7
O‟quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‟qitishdan maqsad – talabalarda sotsiologiya fani mazmuni va mohiyati,
sotsiologiya mutaxassisligining jamiyatdagi o‘rni, xususiyatlari va kelajagi to‘g‘risida
tasavvurlarni paydo qilish, ijtimoiy hayot muammolariyechimiga mos keladigan taklif
va tavsiyalar mexanizmini ishlab chiqishda mazkur fanning roli haqida bilim, ko‘nikma
va malakalarini shakllantirish.
Fanning vazifalari – talabalarga jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy muammolarni
sotsiologik nuqtai nazardan tushuntirish hamda fanning dolzarb masalalarini
yechishning uslub va uslubiyotlarini, sotsiologik tahlil va tavsiyanomalar yaratishni
o‘rgatish.
Fan bo‟yicha talabalarning bilim, malaka va ko‟nikmaga qo‟yiladigan
talablar
«Sotsiologiya» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalgam oshiriladigan masalalar
doirasida bakalavr:
– jamiyatni yaxlit ijtimoiy tizimligi, shaxs va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy hodisalar
va muammolarga sotsiologik yondashish, ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omillari,
ijtimoiy hayot faoliyatini muvofiqlashtiradigan sotsial institutlar faoliyatini tahlil
qilishni
bilishi kerak.
– talaba sotsiologiya fanini mustaqil ijtimoiy fan sifatida shakllanishining tarixiy-
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiy asoslarini; sotsiologiya fani ob‘ekti va
predmeti, uning strukturasi va fanlar tizimidagi o‘rnini; Sharq va G‘arb
mutafakkirlarining sotsiologik ta‘limotlari mazmunini; ijtimoiy taraqqiyot va
uning asosiy shakllarini;
– ijtimoiy hayotda milliy g‘oya va mafkuraning sotsiologik ahamiyatini; shaxs
ijtimoiylashuvi omillarini; jamiyatning sotsial strukturasi va uning o‘zgarib borish
xususiyatlarini; ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma‘lum bir qonuniyatlar asotsida kechishini;
jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqlikda
ekanligini yaxlit idrok etishni; jamiyat rivojining asosiy omillarini tasniflay olish
Dostları ilə paylaş: