashastra” – sanskritcha so’z bo’lib, “moddiy boylik, siyosiy 
kuch va siyosiy iqtisod haqida kitob” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu asarda 
davlat tuzilishi, ma’muriy-xo’jalik boshqaruvi, sud ishlari, harbiy va diplomatik 


13 
san’at bo’yicha qimmatli ma’lumotlar mavjud bo’lib, unda “mandala” (“doira”, 
“davlat doirasi”) konsepsiyasi ilgari surilgan. 
Mandala – bu tashqi siyosatga oid muayyan harakatlar va chora-tadbirlar 
majmuasi bo’lib, uning asosiy g’oyasi “buyuk davlat barpo etish”dan iborat edi. 
Buyuk davlat (“jahon” saltanati)ning barpo etilishi siyosatning oxirgi maqsadi 
hisoblangan. 
Dushman va uning ittifoqchilari orasida adovatni keltirib chiqarish, raqib 
ittifoqchilari bilan separat (boshqalar bilan kelishilmagan, bir tomonlama) 
shartnomalar imzolash yoki ularga to’g’ridan-to’g’ri harbiy yordam ko’rsatish, 
ya’ni dushman mandalasini parchalab tashlash g’olib chiqishning eng muhim 
vositasi sifatida tan olingan. 
“Artxashastra”ga binoan, ittifoqchining asosiy xususiyati foyda keltirish va 
itoatkorlik hisoblangan. Siyosat sa’natini egallagan podsho, birinchi galda 
shartnomalarning murakkab tizimiga tayanib, yakka hokimlikka intilishi lozim 
bo’lgan. Siyosiy maqsadlarni ro’yobga chiqarish maqsadida turli xil tinchlik 
bitimlari imzolash – siyosatning eng muhim vositasi deb ta’lim berilgan. 
“Artxashastra” muallifi garovga olish amaliyotiga eng qulay usul sifatida 
baho bergan. “Tinchlik” davlatlarning uzoq va doimo birga mavjud bo’lishini 
anglatmagan. Vaqtinchalik tinchlikka erishish - kuchliroq dushman ustidan g’olib 
chiqishning eng yaxshi vositasi sifatida tavsiya etilgan. Asarda "siyosatning to’rt 
usuli" ham tilga olingan: 
1. O’gitlar, pand-nasihatlardan foydalanish. 
2. Sovg’a-salomlar tarqatish. 
3. O’zaro nizo urug’ini sepish. 
4. Kuch ishlatish.. 
Diplomatik 
xarakterdagi 
turli 
xil 
shartnomalarning 
ta’rifiga 
“Artxashastra”da katta e’tibor qaratilgan. Ular orasida teng huquqli va tengsiz, 
foydali va foydasiz, shartlari mavjud va shartlari yo’q shartnomalar alohida 
belgilab ko’rsatilgan. 


14 
Urush barcha usullardan foydalanib bo’lgandan keyingina, oxirgi vosita 
hisoblangan. Podshoga g’alabalarga imkon qadar jangsiz erishish tavsiya qilingan, 
chunki tinch yo’l bilan bo’ysundirish kamroq kuch va xarajat talab qiladi. 
Miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi choragiga oid manbalarda 
“Duta” (“elchi”) tilga olinadi. 
“Artxashastra” elchining vazifalariga bag’ishlangan bob mavjud bo’lib, 
uchta turga ajratilgan: “muxtor”, “cheklangan vakolatlarga ega” va “choparlar” 
(maktublar yetkazuvchi). 
Elchining mahalliy aholi bilan aloqa qilishi podsho farmoniga ko’ra, man 
etilgan yoki cheklangan. Siyosiy asarlarda elchiga ko’proq sukut qilish va eshitish 
qat’iy tavsiya etilgan. Maxsus diplomatik muassasa shakllanmagan bo’lsa ham, 
elchilik vazifalarini podsho nomidan oliy mansabdor shaxslar olib borgan. 
Elchilardan nomalarni yetkazib berish niqobi ostida raqibni yoki uning eng qudratli 
amaldorini yo’q qilish maqsadida ham foydalanilgan. 
Shuningdek, elchilar dushmanning joylashuvi, kuchlari, zaxiralari haqida 
ham ma’lumotlar to’plagan. “Artxashastra” da turli xil nomalar (maktublar va 
xatlar)ning, shu jumladan, diplomatik tusdagi yozishmalarning qoidalari berilgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin