9.4.Yangi tovar ishlab chiqarish 9.4.1. Yangi tovar haqida tushuncha Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan bog’liqdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashqil etishni tashqil etishi lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni o’z vaqtida amalga oshirish kerak.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar miksni jalb etuvchanligini yaxshilash bo’yicha 3 ta strategik yo’nalishni o’z ichiga oladi:
1. Tovar innovatsiyasi.
2. Tovar variatsiyasi.
3. Tovar eliminatsiyasi.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tadbiq etish dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talqinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi.
Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo’yicha yangi g’oyani olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish v bozorga chiqarish tushuniladi.
9.4.2. Tovar innovatsiyasi, diversifikatsiyasi, variatsiyasi Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo’llashni ko’zda tutadi va amalga oshirish shakli bo’yicha tovar differentsiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo’linadi.
Tovar diversifikatsiyasi o’zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini qozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish, xaridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag’batlantirish orqali amalga oshiriladi.
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko’zda tutiladi.
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to’liq ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va qo’llash ko’zlanadi.
Diversifikatsiya tovarlarni turli tumanligi hisobiga jalb etuvchanligini yaxshilashga asoslanadi.
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi bo’lib iste’molchilarni tovarni afzal ko’rish, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligini o’sishi hisoblanadi.
Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo’yicha amalga oshiriladi:
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o’rin egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda qo’shimcha tovarlarni ishlab chiqarishni boshlaganda qo’llaniladi. Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror o’sishini ta’minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi.
Maqsadli bozorni o’zlashtirish yo’llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi ishlatiladi. Bu quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.