37
Joriy
JN va oraliq
ON turlari bo‗yicha 55bal va undan yuqori balni to‗plagan
talaba fanni o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‗yicha yakuniy
nazoratga kirmasligiga yo‗l qo‗yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir nazorat
turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga teng.
ON va
YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan
reyting nazorat jadvallari asosida o‗tkaziladi.
YaN semestrning oxirgi 2 haftasi
mobaynida o‗tkaziladi.
JN va
ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‗plagan va uzrli sabablarga
ko‗ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi
shu nazorat turigacha, so‗nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy
nazoratgacha bo‗lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda
JN va
ON turlari bo‗yicha to‗plagan ballari ushbu nazorat
turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‗lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq
va yakuniy nazorat turlari bo‗yicha to‗plagan ballari yig‗indisi 55 baldan kam
bo‗lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‗lsa, fan bo‗yicha nazorat turi natijalari
e'lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan
murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‗ra
rektor buyrug‗i bilan 3 (uch) a'zodan kam bo‗lmagan tarkibda apellyasiya
komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu kunning
o‗zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‗rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‗tkazilishi
hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o‗quv-uslubiy
boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‗limi tomonidan nazorat
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: