9.1.2. Iste’mol tovarlari tipologiyasi
Iste’mol tovarlari - bu Shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo’linadi.
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo’jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko’ra ularni o’z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
1. Doimiy ehiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo’jalik sovuni)
2. Im’ulg’siv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta)
3. Favqulotda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont).
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel’, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:
o’xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo’yicha farqlanadi);
alohida ko’rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan).
passiv talabdagi tovarlar - xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam o’ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko’ra
qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar;
uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar.
Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo’lib
foydani ta’minlash;
taqsimotni o’stirish;
firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko’paytirish;
ishlab chiqarish va marketingga xarajatlarni tejash;
imidjni oshirish bo’lib hisoblanadi.
Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi:
uning innovatsiyasi;
variatsiya;
differentsiya;
eliminatsiya;
markani o’rnatish va tanlash;
qadoqlash;
tovarni shakli, turi va boshqalar.
Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi:
yangi tovarlarni qidirish;
yangi tovarlarni rivojlantirish;
bozorga yangi tovarlarni kiritish;
tovar shakllarini asoslash;
tovar sifatini tartibga solish;
bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar.
Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshadi. Buning uchun, ya’ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik tsikli modeli ishlatiladi.
Tovarlar va xizmatlar assortimenti - bu foydalanish bo’yicha bir-biriga juda o’xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir.
Tovar sifati - bu tovarning o’z funktsiyalarini bajarishda ko’rinadi va u quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko’rsatishi, ‘ishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar.
Marketing fani bo’yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan o’lchanadi.
Dostları ilə paylaş: |