Ijtimoiy struktura – jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sotsiologiya nazariyasida
barcha ijtimoiy tizimlar 2 xil munosabatda mavjud bo‘ladi:
1. Sosietal munosabatlar;
2. Ijtimoiy munosabatlar.
Sosietal munosabatlar sistemasiga jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va
mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega.
Sosietal sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. Ya‘ni, bunda iqtisodiy munosabat
belgilovchi omil bo‘ladi. Demak, Sosietal munosabatlar sistemasi tuzilishi:
iqtisodiy: (asoschisi A.Smit: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsuli,
mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o‘zi uchun ishlaydi va boshqalar
uchun ham ishlashga majbur bo‘ladi, u boshqalar uchun ishlaganda o‘zi uchun
ham ishlaydi);
ijtimoiy: a) ijtimoiy munosabatlarning asosiy elementini ijtimoiy jamoalar tashkil
etadi (sinflar, millatlar professional, demografik, hududiy, siyosiy guruhlar); b)
elementi kishilar (jamoaga birikadigan insonlar); v) oila tashkil etadi.
siyosiy;
mafkuraviy. Ijtimoiy munosabatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra jamiyat taraqqiyotiga ham ijobiy, ham
salbiy ta‘sir etadi.