G’alabadan so’ng Ben & Gerry kompaniyasi faoliyati muvaffaqiyatli rivojlandi. Distrib
ь
yutorlar
kanallari yanada kengaydi, firmaning mo’zqaymoqlari supermarketlar, baqqollar
do’konlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish tarmog’i, shuningdek,
kompaniyaning litsenziyaga ega yoki franchayzing do’konlari tarmog’i orqali sotila
boshlandi. 1992 yilga kelib kompaniyaning tovar aylanmasi 130 mln. dollarga yetdi va
u jahon bozoriga chiqishga tayyor edi.
Ben & Gerry nomi va sifat bilan bog’liq yuqori obro’ kompaniyaga bozorda
mavaffaqiyat keltirdi. Kompaniya asoschilari say’-harakati tufayli tashkiliy madaniyat
va kompaniya vazifalari belgilab olindi. Kompaniyaning biznesga yondashishini
belgilab beruvchi ikkita muhim hujjat ishlab chiqildi.
1988 yil kompaniya: “Biz o’zaro barqarorliknig yangi korporativ tamoyillarini
yaratib, hayotga tadbiq etmoqchimiz”,-deb elon qildi. Bu tamoyil kompaniyaning
asosiy maqsadlarini belgilab beruvchi Filantropiya to’g’risida (Phylantropy Statement)
va Dastur to’g’risida (Mission Statement) taqrizlarda qayd etilgan.
Filantropiya to’g’risida taqriz Ben & Gerry kompaniyasi o’zining 7,5 % daromadini (soliq solinishidan oldingi)
quyidagicha taqsimlaydi: kompaniya jamg’armasiga; Vermontdagi Community Action
Teams xodimlariga; ijtimoiy rivojlantirish bo’limi bolig’i t’sis etgan korporativ
grantlarga. Biz ijtimoiy o’zgarishlarga yo’naltirilgan loyihalarni; muammolarni hal
qilishda ijodiy yondashuvni namoyon qiluvchi loyihalarni qo’llab quvvatlaymiz.
Kompaniya jamg’armasini 8 kishidan iborat kengash boshqaradi. Kengash kam
ta’minlangan oilalardagi bolalarga tegishli, atrof muhit bilan bog’liq masalar bilan
shug’ullanadi.
Dastur Ben & Gerry kompaniyasi o’zaro barqarorlikning yangi korporativ tamoyillarini
ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etadi. Bizning vazifamiz uchta o’zaro bog’liq
maqsadga erishishdan iborat:
-
mahalliy sut mahsulotlaridan oliy sifatli mo’zqaymoy va ko’proq miqdorda
qo’imchalarga boy mahsulot ishlab chiqarish, tarqatish va sotish;
-
kompaniyani birinchi darajali vazifalarimizni bajarish maqsadida boshqarish:
daromadning o’sishi uchun mustahkam moliyaviy asos yaratish, aktsionerlarimizning
farovonligini oshirish, kompaniya xodimlari yuqori mansablarga erishishi va ularni
iqtisodiy rag’batlantirish uchun imkoniyatlar yaratish;
-
biznesning jamiyatdagi rolini hisobga olib, jamiyatning keng tabaqalarini
mahalliy va xalqaro miqiyosda hayot darajasini oshirgan holda kompaniyani
boshqarish.