Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o’tkazish, marketing axborotlarini izlab topish uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish. Kulda yoki axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin; 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulq-atvorining o’zgarish holatlarini o’rganish va bashorat qilish bo’yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi- bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha o’zaro o’zluksiz aloqada buluvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o’z ichiga quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma vositachi firma, iste’molchi (bozor).
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash- 1) marketing xujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining holati va xulq-atvori to’g’risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saqlashni tashqil etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi quyitizimlardan biri (tashqiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menedjmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish, sistemalashtirish va ularni “iste’mol uchun tayyor” axborotga aylantirish.
Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing xarajatlari belgilab quyilgan holda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab chiqarishni tuxtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko’rsatkichi; 2) marketing tizimi faoliyatining sifat ko’rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’ektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida o’zaro aloqalari natijaviyligining kompleks ko’rsatkichi.
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funktsiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning xosil bo’lishi, tovarni yetkazib berish, marketing razvedkasi, bengmarketing va h.k.) bilan bog’liq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha buginlarida marketing vositalari va falsafasini qo’llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, kaerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har kandan faoliyat.