MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. VIII-IX asrlarda Movarounahrda ijtimoiy-madaniy hayot
VIII-IX asrlarda Movarounahrdagi ilmiy muhit.................... 8-16
Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ijodi (Marv va Bag’dod)............................................................................................................17-26
II BOB. AHMAD AL-FARG’ONIYNING TABIIY VA ILMIY QARASHLARI
2.1. Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlari...........................26-35
2.2. Ahmad al-Farg’oniyning tabiatshunoslik falsafasiga qo’shgan hissasi................................................................................................................35-46
XULOSA.................................................................................................47-48
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati......................................................48-52
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng barcha jabhalar qatori tarix va falsafa kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida ham o’ziga xos yangilanishlar va o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mustabid sho’ro tuzumi davrida tarix va falsafa sohalari tuzumga mos ravishda mafkuralashtirilgan edi. Istiqloldan so’ng ushbu sohalarning asl mohiyatini xalqimizga yetkazish ziyolilarimizning dolzarb vazifasiga aylandi.
“Haqqoniy tarixni bilmasdan turib, o’zlikni anglash mumkin emas”1, degan edi birinchi prezidentimiz I.A.Karimov. Darhaqiqat, xalq o’z tarixini mukammal darajada o’rganishi zarur.
“Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi bo’lmaydi”2. Tarix kelajak sadosi vazifasini bajaradi. Shuning uchun mamlakatimizda ajdodlar xotirasini yod etish uchun turli xil bayramlar, yubileylar har yili nishonlanadi.
Kishilik taraqqiyotiga o’zining o’chmas ulushini qo’shib, mamlakatimiz shuhratini olamga taratib, tarix sahifalariga abadul-abad muhrlangan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahoviddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug’ siymolarni yetishtirgan millat har qancha g’ururlansa arziydi.
Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. O’zbek zaminida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste’dodlarning parvarish topgani bejiz emas, albatta.
Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’rifiy muhit mavjud bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim. Ahmad al-Farg’oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma’rifati xazinalaridan biri bo’lib, milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz ko’lami va qudratining isbotidir.
Ahmad al-Farg’oniy islom madaniyati davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasining fundamental fani asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sabab bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi. Farg’onalik bu fozil zotning “Astronomiya asoslari” nomli shoh asari o’n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilingan edi.
Yevropada kitob nashr etish boshlangan XV asrda esa bu asar Italiyada, keyinchalik Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi mamlakatlarda qayta-qayta chop qilingani uning naqadar yuksak ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Inson tafakkurining bebaho mahsuli bo’lgan bu kitob asrlar davomida astronomiya fani bo’yicha o’ziga xos qomus vazifasini o’tagan. Dunyoning eng nufuzli dorilfununlarida undan asosiy darslik sifatida foydalanib kelingan.
Ahmad al-Farg’oniy Yerning sharshimon shaklga egaligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o’tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb, Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg’oniy hisoblarining to’griligiga to’la ishonch hosil qildim, degan dastxat qoldirgan. Bu e’tirof bobokalonimiz, yanada kengroq aytsak, millatimiz ilmiy salohiyatiga berilgan munosib bahodir.
Ahmad al-Farg’oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi shu qadar ediki, alloma bobomizning nomi yer kurrasidagina emas, samoda ham abadiy shuhrat topdi. O’n oltinchi asrdayoq Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgan edi. Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili nashr qilingan “Selenografiya ” kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz – Ahmad al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’bek nomi bilan ataladi.
Bugun ozod yurtimizda Ahmad al-Farg’oniy kabi zotlar yoqib ketgan ilm mash’ali yangitdan porlay boshladi. Biz o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini ularning zamonaviy ilg’or bilimlarga ega bo’lgan holda ulug’ bobokalonlarimiz merosiga munosib bo’lishlarini davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishi, deb bilamiz. Yillar o’tadi, yangi avlod dunyoga keladi, lekin bu zotning nomi, buyuk merosi xalqimiz uchun shon-sharaf ramzi bo’lib abadul-abad saqlanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |