Tuzuvchi: A .Abdulazizov
M.Muydinova
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasining 2020 yil __- avgustdagi 1–sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: N.G‘ofurov
Ishchi o‘quv dastur Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining 2020 yil __-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.
Fakultet Kengashi raisi: N.Dexkanov
Kelishildi:
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i : H. Ibrohimov
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Sotsiologik ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida muhim o‘rinni egallaydi. Sotsiologak ta’limning muhim funksiyalaridan biri - bu jamiyat a’zolarida sotsial muammolarini tushunish, ularning kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yo‘llari hamda imkoniyatlarini qidirib topish ko‘nimalarini shakllantirishdan iboratdir.
Hayot bir joyda turg‘un bo‘lmaganidek, sotsiologiya fani ham rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish imkoniyatlarini sotsiologiya fani doirasida taxlil qilish, o‘rganish va olingan ilmiy-nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muhim ijtimoiy masalalardan biriga aylanmoqda.
Darhaqiqat, sotsiologiya fani jamiyatda ruy berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni shunchaki qayd etish bilan shug‘ullanmaydi, balki ularning asl mohiyati va mazmunini atroflicha ochib beradi. Zero, sotsiologiya ijtimoiy fanlar orasida uz tadqiqotlarining aniqligi va amaliyligi, taxlil qilayotgan masalalarni tajribalar asosida o‘rganish imkoniyatlari mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.
Sotsiologiya faqat hozirga ijtimoiy hodisalar taxliliga to‘laqonli javob berishi bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboliy o‘zgarish darajasi xususida ham ilmiy bashoratlarni ilgari sura oladi.
Ana shu jihatdan qaraganda, sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o‘rganib chiqish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor amaliy faoliyatni olib borishda sotsiologik bilim va usullardan foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishga, O‘zbekiston va jahondagi sotsial muammolarga nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |