Nazorat uchun savollar:
1. Qadimgi Rimda fetsiallarning vazifalari haqida ma’lumot bering?
2. Qadimgi Rim diplomatiyasida fetsiallikka o’tish tartibi qanday bo’lgan?
3. Rim davlatida boshqa davlat elchilarini qabul qilish bo’yicha maxsus
tartib qachon joriy etilgan?
4. Puni urushlari davrida O’rta Yer dengizi mamlakatlari nechta lagerga
ajralgan edi?
5. “Divide et impera” iborasi mohiyatini tushuntirib bering?
6. Imperiya davrida Rimda diplomatik aloqalar nazorati kimlar tomonidan
amalga oshirilgan?
7. Klavdiy imperatorligi davrida o’tkazilgan islohotlar haqida nimalarni
bilasiz?
8. Imperiya davrida tashkil etilgan diplomatlar tayyorladigan maxsus
maktablarda asosan qanday fanlar o’qitilgan?
9. Fetsiallikka o’tish bosqichlar haqida ma’lumot bering?
10. Imperiya davrida ichki diplomatik aloqalar qanday ko’rinishda edi?
30
O’RTA ASRLARDA YEVROPADA XALQARO MUNOSABATLAR VA
DIPLOMATIYA
REJA:
1. Vizantiya diplomatiyasi.
2. Papa diplomatiyasi.
3. Feodal tarqoqlik davrida diplomatiya.
Tayanch
so’z va
iboralar: Sharqiy Rim imperiyasi. Vizantiya.
Konstantinopol. Yustinian islohotlari. Apokrisiarlar. langobardlar qirolligi.
Grigoriy VII. Innokentiy III. Buyuk Karl. Strasburg qasami. Verden shartnomasi.
Gerol’d.
Vizantiya diplomatiyasi. Ibtidoiy demokratiyaga asoslangan asosan, diniy
xarakterga ega bo’lgan qadimgi Sharq mamlakatlari hamda huquqiy jihatdan ancha
yuksalgan Yunoniston va Rim diplomatiyalari ta’sirida shakllangan Vizantiya
diplomatiyasi ilk o’rta asrlardagi xalqaro munosabatlar tizimida yetakchi mavqega
ega bo’lgan.
G’arbiy Rim imperiyasi german qabilalari tomonidan istilo etilgach, uning
sharqiy hududi uzoq vaqt hukm surdi. Sharqiy imperiyani rasmiy suratda Rim
imperiyasi deb atash davom etdi. Bora-bora bu nom yo’qolib, uning o’rnini
“Vizantiya imperiyasi” degan nom egalladi (Imperiyaning poytaxti qadimda
Vizantiya deb nomlangan bo’lib, 330- yilda imperator Konstantin Buyuk unga
Konstantinopol deb nom bergan). Bolqon yarim oroli, Egey dengizidagi ko’plab
orollar, Kichik Osiyo, Suriya va Falastin, Misr va Mesopotamiya, Kavkazortining
bir qismi, Qrimning janubiy qirg’oqlari imperiya tarkibiga kirgan. Bunday ulkan
hududlarga ega bo’lgan davlatni saqlab qolish va rivojlantirishda nafaqat harbiy
salohiyat, shu bilan birga diplomatiya ham alohida ahamiyatga ega edi.
Rimning qulashi va feodalizmning ilk elementlarining paydo bo’lishi
xalqaro munosabatlar tizimiga katta ta’sir ko’rsatgan. Feodal munosabatlarga
31
asoslangan varvarlar jamiyatida tashqi siyosat muhim ahamiyat kasb etgan. Harbiy
o’ljalar va imkon qadar yangi yerlarni egallashni maqsad qilgan hukmdorlar bir-
birlari bilan tinimsiz urushlar olib borganlar. Oxir oqibat tashqi aloqalarni tartibga
solish maqsadida qabilalar o’zaro murosaga kelishga, shu maqsadda turli
shartnomalar imzolashga majbur bo’lganlar. Shu tariqa yangi tartibdagi o’ziga xos
bo’lgan xalqaro munosabatlarning shakllanishiga asos solganlar.
Varvarlar vaqti-vaqti bilan Sharqiy Rim imperiyasi hududlariga ham xavf
sola boshlaganlar. O’zida Rim imperiyasi an’analarini saqlab qolgan Vizantiya
yosh varvar davlatlarining ichki va tashqi siyosatiga kuchli ta’sir o’tkaza olgan.
Vizantiya
diplomatiyasidagi
dabdababozlik,
uddaburonlik,
ayyorlik,
o’z
maqsadlari yo’lida savdo, madaniy, diniy aloqalardan samarali foydalana olish
qobiliyati ilk o’rta asrlar diplomatiyasining umumiy sifatlarining shakllanishida
katta rol o’ynagan.
Vizantiya tashqi siyosati Yustinian I (527–565) davrida eng gullagan davrini
boshdan kechirgan. Uning varvarlar tomonidan bosib olingan G’arbiy hududlarni
qaytarib olinishida diplomatik ustamonlik eng katta rol o’ynagan. Vizantiya
diplomatiyasining asosiy maqsadi varvarlarni qo’rqitishga emas, balki ularni
imperiya manfaatlariga xizmat qildirishga qaratilgan edi. Yustinian varvar
qabilalarini bir-biriga gij-gijlash va o’zaro urushlar keltirib chiqarish orqali ularni
kuchsizlantirishga erishgan. Ko’plab tarixchilar Vizantiyaning varvarlarga nisbatan
siyosatini shaxmat donalarini boshqarishga qiyoslaydilar. Sharqiy Rim
imperiyasining diplomatik xizmati varvar qirolliklari uchun andoza qilib olingan.
Bundan tashqari, boshqa davlatlarning ichki ishlariga harbiy aralashuv
Yustinian siyosatining vositalaridan biri edi. Bunday siyosat vandallar va ostgotlar
bilan bo’lgan urushlarda yorqin ifodasini topgan.
Xristian dinini yoyish ham Vizantiya imperatorlarining eng muhim
diplomatik qurollaridan biri edi. Konstantinopoldagi saroyda apokrisiarlar deb
nomlangan papaning doimiy vakillari faoliyat ko’rsatganlar. Ular Vizantiya
hududidagi diniy marosimlarni tashkil etish, cherkov va monastirlar barpo etish
ustidan nazorat olib borardilar. Shu bilan birga ularga saroydagi voqea-hodisalarni
32
zimdan kuzatish va yangiliklardan papani xabardor etib borish vazifasi ham
yuklatilgan. Rus davlatida xristianlikning yoyilishi Vizantiyaning diplomatiyasi-
ning katta g’alabasi bo’lgan. Xristianlikni qabul qilgan mamlakatlarda
Vizantiyaning ta’siri o’rnatilgan. Vizantiyaga qaram bo’lgan ruhoniylar qatlami,
savodlilikning yagona sohibi sifatida varvarlar davlatlarida katta rol o’ynagan.
Birinchi vazir boshqaruvi ostida tashqi ishlar vaziri va uning idorasi
(magister officiruem, keyinchalik “logofet droma”) faoliyat ko’rsatgan. Ushbu
idora katta tarkibga ega bo’lib, uning ixtiyorida barcha tillardan tarjimonlar mavjud
edi. Alohida qonun asosida elchilarni qabul qilish bo’yicha marosimlarning
murakkab tartibi ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu tartiblarga qat’iy amal qilinishi
shaxsan imperator nazoratida bo’lgan.
Konstantinopol saroyi qoshida elchilik xizmatining ham ma’lum qoidalari
ishlab chiqilgan. Elchi hukmdorning vakili hisoblangan va muzokaralarni
faqatgina berilgan vakolatlar doirasida olib borishi mumkin edi. Ushbu qoidani
buzgan elchi qattiq jazoga tortilgan. Faqatgina kamdan-kam hollardagina imperator
vakillariga butun ma’suliyatni o’z bo’yniga olib, mustaqil muzokaralar olib
borishga ruxsat berilgan. Elchilarga imperator tomonidan alohida yorliq taqdim
etilib, unda elchining vakolatlari aniq ko’rsatilgan.
Odatda, elchilar yuqori martabali kishilar orasidan saralab olinib, ularga
unvonga egalik qilmagan bo’lsa, yuqori unvonlar maxsus berilgan.
Vizantiya elchilariga o’zga mamlakatlarda xatti-harakat va yurish-turishning
aniq qoidalariga rioya qilish buyurilgan. Elchi xushmuomalalik bilan o’zga
saroyda ko’rgan barcha narsalarni qoyilmaqom darajada maqtay olish qobiliyatiga
ega bo’lishi talab etilgan. Ammo, buni shunday amalga oshirishi lozim ediki, bu
Vizantiya tartiblariga nisbatan gina sifatida namoyon bo’lmasligiga e’tibor
qaratilgan.
Rasmiy jihatdan elchilarga davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
buyurilgan. Lekin, amalda har doim ham bunga rioya qilinmagan. Elchilar tuzgan
shartnoma faqatgina imperator ratifikatsiya (tasdiqlangandan) qilganidan so’ng
kuchga kirgan.
33
Elchilar daxlsizligi tamoyili varvarlar tomonida tez o’zlashtirib olingan.
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, varvar qirollarining elchiliklarida Vizantiya
odatlariga xos bo’lmagan xususiyatlar ham uchraydi. Varvar a’yonlari orasida
muzokaralarning yozuv-chizuv qismini mustaqil olib borishga qodir ma’lumotli
insonlar kam edi. Varvar davlatlari elchilari asosan ruhoniylardan tayinlangan
bo’lib, ular bilimli va uddaburon Vizantiya elchilari oldida “ip esha olmaganlar”.
Rim diplomatiyasiga qaraganda huquqiy jihatdan yanada mustahkamlan-
gan Vizantiya diplomatiyasi ilk o’rta asrlardagi xalqaro munosabatlarda muhim rol
o’ynashi bilan birga arab va fors, shuningdek, rivojlangan o’rta asrlar
diplomatiyasida o’chmas iz qoldirgan.
Dostları ilə paylaş: |