Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Qadimgi Xett. Milolddan avvalgi XVII–XII asrlarda hukm surgan va 
Kichik Osiyoni deyarli barcha qismini tasarruf etgan Xett podsholigi qadimgi 
Sharqdagi xalqaro munosabatlarda yetakchi davlatlardan biriga aylangan. 
Xettlar poytaxti bo’lgan Xattusa shahri arxivlaridan topilgan mixxat bilan 
yozilgan sopol parchalari ushbu podsholik diplomatiyasi tarixiga oid asosiy 
manbalar hisoblanadi. Xett podsholarining solnomalarida ham qiziqarli 
ma’lumotlar mavjud. 
Xett hukmdorlari asosan harbiy kuch tufayli erishgan tashqi siyosiy 
muvaffaqiyatiarini diplomatik shartnomalar orqali mustahkamlashga intilganlar.
Shartnomalarda davlatlar o’rtasidagi chegaralar kelishib olingan. Qaram 
podshoga boshqa davlatlar bilan separat bitim imzolash va ittifoqlarga a’zo bo’lish 
qat’iyan ma’n etilgan. Xett podshosi urushga kirgan paytda u bilan shartnoma 
tuzgan tomon majburiy tarzda o’z qo’shinlarini urushga safarbar etishi shart 
bo’lgan. “Betaraflik” yoki xettlar dushmani bilan maxfiy aloqada bo’lish g’animlik 


10 
harakati deb baholangan. Shartnomalarning ko’plab moddalari ichki va tashqi 
dushmanlarning har qanday tajovuzlariga qarshi birgalikda kurashishga 
bag’ishlangan bo’lib, uning ayrim bandlari faqat bir tomon uchun taaluqli bo’lishi 
mumkin edi. Shartnomada ko’zda tutilgan shartlarning to’liq bajarilishi ustidan 
nazorat qilish asosan guvoh - xudolar zimmasiga yuklatilgan. 
Xett mamlakatining tashqi siyosatida sulolaviy nikohlar muhim o’rin 
egallagan. Xett podsholarining qizlari boshqa davlatga uzatilgan vaqtda ularga 
bosh xotin, ya’ni mamlakat malikasi maqomini kafolatlovchi shartlar ilgari 
surilargan.
Xett manbalarida diplomatik elchilik vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs, 
“aso odami” (gerold) haqida ma’lumotlar uchraydi. Ushbu daraja oddiy elchi yoki 
vakil darajasidan ancha yuqori hisoblangan, chunki “aso odami” unvoni ko’p 
hollarda podsho urug’iga mansub kishilarga berilgan. 
Hukmdorlarning diplomatik munosabatlarida mirzalar (kotiblar) muhim rol 
o’ynagan. Ular o’z hukmdorining ko’rsatmalariga, xettlarning o’zida shakllangan 
mezonlarga tayanib, shartnomalar va xatlarning matnlarini tayyorlaganlar. Xett 
jamiyatining talabalaridan kelib chiqib, mirzalar bir necha tillarni bilishlari lozim 
bo’lgan. Ular maxsus mirzolar maktablarida ta’lim olganlar. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin