Segmentlarga ajratish mezonlari Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, Shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo’lgan masalaga bog’liq.
Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to’g’ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida paydo bo’lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlarni o’rganib, ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy Sharti yangi, yuqori sifatli tovar va kompleks servis texnika xizmatlarni hamda samarali sotish usullarini qo’llashdan iborat bo’lib qoldi. Ana Shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi iste’molchilarni o’rganish va navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, Chunki bozor bir xil sub’ektlardan tashqil to’gan emas.
Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari
Bozorni segmentlash - bozorni o’rganish usuli sifatida Bozorni segmentlash, bozorni o’rganishning asosiy usulidir. Uning yordamida bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo’linadi. Bozor segmenti - bu iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning Shunday ajratilgan qismiki, ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to’g’ri segmentlash, Shu segmentning s’etsifik ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib berishni to’g’ri tashqil qilishdan iboratdir. Xalq iste’moli tovarlari bozorini tadqiq etishda marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. Birinchisi xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning hayot tsikli, kasbi, turmush tarzi va Shunga o’xshash umumiy belgilarni hisobga oladi. Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlarning qadriyatlari tizimi yoki ularning marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish tizimi kabi vositalariga ko’rsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. Amaliyotda birinchi usul ko’proq qo’llaniladi, ikkinchi usulni qo’llash qo’shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, Chunki ijtimoiy sotsiologiya va psixologiya sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo’li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad hisoblanadi. Ko’pgina mamlakatlarda daromad bo’yicha uch guruhga segmentlashdan keng foydalaniladi.
Birinchi guruh, eng yuqori daromadga ega bo’lgan xaridorlar, amalda ular jami xaridorlarning 10 % ini tashqil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid etadilar, xarid quvvati hamda o’z guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruhlar har bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori Shu mamlakatning umumiy boyligiga bog’liq bo’ladi.
Ikkinchi guruh- har bir mamlakatdagi o’rtacha daromad egalaridir, ularning soni juda ko’p, garchi bu guruh ichida yana o’ziga xos tabaqalanish bo’lsa-da, umuman olganda Shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan, yalpi tovarlarning asosiy xaridorlari Shular hisoblanadi.
Uchinchi guruh- bir Shaxs hisobiga eng kam daromad oladigan xaridorlardan iborat. Ular aksariyat hollarda ijtimoiy ta’minotning turli ko’rinishlaridan foydalanadilar, o’z daromadlarining 80 % iga yaqinini asosiy ehtiyojlarni qondirishga sarflaydilar.