Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehiyojni qondirishda bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo’lib xarid qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish va eks’luatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining muhim ko’rsatkichi.
Firmaning marketing muhiti- firmadan tashqarida faoliyat ko’rsatuvchi hamda marketing xizmati ragbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar) bilan muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o’rnatish imkoniyatlariga ta’sir ko’rsatish mumkin bo’lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va mikromuhitdan tarkib topadi.
Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko’rinishiga ega bo’lmaydigan iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko’rsatishi mumkin bo’lganfaoliyat yoki ne’matlar turi.
Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to’xtatish; tovarni bozordan raqobatbardoshligi va talabni yukotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi, xayotiylik davridagi urni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, ka’ital aylanishi va boshqa ko’rsatkichlar qo’llanadi.
Yangi tovarni ishlab chiqish - korxonaning o’z kuchi bilan IITKI o’tkazish asosida original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulotlarni yaratish jarayoni. Bu jarayon odatda g’oyalarni ishlab chiqish, tanlash, yangi tovar konsepsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish, sinov marketingi va tijoratlantirishdan iborat bo’ladi.