Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147
strategik menejment

Nazorat uchun savollar 
1.
Kompaniya axvolining tahlili qanday savollardan iborat? 
2.
Amaldagi strategiyaning samaradorligi qanday aniqlanadi? 
3.
Kompaniyaning kuchi yoki zaifligi nimalardan iborat? 
4.
Kompaniya baholari va xarajatlarining raqobatgabardoshliligi qanday 
aniqlanadi? 
5.
Kompaniyaning raqobat mavqei qanday? 
 
5-MAVZU. STRATEGIY
А
 VA RAQOBAT USTUNLIGI 
 
5.1. Strategik menejmentda raqobat strategiyasi 
5.2. Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan 
foydalanish 
5.3. Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan 
foydalanish 
5.4.Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi 
5.5.Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari 
 
Tayanch iboralar: raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi, raqobat ustunligi, 
hujumkorlik strategiyasi, mudofaa strategiyalari, vertikal integratsiya strategiya, 
Boshlovchilik, ustunliklar, kamchiliklar. 
 
5.1. Strategik menejmentda raqobat strategiyasi 
 
Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb 
qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustaxkamlash 
uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o’xshatish 
mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin. Bunda faqat eng 
yaxshi strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi xujumkorlik 
va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va o’zoq muddatli xarakatlarni o’z 
ichiga oladi. 
Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari 
va ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p bo’lmasin, 
62


ularning o’xshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta 
varianti mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan
33

1. 
Xarajatlar bo’yicha ilgorlik strategiyasi.
Tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqarishda tula xarajatlarini pasaytirishni ko’zda tutadi. Bu esa ko’p sonli xaridorni 
jalb qiladi. 
2. 
Keng tabaqalashtirish strategiyasi.
Kompaniya tovarlariga raqobatchi 
Korxonalar tovarlaridan fark qildiradigan o’ziga xos chizgilarni berishga karatilgan. 
Bu xam xaridorlarni jalb etishga yordam beradi. 
3. 
Optimal xarajatlar strategiyasi. 
Xaridorlarga past xarajatlar va mahsulotni 
keng tabaqalashtirishni uygunlashtirish xisobiga kimmatli tovar olish imkoniyatini 
beradi. Asosiy vazifa uxshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat 
va past baholarni ta’minlashdan iboratdir. 
4. 
Fokuslangan strategiya
. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bo’lib, 
xaridorlarning tor segmentiga yunaltiriladi. Bunda Korxona o’z raqobatchilaridan 
ancha past baholar xisobiga utib ketadi. 
5. 
Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor 
uyasi strategiyasi
. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini ularning 
did va talablariga yanada tularok javob beradigan tovar va xizmatlar bilan 
ta’minlashdir. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin