Portfelning kamchiliklari
Kirish strategiyasi
«daromad» ishlab chiqaruvchilarining
kamchiliklari
kompaniyaning yetuk
tarmoqlardagi xaridlari
«g’oliblar»ning kamchiliklari
-
«suroq belgilari»ning yoki
«rivojlanayotgan g’oliblar»ning
kamchiligi
paydo bo’layotgan yoki o’sib borayotgan
sohalardagi ichki tadbirkorlik
SHuni ham nazarda tutish kerakki, sotib olish strategiyasi yetarlicha ishlab
chiqilmasa, «g’oliblar»ni yoki «daromad ishlab chiqaruvchi»larning o’rniga portfelda
«kuchuklar» paydo bo’lib qolishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- kompaniya turli korporativ madaniyatlarni integratsiyalashga uringanda
ko’pincha
qiyinchiliklarga duch keladi;
- kompaniya sinergizmning potentsial samarasiga ortiqcha baho beradilar;
- sotib olish katta xarajatlarga sabab bo’ladi;
- kompaniyalar ko’pincha sotib olishdan ko’zlanayotgan maqsadlarni aniq
tasavvur qila olmaydilar.
Daromadlik
darajasi. Pul
yo’qotishlar
Katta xajm
Kichik xajm
Vaqt
8.2-rasm. Biznes xajmining daromadlarga va pul oqimlariga ta’siri
Yuqorida aytib utilganidek, portfelni boshqarish texnikasiga oid atamalarda
yangi ichki korxonalar «suroq belgilari» sifatida ishtirok etadi. Quyidagi tipik
xatolarni xisobga olish xatolar extimolini kamaytirishga imkon berishi mumkin:
- kirishning ko’lami kichik;
- yangi tadbirkorlik yomon tijoriylashtiriladi;
- korporatsiya menejeri tadbirkorlik jarayonini yomon boshqaradi.
Biznes kichik yoki katta bo’lganda
bozorga kirish hajmi, daromad va pul
oqimlari o’rtasidagi mutanosibliklarni quyidagi grafik orqali ifodalash mumkin.
Biznes kichik bo’lganda zararlar ham kichik bo’ladi, biroq o’zoq muddatli
istiqbolda katta xajmlar qaytish tezligining katta bo’lishiga sabab bo’ladi.
Ba’zi xollarda kompaniyalar sotib olish strategiyasining ichki yangi
tadbirkorligini afzal ko’radilar, biroq ular yangi investitsiyalar zarurligidan, yangi
xatarlardan xavfsiraydilar (masalan, «rivojlanayotgan g’olib»larning tug’ilish va o’sish
bosqichlarida). Bu ularning xamkorlikda tadbirkorlik qilishlariga olib keladi va yangi
loyixalarning investitsiyalari va xavfini sug’o’rtalashga imkon beradi.
92
Ammo ushbu kirish usulining quyidagi kamchiliklari borligini ham aytib o’tish
kerak:
- investitsiyalarni va xatarlarni sug’urtalashdan
tashqari, yangi ishning yetarlicha
daromadli bo’lishi ham kafolatlanishini talab qiladi;
- bunday xamkorlikka kirishayotgan kompaniyalar «nou-xau»dagi ustunlikni
qo’ldan boy berib qo’yishlari ham mumkin;
- xamkorlar, ayniqsa, biznes falsafalari, rejalashtirish
istiqbollari, investitsiyaning
ustivor yunalishlari turlicha bo’lganda bir-birini nazorat qilishlari lozim, aks xolda
ziddiyatlar vujudga keladi.
Pul
oqimlari
«xosilni yig’ib»
olish strategiyasining
boshlanishi
0
bozor xajmi
Tugatish
8.3-rasm. Hosilni yig’ib olish» strategiyasining pul oqimlariga ta’siri
Odatda, kompaniyada «yutqazuvchilar» yoki «suroq belgilari» ko’p bo’lsa,
ba’zida esa «rivojlanayotgan g’oliblar» ko’p bo’lganda ham ketish talab qilinadi.
Kompaniya bu xolda uch xil strategiyaga ega bo’ladi:
- «echintirish»;
- «hosilni yig’ib olish»;
- «tugatish».
«Echintirish» biznesni boshqa kompaniyaga sotishni yoki kompaniyaning
ichkaridan turib boshqarilishini o’z ichiga oladi. «Rivojlanayotgan g’oliblar» yoki
ba’zi hollarda «suroq belgilari»
oson sotiladi, «yutqazuvchilar»ni sotish esa juda qiyin
kechadi.
«Xosilni yig’ib olish» kompaniya ushbu tarmoqdan chiqayotganda pul oqimlarini
oqillashtirish uchun sarmoyalarni qaytarib olishni nazarda tutadi. Ichki pul oqimlarini
ko’paytirish uchun korxona boshqaruvi yangi sarmoyalarni bartaraf qiladi yoki
cheklaydi, foydalanish xarajatlarini cheklaydi. ITTKI xarajatlarini pasaytiradi. O’tgan
omadli davrlar foydasini sarflaydi. Buning samarasi 8.3-rasmda keltirilgan.
8.3-jadval
Ketish strategiyasini tanlash
O’rta korxonalarni tavsiflari
Qulay
tarmoq
Noqulay tarmoq
«Rivojlanayotgan g’olib»
«Echintirish»
«Yutqazuvchi»
«xosilni yig’ib olish» /
«echintirish»
«xosilni yig’ib olish» yoki
tugatish
«Suroq belgisi»
«Echintirish»
Tugatish
93
Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari sotuvlar xajmi bo’yicha bozorni yo’qotadi, biroq
pul tushumlari xajmi vaqtincha ko’payadi. Bu mablag’lar korporatsiyaning boshqa
o’rta korxonalarini rivojlantirishga sarflanadi. Pul tushimlari kamaysa o’rta korxonalar
faoliyati tugatiladi.
Ketish strategiyasi o’rta korxonalar ta’rifi va tarmoqda raqobatning jadalligiga
qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: