Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Qadimgi Misr. Qadimgi Misr siyosiy hayotida diplomatiya muhim rol 
o’ynaganligi giksoslar va Yangi podsholik davriga oid yozma manbalarda o’z 
tasdig’ini topgan. 
Miloddan avvalgi XIV asrga oid Al-Amarna arxivi – tarixiy matnlarning 
noyob majmuasidir. Al-Amarna arxivining deyarli barcha sopol lavhalarida 
diplomatik tusdagi xatlar qayd etilgan. Ushbu xatlar Amenxotep III va Amenxotep 
IV saroyiga Bobil, Mitanni, Ossuriya, Xettlar podsholigi, Arsava mamlakati, Kipr 
oroli, hamda Misr tomonidan bo’ysundirilgan Falastin, Suriya, Finikiya shahar- 
davlatlari hukmdorlaridan yetib kelgan. Ushbu tarixiy hujjatlar bu davrda Misr 
Yaqin Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri bo’lganligi tasdiqlaydi. 
Amenxotep III (mil. avv. 1455–1424) davrida faqatgina Mitanni va kassitlar 
Bobiligina Misr bilan raqobatlasha olgan. Amenxotep IV (mil. avv. 1455–1424) 
hukmronligi davrida esa Kichik Osiyoda Xett podsholigi anchagina kuchaygan va 
yirik davlatlar uchun jiddiy raqobatchiga aylangan. 
Suriya, Finikiya, Falastin hududlari Misr va Xett o’rtasida raqobat 
maydoniga aylangan. Bu yerlar Misr tasarrufida bo’lgan davrda “Fir’avn 
maktublar uyi” nomli maxsus muassasasi tomonidan boshqarilgan. Fir’avnning 
eng ishonchli maslahatchisi unga rahbarlik qilgan. 
Misrliklar, odatda, zabt etilgan viloyatlarining an’anaviy siyosiy tuzilishini 
o’zgartirmaganlar. Misrga qaram bo’lgan Falastin va Suriya hukmdorlari 
o’rtasidagi yozishmalarda murojaat qilishning ma’lum qoidalariga rioya qilingan. 
Teng huquqli va do’stona munosabatlarda bo’lgan podsholar bir-birlarini “birodar” 
deb, qudrat jihatdan ustunroq yoki yoshi kattaroq hukmdorga “ota” deb murojaat 
qilganlar va o’zlarini “o’g’il” deya ataganlar. Qaram hokimlar yuborgan xatlarda 
fir’avnni “hukmdor”, “sulton”, “janob”, o’zlarini “qul”, “qarol” deb nomlash urf 
bo’lgan. Qaram davlatlar hukmdorlari taxtga o’tirish chog’ida hamda Misrda yangi 
hukmdorning hukmronligi boshlanganda maxsus tartib bo’yicha sodiqlik qasamini 
ichishi lozim edi. Garovga olish mahalliy hokimlarni itoatkorlik holatida saqlashda 
va bo’ysundirilgan yerlarda Misrning ta’sirini mustahkamlashda muhim vosita 
bo’lib xizmat qilgan. 



Al-Amarna arxivida saqlangan xatlarning aksariyatini Misrga maxsus 
elchilar va choparlar yetkazganlar. Elchilar va choparlarni ikki toifaga bo’lish 
mumkin: 
1. Alohida ishonchga ega bo’lgan shaxslar (ular orqali fir’avnlarning 
mustaqil davlatlar podsholari bilan munosabatlari ta’minlangan). 
2. Mansabdor xizmatchilar (ular orqali Falastin, Suriya va Finikiyada 
joylashgan ko’plab shahar-davlatlarining hokimlari bilan aloqalari amalga 
oshirilgan). 
Fir’avnning har bir elchisi o’zi yuboriladigan mamlakatnining urf-odatlari, 
madaniyati, yo’llari va geografik xususiyatlarini yaxshi bilishi shart bo’lgan. 
Undan mohir diplomat bo’lish bilan birga kuchli jangchi bo’lishi ham talab etilgan. 
Elchilarning aksariyati o’zlari yuboriladigan mamlakatning tilini ham yaxshi 
bilganlar, aks holda ularga tarjimon hamrohlik qilgan. 
Elchilarning shaxsiy daxlsizligi, diplomatik immuniteti huquqiy jihatdan 
kafolatlanmagan bo’lib, u yoki bu podshoning huzuriga yetib kelgan elchining 
taqdiri hukmdorning to’la ixtiyorida bo’lgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin