154
faoliyat ko‗rsatish qonuniyatlari haqidagi mustaqil fan sifatida XIX asrning 30-yillarida
ilmiy muomalaga «Sotsiolgiya» atamasi kiritilgandan so‗ng shakllandi. Jamiyat
haqidagi «pozitiv fan» (haqiqiy fan) yaratishga urinish X1X asr o‗rtalarida yuzaga keldi.
Sotsiologiyaninga soschisi fransuz mutafakkiri O. Kont Sotsiologiyani jamiyat
haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi, E. Dyurkgeym esa sotsial dalillar
haqidagi fan deb ataydi.
Hozirgi adabiyotlarda Sotsiologiyaga quyidagicha tariff berilgan:
Sotsiologiya – yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim
tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning amal
qilishi va rivojlanishi to‗g‗risidagi fandir. Ob‘ekti jamiyat hisoblansa-da, Sotsiologiya
fanining dastlabki bosqichi sifatida jamiyat tushunchasini ajratib ko‗rsatish yetarli emas.
Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo‗libgina qolmay, balki maxsus
sohalararo fan hamdir. U boshqa fanlar o‗rganmaydigan o‗z ob‘ektiga ega. Uning
o‗ziga xos sohasi sotsial reallik bo‗lib, u inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-
madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar,
ijtimoiy
hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar va ularning o‗zaro tashkil etilish usullari
Sotsiologiyaning ob‘ekti bo‗ladi. Insonlar o‗zaro aloqalarga hamkorlik
munosabatlariga kirishishlari orqaligina muayyan ijtimoiy xususiyatlarni namoyon
etish imkoniyatlariga ega bo‗ladilar.
Sotsiologiya ijtimoiy muhitni tadqiq etganda umummilliy tushuncha va
kategoriyalardan kelib chiqadi. Xususan, ob‘ektiv va subektiv, erkinlik va zaruriyat,
borliq va ong kabi falsafiy kategoriyalardan foydalanib, sotsiologik ob‘ekt mohiyatni
talqin etadi. Sotsiologiya sotsial ob‘ektni sotsial subektlar orqali(shaxs, guruh, jamiyat,
sotsial sohalar, munosabatlar, odamlarning sotsial faoliyat iva tafakkur tarzi) tahlil
qiladi. Sotsiologiya turli sotsial sohalarni tadqiq etish asosida ularning o‗ziga xos
ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi. Muayyan sotsial guruhlar tahlil iva
tasnifi orqali u jamiyat va inson to‗g‗risidagi umuiy qarashlar, qonunlar va
tendensiyalarni yaratadi, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi.
Sotsiologiya o‗z ob‘ekti doirasida sotsial hayotning turli, alohida tomonlari
bilan ham shug‗ullanad iva buning natijasida fanda integral sohalar vujudga keladi.
Jumladan, huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, iqtisodiyot sotsiologiyasi,
industrial sotsiologiyalar. Sotsiologiya bu sohalarda o‗z ob‘ekti- inson va uning
siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‗rni va rivojlanishi, hayot tarzi va
fikrlash uslubi kabi masalalarni hal qiladi. Sotsiologiya o‗zining maxsus ob‘ekti
asosida yakka shaxs faoliyati konkret namoyon bo‗lishini empirik darajada
o‗rganishni ham o‗z ichiga oladi.
Hurmatli talaba sotsiologiya fanini o‗zlashtirish uchun quyidagi bilimlarni o‗zlashtirish
muhim ahamiyatga egadir:
Sotsiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga
ko‗nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko‗maklashadigan, shular bilan bir qatorda
insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng
qulay variantini topishda va uni amalga oshirishdagi jismoniy, emotsional-
psihologik va manaviy imkoniyatlarini ishga soladi. Chunki hayot bor ekan, inson
bor ekan, har qaysi toifa o‗zining manfaatlarini qandaydir yo‗llar
bilan amalga
oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila
155
qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr
yuritadi, kerak bo‗lsa, qonuniyyo‗llarbilano‗zmaqsadlarigaerishishgaintiladi.
Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini taminlaydigan eng qulay
variantlarni, ijtimoiy-madaniy modellarni topishdan iborat. Bular jamiyat va
insonning o‗z-o‗zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
Sotsiologiyaning vazifasi murakkab sotsial dunyoni tashkil etuvchi o‗zaro
birikuvchi va harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohiyatini aniqlashdan hamda
ularning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdani borat. Shunday qilib,
Sotsiologiya tarixi yaniq ijtimoiy tizimlar amal qilishining sotsial umumiy qonun va
qonuniyatlari haqidagi, ushbu qonun va qonuniyatlarning shaxslar, ijtimoiy guruhlar,
birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida nomoyon bo‗lishi va tasir ko‗rsatishda
haqidagi
fandir.
Sotsiologiya ijtimoiy hayotni u yoki bu shaklda va sohada o‗rganar ekan, u
avvalo sotsial voqelik haqidagi bilimlarni shakllantirish, sotsial rivojlanish
jarayonlarini tasvirlash, tushuntirish, o‗zining asosiy metodologiyasini va
sotsiologik tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi ilmiy muammolarni hal etadi.
Sotsiologiyaning jamiya thayoti bilan xilma-xil aloqasi, uning ijtimoiy
burchi birinchi navbatda u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Har qanday
fanlar kabi sotsiologiyaning eng asosiy funksiyalaridan biri nazariy va
amaliyotning birligidir.
Sotsiologik tadqiqotlarning ko‗pchilik qismi amaliy muammolarni hal etishga
yo‗naltirilgan. Sotsiologiyaning amaliy yo‗naltirilganligi shunda nomoyon
bo‗ladiki, u ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish mayllari haqidagi ilmiy asoslangan
ma‘lumotni ishlab chiqishga qodir. Mana shunda uning oldindan aytib berish
funksiyasi namoyon bo‗ladi. Jamiyat hayotida sotsiologik tadqiqotlardan ijtimoiy
hayotning turli sohalarini rivojlantirishni rejalashtirishda foydalanish katta
ahamiyatga ega. Sotsial rejalashtirish ijtimoiy tizim qanday bo‗lishdan qati nazar
hamma mamlakatlarda rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: