Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Ellinizm davrida xalqaro munosabatlar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/56
tarix15.12.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#75070
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
@iBooks Bot xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi

Ellinizm davrida xalqaro munosabatlar. Bu davrda Yunonistonning 
shimolida yangi harbiy-siyosiy kuch sifatida Makedoniya namoyon bo’lgan. 
Miloddan avvalgi 346- yilda Makedoniya podshosi Filipp II tomonidan Fessaliya, 
Fokida, Xalkidika va Frakiya sohili bosib olingan. Afina va Yunonistonning 
boshqa polislarida Makedoniyaga qarshi va tarafdor partiyalar o’rtasida kurash avj 
olgan. Demosfenning harakatlari tufayli yunon shaharlarining Makedoniyaga 
qarshi ittifoqi tuzilgan, ammo u miloddan avvalgi 338- yilda Xeroneya shahri 
yonidagi jangda to’la mag’lubiyatga uchragan. Makedoniyaga qarshi partiya 
rahbarlaridan biri Likurgning so’zlariga ko’ra, "halok bo’lganlarning tanalari bilan 
birga yunonlarning erkinligi ham urush maydoniga ko’mildi". Miloddan avvalgi 
337- yilda Filipp II tomonidan Korinfda chaqirilgan kongress Yunonistonning 
Makedoniyaga bo’ysunishini rasmiylashtirgan. 
Filippning vafot etishi va o’g’li Aleksandrning taxtga kelishi Yunoniyatonda 
yangi davrni boshlab bergan. Aleksandr Makedonskiy (Iskandar) boshchiligidagi 
yunon-makedonlar armiyasi mil. avv. 334- yilda Eronga qarshi yurishni boshlagan. 
Granik daryosi yonidagi jang ( mil. avv. 334- y.), Iss yonidagi jang (mil. avv. 333- 
y.), Gavgamela yonidagi jang (mil. avv. 331- y.)larda erishilgan g’alabalar 
Eronning katta qismi egallanishiga sabab bo’lgan. 
Sharq tomon harakatlangan Aleksandr O’rta Osiyoga, so’ngra esa G’arbiy 
Hindistonga bostirib kirgan hamda ulkan davlatga asos solgan. Uning o’limidan 
so’ng (mil. avv. 323- y.) sarkardalar o’rtasidagi kurash natijasida ellin davlatlari 


22 
shakllangan: Ptolemeylar podsholigi (Misr), Salavkiylar davlati, Makedoniya
Pont, Pergam, Kappadokiya.
Salavkiylar davlati, Ptolemeylar podsholigi hamda Makedoniya O’rtayer 
dengizining Sharqiy qismida o’z hukmronligini o’rnatish uchun asosiy 
raqobatchilarga aylanganlar va Yunonistonda faol siyosiy mavqega erishishga 
intilganlar. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin