Namangan davlat untversiteti


Savdo qilishning yangi turlari va usullari



Yüklə 396,23 Kb.
səhifə55/77
tarix12.09.2023
ölçüsü396,23 Kb.
#142922
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
Узбекистон республикаси олий ва урта-fayllar.org

11. 3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari
Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to’g’ri marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.
Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish turi hisoblanadi. Juda ko’p firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar. Iste’molchilar o’zlariga kerakli mahsulotni o’zlarining kompyuteri orqali buyurtma berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo’ladi.
To’g’ri marketing - bu xaridor bilan turli vositalar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot bo’lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir.
Franchayzing - bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi, nomalanishi, va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQSHda chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usulari qo’llaniladi:

  • tovarni peshtaxta orqali sotish;


  • tovarni xaridor o’ziga-o’zi xizmat qiladigan usulda sotish;


  • tovarni ochiq yoyib qo’yib sotish;


  • tovar na’munalarini ko’rsatib sotish;


  • tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.


Tovarni peshtaxta orqali sotish - tovar sotishning odatdagi usuli bo’lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: tovarlarni ko’rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to’langan tovarni to’shirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi.


Xaridorlar o’ziga-o’zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni devorlari yoniga yoki o’rtasiga terib qo’yilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar’ korzinalar yoki aravachalarga o’zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do’kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to’lanadi.
Tovarni ochiq yoyib quyib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan o’zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin.
Xaridorlar o’ziga-o’zi xizmat qiladigan usulda bo’lgani kabi tovarlarni ochiq yoyib quyib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to’la tayyor holda chiqariladi.
Tovarlarning na’munalarini ko’rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo maydoniga quyilgan namunalarga qarab o’ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to’lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do’kondan oladi yoki qo’shimcha haq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi - mebelg’, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashqil etish mumkin.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o’ziga kerakli tovarga do’konning buyurtma bo’limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat joyida tashqil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. Bu tovar do’kondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yohud buyurtmada ko’rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda hamda murakkab assortimentdagi tovarlarni ichkarilikdagi qishloq aholi ‘unktlarida joylashgan va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan savdo qiladigan do’konlar orqali sotishda ana Shu usulni qo’llash mumkin.
Savdoning ilg’or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini kamaytirish, iste’molchi hukmron bo’lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dizaynga ega bo’lgan savdo atomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda qo’llanilayotgan quyidagi ilg’or usullardan mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida foydalanish mumkin:

  • Chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda kataloglar bo’yicha nooziq-ovqat tovarlarini sotish;


  • shahar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy interg’er, uncha ko’p bo’lmagan xodimlarga ega bo’lgan chakana savdo korxonalarida narxi tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qilish;


  • «qulay do’konlar», cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi hamda xaridorlarga butun kun mobaynida xizmat ko’rsatadigan savdo korxonalarida sotish.


Xorijiy mamlakatlar savdo korxonalarida tovarlarni sotishda qo’llanilayotgan ilg’or usullarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yo’llar xaridorga yanada ko’proq turli xil xizmatlarni ko’rsatish va tovarlarga bo’lgan narxni tushirish bo’lib hisoblanadi. Bulardan savdo korxonalarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.







Yüklə 396,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin