Namangan muhandislik pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi sosiologiya



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/234
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#37654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
sosiologiya

 
 
 
 


 
 

KIRISH 
 
Sotsiologiya gumanitar fanlar doirasidagi shunday yo‘nalishki, u butun jamiyat va 
uning  ijtimoiy  tizimini  tashkil  etadigan  tarkibiy  qismlarining  rivojlanish  va  mavjud 
bo‘lish qonuniyatlarini, turli sotsial jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va kishilarning 
sotsial  xulq-atvori  qonuniyatlarini  o‘rganadi.  Sotsiologiya  fani  jamiyatda  ro‘y 
berayotgan  yirik  ijtimoiy-siyosiy  voqealarni  shunchaki  qayd  etish  bilangina 
cheklanmaydi,  balki  uning  asl  mohiyati  va  mazmunini  atroflicha  ochib  beradi.  Bu  fan 
o‘zining ilmiy xulosalarini empirik darajada asoslangan holatda ilgari suradi.  
Sotsiologiya  fan  sifatida  hozirgi  ijtimoiy  jarayonlar  holatiga  to‘laqonli  javob 
berish bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboldagi o‘zgarish darajasi hususida 
bashorat  qiladi.  Ana  shu  jihatdan  sotsiologiya  fani  nazariyasi,  amaliyoti  va  tadqiqot 
usullarini  atroflicha  o‘rganib  chiqish  zarurati  tug‘iladi.  Fanning  asosiy  mohiyati 
sotsiologiya  rivojlanishining  nazariy-uslubiy  asoslari,  fanning  predmeti  va  ob‘ekti, 
institutlashgan  shakllari,  ijtimoiy  fikrning  tarixiy  rivojlanishi,  fanlar  tizimida 
sotsiologiyaning  o‘rni,  sotsiologiyani  tushunishdagi  ilmiy  nazariyalar,  uning 
tushunchalar  tizimini  ko‘rib  chiqishda  namoyon  bo‘ladi.  Fanning  nazariy  asoslari 
dolzarb  ijtimoiy  jarayonlar, sotsial  struktura  va sotsial  tizimlarning  mavjud  bo‘lishi  va 
rivojlanish  muammolari,  jamiyat  sotsial-madaniy  tizim  sifatida,  shaxs  ijtimoiy 
munosabatlarning  ob‘ekti  va  sub‘ekti  sifatida,  sotsial  munosabatlar,  ijtimoiy  jamoalar, 
sotsial  aloqalar,  sotsial  tashkilotlar,  guruhlar,  sotsial  institutlar  va  institutlashgan 
munosabatlar, jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarni batafsil bayon qilish bilan mos keladi. 
Bunda  asosiy  e‘tibor  amaliy  faoliyatda  sotsiologik  bilim  va  usullardan  foydalanish 
imkoniyatlarini  ishlab  chiqishga,  O‘zbekiston  va  jahondagi  sotsial  muammolarga 
nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi. 
Ushbu  dastur  sotsiologiya  fani  qo‘lga  kiritgan  va  munozarali  sotsiologik 
masalalar yuzasidan keyingi yillarda monografiya, dissertasiya, ilmiy maqolalar, darslik 
va  o‘quv  qo‘llanmalarda  bildirilayotgan  fikrlar,  O‘zbekistonda  sotsiologiya  ta‘lim 
tizimini  rivojlantirish  yo‘lida  qilinayotgan  harakatlar  hamda  bir  necha  yillardan  buyon 
bu fanni oily ta‘lim tizimida o‘qitish tajribasini hisobga olgan holda tuzildi. 
Dasturda  sotsiologiyani  fan  sifatida  shakllanishi,  uning  tarkibiy  tuzilishi, 
jamiyatni  yaxlit  tizim  tariqasida  tahlil  qilish,  ijtimoiy  hayotda  sotsial  institutlar  roli, 
deviant  xulq-atvor  va  sotsial  nazorat  masalalari,  jamiyatning  sotsial  strukturasi  va 
stratifikasion  jarayonlar,  sotsial  munosabatlar,  ijtimoiy  taraqqiyot  tendensiyalarini 
ifodalaydigan mavzular yoritilgan. 
Dasturning  yakunlovchi  qismida  empirik  sotsiologik  tadqiqotlarni  olib  borishga 
bag‘ishlangan mavzu tavsiya qilingan. Bunda empirik sotsiologiyada keng o‘rin olgan 
sotsiologik  ma‘lumotlarni  to‘plash,  ularni  qayta  ishlash  hamda  tahlil  qilish  uslublariga 
ham yetarlicha e‘tibor qaratildi.  
 
 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin