Bozorni segmentlashda mezonlardan foydalanish
Amaliyotda yosh mezonidan ham keng foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda bozorning eng avjlangan sektoriga aylangan yoshlar sektori xuddi Shu mezonga asoslangan va bu sektor bozorda o’z ishtiroki uchun kurash olib borayotgan juda ko’p korxonalar diqqat-e’tiborida turadi. Jins masalasi bozorni tabiiy ravishda segmentatsiyalashning omili hisoblanadi. Ayollarning erkaklarga qaraganda boshqacha o’z ehiyojlari bor, ular marketing strategiyasi vositalariga ham turlicha munosabatda bo’ladilar, Shu sababli odatda bozorda ayollar sektori ajralib turadi, kiyim-kechak, poyafzal, kosmetika bozorlarida bu sektorning o’rni ayniqsa katta. Bozorni tadqiq etishda ko’proq makon omili e’tiborga olinadi, demak, iste’molchilar xulqi, xatti-harakatlari, muayyan hududlar (katta shaharlar, sanoat markazi, Shuningdek tumanlar)ga mansub bo’lishini ko’rsatadigan ta’sir o’rganiladi. Tumanlar o’rtasidagi ijtimoiy farqlar iqtisodiyot rivojlanishiga qarab yo’qolib borishi, saqlanib qolishi yoki hatto kuchayib ketishi ham mumkin. Bu farqlar tabiiy va jamg’arilgan resurslar, Shuningdek ishchi kuchi resurslari bilan bog’langan, urbanizatsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatadigan tegishli asosiy fondlar bilan belgilanadi. Farqlarni keltirib chiqaradigan yana bir omil - bu fan va san’at markazlarining mavjudligi va ularning kengayib borishi hisoblanadi, ularning ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga ta’siri hamma joyda yuqori qadrlanadi. Marketing faoliyatida bu jihatlardan tashqari yana oila hayoti tsikli deb atalmish hodisaga asoslanadigan segmentlash ham mavjud, ya’ni tsikl bosqichlariga qarab oilada o’ziga xos ehiyojlar va daromad hajmi vujudga keladi.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, bozorni segmentlarga ajratish va kishilarni guruhlar bo’yicha o’rganish o’z-o’zidan hech narsa bermaydi, chunki har bir kishi bir guruh emas, balki ko’proq guruh a’zosi hisoblanadi. J. Karver bu muammoni shunday bayon etadi: «o’rta iste’molchi» tushunchasi xato, chunki faqat takror-takror tasnif natijasigina guruhiy o’xshashliklarni aniqlash mumkin, daromadlar darajasi, irq, millat, e’tiqod va shu kabi har qanday mezonlar bilan qo’shilgandagina ahamiyat kasb etadi. Masalan, millat mezonini uning atrofidagi masalalar kompleksidan ajratib olinadigan bo’lsa, iste’molchi odatlarini tahlil qilishda uning salmog’i yo’qolib boradi. Uning o’zi yonma-yon turadigan daromadlar, narxlar va boshqalar darajasi mezonlari bilan birgalikda olinganda bu mezon muhit ta’siriga ega bo’ladi. Bozorni segmentlarga ajratish xaridorlarning talab va ehiyojlarini aniqlash masalasini hal etishning ideal vositasi bo’la olmaydi, ammo shunga qaramay bu usul ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga qiziqtirish uchun qimmatli ma’lumotlar beradi.
Iste’mol bozori va texnik-ishlab chiqarish maqsadidagi mahsulot bozorlarini segmentlash, xaridorning sifat marka, narx, reklama, tovar harakati Shartlari saqlash haqidagi fikrlari asosida amalga oshirilishi mumkin. Bozorning tovar bo’yicha segmentlanishi raqobatchilar uchun sirli bo’lgan tovar o’lchamlarini, bu sohadagi raqobatchilar faoliyati va zafarlarini sonini aniqlash imkoniyatini kompaniya va firmalarga beradi. Bozor tovarlar bo’yicha segmentlanganda, shu tovar foydalanuvchilarning guruhi, ularning yo’nalishlari, foydalanish maqsadlari, nisbatan ahamiyatli parametrlarini aniqlash imkonini beradi.
Bozorda iste’molchi o’zini qanday tutishi, avvalo, uning tovar, narx haqidagi tasavvuri, moliyaviy imkoniyatlari, didi, bilim darajasiga bog’liq bo’ladi. Narx to’g’risidagi qaror qabul qilishda sotuvchining xulq-atvori o’z faoliyatidan kutiladigan samara; vositalar oboroti, foydali savdo chegirishlari va assortiment samarasiga bog’liq bo’ladi. Raqobatchilar xulq-atvori ishlab chiqarilayotgan tovarlarga narxlarda, yangi tovarlar chiqarish va ularni sifatini yaxshilashda ifodalanadi. Marketingda xaridorlarni segmentatsiyasida ishlab chiqarish vositalari va iste’mol bozorida ikki xil yondashuv bor. Chunki bu ikki xil bozordagi xaridorlarning xulq-atvorlari ham har xildir.
Ishlab chiqarish vositalari xaridorlar ma’lum bir tovarni korxona faoliyatini va bozorni chukur tahlil qilib, savdodan keladigan nafni aniq bilganlaridan keyingina sotib oladilar. Iste’mol buyumlari xaridorlari segmentatsiya belgilari juda xilma-xildir, bu belgilarni tanlash jarayoni juda murakkab.
Geografik belgilar o’zi ma’muriy chegaralanishini, yerni holatiga qarab bo’linishini, iqlimiy bo’linishlarni o’z ichiga kiritadi. Masalan, xaridor qaysi ma’muriy territorial chegarada ko’proq joylashgan. Respublikamizda 13 ta territorial bo’linmalar bor. Bu bo’linmalar bir-biridan aholini zichligi, soni va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi bo’yicha farq qiladi. Aholini ham sotib olish imkoniyatlari har xil. Shuningdek, bu territorial bo’linmalar yerning holatiga qarab ham bir necha guruhlarga bulinishi mumkin. Masalan, serhosil, sersuv vodiylar, yangi o’zlashtirilgan yerlar, dasht, chopl, yarim chopl zonalari. Xaridorlarni segmentlarga bo’lishda respublikamizda hisobga olinishi zarur bo’lgan belgilardan yana biri, aholini urbanizatsiya darajasidir. Yana hozirgi vaqtda respublika aholisining faqat 35-40 % igina shaharlarda yashaydi, kolgan 60-65 % aholi esa qishloqlarda yashaydi. Bu esa aholining tovarlarga bo’lgan ehiyojlarining xususiyatini aniqlashga ta’sir qiladi.
Demografik ko’rsatkichlar ham iste’mol buyumlariga bo’lgan ehiyojlarni shakllanishiga katta ta’sir etadigan faoliyatlardan hisoblanadi. Chunki xaridorlarning yoshi o’zgarishi bilan tovarlarga munosabati o’zgaradi. Respublikamizda olib borilayotgan marketing faoliyatlarida aholi asosan 5 guruhga bulinadi:
Bu bo’linish respublikamiz aholisini ilmiy-’sixologik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Iste’mol buyumlariga bo’lgan ehiyojlarni shakllanishida mamlakatdagi oilalarni katta-kichikligi muhim ahamiyatga ega. Marketingda asosan mamlakat aholisi oilasining soni bo’yicha 3 guruhga bulinadi:
1-2 kishi;
3-4 kishi;
5 va undan yuqoriroq.
Bu bo’linish ko’pgina mamlakatlarda qabul qilingan.
Marketingni boshqarishda alohida etibor berilayotgan segmentatsiya belgisi - bu xaridorni sotib olishdagi xulq-atvoridagi belgilari hisoblanadi. Filipp Kotler o’zining kitobida bir necha belgilarni ko’rsatib o’tadi. Ular quyidagilar:
Tovarni sotib olish sababiga ko’ra doimiy, alohida sabablarga ko’ra.
Sotib olishdan manfaatiga ko’ra. Sifati, xizmat ko’rsatish turlari. Iqtisod qilish uchun.
Foydalanuvchi sifatidagi o’rniga qarab:
foydalanmaydigan;
oldin foydalangan;
doimiy foydalanuvchi;
yangi foydalanuvchi;
endi foydalanmoqchi bo’lgan;
tovarlarga bo’lgan munosabatga qarab.
Yuqorida aytib o’tilgan belgilar xaridorni xarakterini to’la-to’kis ochib berishga, uni tovarga bo’lgan munosabati va sotib olish imkoniyatini aniqlashga imkoniyatini aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |