Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147
strategik menejment

8.4. Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash 
Diversifikatsiyalangan kompaniya strategiyasini baholashdagi asosiy masala, u 
kirib borayotgan tarmoqning jozibalilik masalasi xisoblanadi. Tarmoq qanchalik 
jozibali bo’lsa, korxona oldida foyda olishning shunchalik yaxshi o’zoq muddatli 
istiqbollari ochiladi. Tarmoqning jozibadorligini uchta yunalish bo’yicha baholash 
mumkin: 
1. Portfeldagi xar bir tarmoqning jozibadorligi. Bunda kuyidagi savol urinli 
bo’ladi: «Bu tarmoq kompaniya va unda ishlashi uchun yetarli darajada yaxshimi?» 
Kompaniyaga o’z mablagini kuygan xar bir tarmoq jozibalilik darajasi bo’yicha test 
sinovidan utishi mumkin. 
2. Xar bir tarmoqning boshqalarga nisbatan jozibadorligi. 
Bu xolda javob berilishi kerak bo’lgan savol, « Portfelning kaysi tarmogi 
jozibalirok, kaysi biri jozibasizrok?» Tarmoqlarni shu ko’rsatkich bo’yicha turlarga 
bo’lish korporatsiya resurslarini joylashtirish tugrisida karor qabo’l qilish uchun 
dastlabki sharoit xisoblanadi.
3. 
Barcha tarmoqlarning yagona gurux sifatidagi jozibadorligi. Bunda kuyidagi 
savol quyiladi: «Tarmoqlar yigindisi qanchalar jozibali ?» Daromadlarning va foydasi
87


asosan jozibasiz tarmoqlardagi faoliyat turlari xisobiga shakllanayotgan kompaniyalar, 
balki o’zining ishbop faollik portfelini qayta tarkiblash masalasini ko’rib chiqishi zarur 
bo’ladi. 
Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning ko’pchiligini amalda quyidagicha 
tasniflash mumkin: 
- bog’liq va bog’liq bo’lmagan biznesning kamroq tabaqalangan qismi bilan 
asosiy biznes bilan savdo xajmi bo’yicha tadbirkorlik qilish (korporatsiyaning tuliq 
savdo xajmining taxminan uchdan bir yoki undan kamroq); 
- bog’liq o’rta korxonalarning kamroq miqdori (2-5ta) bilan tor 
diversifikatsiyalangan tadbirkorlik; 
- ko’plab bog’liq o’rta korxonalar bilan qat’iy tabaqalangan xolda ish olib borish; 
- bog’liq bo’lmagan tarmoqlarda bir necha o’rta korxonalar bilan tor 
diversifikatsiyalangan xolda ish olib borish; 
- ko’pgina bog’liq bo’lmagan sohalarda ko’plab o’rta korxonalar bilan qat’iy 
differentsiyalangan xolda ish olib borish; 
- bog’liq bo’lmagan tarmoqlardagi ko’plab o’rta korxonalar bilan ishlash (biroq 
xar bir sohadagi o’rta korxonalar guruxlarga birlashtirilgan); 
Korporatsiya tomonidan qabo’l qilingan strategiyani baholash quyidagi 
bosqichlarni o’z ichiga olishi lozim: 
- mavjud strategiyani identifikatsiyalash; 
- o’rta korxonalar portfelini tahlil qilish uchun uning bir yoki bir necha 
matritsasini yasash; 
- xar bir o’rta korxonaning o’zoq muddatli jalb qiluvchanligini baholash va 
taqqoslash; 
- ularning qaysi biri tarmoqdagi sharoitlarga eng yaxshi mos kelishini aniqlash 
maqsadida kompaniyaning xar bir o’rta korxonasidagi raqobat kuchini baholash va 
taqqoslash; 
- o’rta korxonalarni ularning faoliyat tarixi (evolyutsiya bosqichlari) va 
istiqbollari bo’yicha saralash; 
- xar bir o’rta korxonani korporativ strategiyaga mos kelishi jixatidan baholash 
va ularning korporatsiya uchun nisbiy strategik axamiyatini aniqlash; 
- o’rta korxonalarni yangi investitsiya uchun imtiyozlari bo’yicha saralash, xar 
bir o’rta korxona uchun asosiy taraqqiyot va strategik yunalishlarni belgilash (agresiv 
rivojlanish, erishilgan yutuqlarni ximoyalash, «echintirish», «xosilni yig’ib olish», 
tugatish); 
- korporatsiyadagi umumiy diversifikatsiya holatini aniqlash (o’rta 
korxonalardagi savdo xajmlarining nisbati, korporatsiya bo’yicha, ulardagi joriy 
daromad bo’yicha); 
- diversifikatsiya bazasini kengaytirish yoki qisqartirishning korporatsiya uchun 
axamiyatini baholash; 
- bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’rta korxonalarning korxona portfelidagi 
nisbatini baholash; 
- korporatsiyaning milliy miqyosdagi va biznesni baynalmilallashtirishdagi 
rivojlanish tendentsiyalari; 
- asosiy o’rta korxonalar va biznesdagi mavjud pozitsiyalarni kuchaytirish 
bo’yicha sunggi hatti-harakatlarning natijalari; 
- portfelni yangi o’rta korxonalar bilan tuldirish bo’yicha hatti-harakatlar; 
- zaif va bush o’rta korxonalarni qisqartirish; 
88


- o’rta korxonalardagi investitsiyalarning nisbatini baholash; 
- strategik maqsadlarni amalga oshirish va raqobatli ustunliklarni ustirish 
bo’yicha korporatsiyani boshqarish samaradorligini baholash; 
Tahlil natijasida ushbu yunalishlar bo’yicha quyidagi savollarga javob topish 
lozim: 
- korxonaning portfelida kerakli o’rta korxonalar bormi? 
- portfelda daromadli o’rta korxonalar soni yetarlimi? 
- rivojlanayotgan va sunib borayotgan o’rta korxonalar o’rtasida muvozanat 
bormi? 
- «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va «suroq belgilari»ni moliyaviy ta’minlash 
uchun «daromad ishlab chiqaruvchi»lar yetarlimi? 
- kompaniyaning asosiy biznesi yetarlicha daromadli va istiqbollimi yoki u 
«sog’in sigir»mi? 
- korxonaga shuncha o’rta korxona xaqiqatdan ham kerakmi yoki ularni 
qisqartirish kerakmi? 
- korxonada korporatsiya miqyosida katta ulushga ega bo’lgan tarmoq 
peshqadami bormi yoki korxonao’rtacha-zaif pozitsiyalardagi ko’plab o’rta 
korxonalardan iboratmi? 
- korporatsiyaning umumiy pozitsiyasini yaxshilash uchun qaysi o’rta korxona 
faoliyatini tugatish kerak? 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin