Monitoring va baholash: o‗quv mashg‗ulotida ham butun kurs davomida ham
o‗qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki
yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
―Sotsiologiya‖ fanini o‗qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, ―Power Point‖
dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‗yicha talabalar bilimini baholash test
asosida va kompyuter yordamida bajariladi. ―Internet‖ tarmog‗idagi rasmiy
ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda
tayanch so‗z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‗tkaziladi.