Konglomerat diversifikatsiya - firma assortimentini na firmada qo’llanayotgan texnologiyalarga, na ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, na hozirgi bozorga xech qanday aloqasi bo’lmagan mahsulotlar bilan tuldirish.
Konsyuumerizm - iste’molchilar huquqi va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha tashqil qilingan harakt, iste’molchilar xavfligi, ularning iqtisodiy manfaatlarini muxofaza qilish, sifatsiz tovar ishlab chiqarish girrom raqobatchilikkka va karshi ko’rash bilan bog’liq bo’ladi.
Kontsentrik (markazlashtirilgan) diversifikatsiya - firma assortimentini mavjud tovarlarga texnik va marketing nuktai nazaridan o’xshash bo’lmagan mahsulotlar bilan tuldirish.
Korporativ reklama - aniq bir tovar markasiga emas, balki to’liq tovarlar assortimentiga ehiyoj yaratuvchi reklama.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan mikromuhitga ta’sir ko’rsatuvchi kuchlarga karaganda keng ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Maqsadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida tanlangan, marketing xarajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta’minlovchi bozor.
Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish, xayotga tatbiq etish va nazorat maqsadida aniq, dolzarb ma’lumotlarni o’z vaqtida to’plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish maqsadida tarqatish uchun muljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam faoliyat ko’rsatuvchi o’zaro aloqalar tizimi; 2) marketing sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va yetkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar majmui.
Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari bo’yicha) aks ettirilgan ko’rsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo’limi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.