1. Bozor segmentatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Bozor segmentatsiyasining qanday turlarini bilasiz?
3. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillarini aytib bering.
4. Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz?
5. Makrosegmentlash deganda nimani tushunasiz?
6. Mikrosegmentlash deganda nimani tushunasiz?
7. Tovarni pozitsiyalashtirish deganda nimani tushunasiz?
9-Mavzu. TOVAR VA TOVAR SIYoSATI 9.1.Tovar-ehtiyojni qondirish vositasidir.
9.1.1. Tovar haqida tushuncha.
9.1.2. Iste’mol tovarlari tipologiyasi.
9.2.Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi bo’yicha tushuncha.
9.2.1. Raqobat haqida tushuncha.
9.2.2. Tovar raqobatbardoshligini aniqlash.
9.3.Tovarning yashash davri va uning bosqichlari.
9.3.1. Tovarning yashash davri.
9.3.2. Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlash mezoni.
9.4.Yangi tovar ishlab chiqarish.
9.4.1. Yangi tovar haqida tushuncha.
9.4.2. Tovar innovatsiyasi, diversifikatsiyasi, variatsiyasi.
9.1.1. Tovar haqida tushuncha Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir.
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi:
-rangi, upakovkasi (o’rash, bog’lash), tashqi ko’rinishining fasohati (dizayni), ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar).
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi.
Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha alohida guruhlarga bo’linadi:
maqsadli ko’rsatkich bo’yicha
bozor turiga ko’ra
foydalanishga tayyorligiga ko’ra
iste’molchilar soniga qarab bo’linadi.
Maqsadli xarakteriga ko’ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo’linadi.