Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147
strategik menejment

 
 
Savollar: 
1. Mo’zqaymoq alohida tovar turi sifatida qanday asosiy xususiyatlarga ega? 
2. Mo’zqaymoqning kutilayotgan afzalliklari nimada? 
3. Ben & Gerry kompaniyasi tovarlarining qo’shimcha xislatlari qanday? 
4. Eng qimmat mo’zqaymoq xayotiylik tsiklining qaysi bosqichida turibdi? 
118


Keys stadi 
«DJON XIGGINS» kompaniyasining kadrlar siyosati 
 
«Uiver-Yamazaki Farmas
ь
yutikal» (Weaver-Yamazaki Pharmaceutical) 
kompaniyasining vitse-prezidenti Leonard Preskott shuni sezdiki, uningo’rin bosari 
Djon Xiggins borgan sari o’zining amerikalik kompaniyasiga bo’lgan kizikishlarini 
kamaytirmokda, bunga sabab esa yaponiya madaniyatiga kattik extiros quyganidir. 
«Uiver Farmas
ь
yutikal» xalqaro ommabop operatsiyasini olib boruvchi eng katta 
farmatseftika firmalaridan biri xisoblanadi. Uning rakobatbardoshlik xususiyati ilmiy 
tadqiqot va qayta ishlovlarga bog’lik edi. Uning Yaponiyadagi faoliyatining uchinchi 
oylarning boshlarida «Yamazaki Farmas
ь
yutikal»dan boshlanib, u Yaponiyada asosiy 
dori-darmonlarni va kimyoviy elementlarni ishlab chiqaruvchi korxona xisoblanardi. 
Ikkinchi jaxon urushi butun savdoni sindirdi, lekin «Uiver» 1948yil Yaponiyaga o’z 
tovarlarini eksport qilishni tiklab, bozorni katta qismini egallab oldi. Yaqin kelajakda 
Yaponiyalik korxonalar bilan rakobatchilikka tayyorlangan xolda «Uiver» bir nechta 
tovarlarini maxalliy sharoitda ishlab chiqarishni boshlab yubordi. 1953 yilda firma 
«Yamazaki» bilan kelishuvlar olib borib, uning natijasida 1954 yil ikki taraflama 
boshqaruvni olib boruvchi shu’ba korxona tashkil etiladi. 
O’zaro ikki taraflama «onalik» kompaniyalarining xarakati tufayli shu’ba 
korxonasi yaqin orada sezilarli darajada katta assortimentdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqarishni boshladi, buning sababi Yaponiya bozorining doriga ommaviy istemol 
talabini kondirish edi. AKSHdan maxsus dorilarni import qilish chegaralangan edi. 
Kompaniyalar kelishgan xolda sezilarli darajada ilmiy tadkikot va tashvikot ishlarni 
olib borar va kerak bo’lmagan xarakatlarni oldini olishga urinar edi. SHu’ba 
korxonalari kupgina turli xildagi mahsulot ishlab chiqarishga muvoffaq bo’ldi, 
ularning bir qismi esa xattoki AKSH va boshqa mamlakatlarga eksport uchun 
chiqarildi. «Uiver» Yaponiyada faoliyat olib boruvchi eng yaxshi chet el firmalaridan 
biri deb xisoblandi. Yaponiyada turmush tarzi o’sib borayotgani tufayli 
kompaniyaning kelajakdagi o’rni axamiyatliligini etiborga oldi.
SHu’ba korxonani SHozo So’zuki boshqarib bordi, u xam «Yamazaki»da 
boshliqo’rinbosari va yana ko’pgina boshqa shu’ba korxonalarining prezidenti bo’la 
turib, o’zining «Uiver Yamazaki»dagi faoliyatini cheklab turardi, korxonaning 
kundalik faoliyati bilan esa Preskott shugullanar, unga esa Xiggins va boshqa bir 
nechta yaponiyalik direktorlar yordam berar edilar. Korxonaga bir qator amerikaliklar 
yuborilgan bo’lsada, ular asosan ilmiy tadkikot ishlari bilan shugullanar va korxonani 
boshqarishda xech qanday o’rin egallamas edilar.
«Uiver» kompaniyasi amerikalik ishchilarni o’rnini o’zgartirish va bir 
lavozimdan boshqa lavozimga o’tkazish siyosatini olib borar, xalqaro bo’limlariga 
ishchilarni doimiy bo’lmagan xizmat safariga yuborar edilar. Xar bir ishga yollash 
odatda 3 yildan 5 yilgacha davom etar edi. Kadrlar siyosati egiluvchanligi, 
yuborilayotgan ishchi kuchi chegaralanganligi tufayli ularni o’z xoxishiga ko’ra 
mamlakatda belgilanmagan muddatga qoldirish mumkin edi. Bir qancha chet elga 
yuborilgan ishchilar o’z lavozimlarida un yildan ziyod bo’lganlar. 
Preskott Yaponiyada olti yil ishlagan boshqaruvchini o’rnini o’zgartirdi. Preskott 
25 yil chet elda faoliyati davomida xalqaro munosabatlarda katta tajribaga ega edi. U 
Xindistonda, Fillipinda va Meksikada ish yuritgan bqlib, xattoki bir necha yil bosh 
idoraning xalkaro bo’limida xam ishlagan. U Yaponiyadagi faoliyatini kengaytirishga 
katta intiluvchanlik bilan yondashdi. Ikki yillik faoliyat mobaynida korxona erishgan 
119


yutuklaridan Preskott juda xam mamnun edi. Lekin uni Xigginsning sezilarli bo’lgan 
nomaqbo’l xulk-atvori va o’ylanuvchanligi bezovta qilardi. Xiggins Yaponiya 
madaniyatiga shu darajada singib ketgan ediki, xattoki u amerikacha boshqaruvni 
umuman yoddan chiqarib yuborganini Preskott xis qildi. U shunchalik «millatchi»ga 
o’xshab qolganligi tufayli (gonenative) o’zining boshqaruv metodini borgan sayin 
yuqotib borar edi. 
Xiggins AKSHning Garbida kichkinagina shaxarchada dunyoga kelib, 
maktabdan so’ng o’zining shtatidagi Universitetga o’qishga kirdi. O’qishining yarmida 
xarbiy xizmatga yullanma oldi. Kolledjda uning tilga qiziqishi ko’ringanligi tufayli, 
unga yapon tilini o’rgatuvchi xarbiy chet el bilim yurtida taxsil olishga ruxsat 
berishadi. 15 oydan sung uni tarjimon sifatida Tokioga yuboradilar. Yaponiyada 
yashab, u yapon tilini, adabiyotini va tarixini o’rganishni davom ettirdi. Uning
yapono’rtoklari ko’paydi, u yaponiyalik bir qizni sevib qoladi va unga kaytib kelishni 
va’da qiladi. Xarbiy xizmatni besh yil deganda o’tab, Xiggins kolledjga qaytib keladi. 
U chet tilini maqsad emas, vositasifatida qullashni istagani uchun, kolledjda o’qishni 
menedjment mutaxassisligi bo’yicha davom ettirdi. Bir yarim yildan so’ng kolledjni 
a’lo baholarga bitirib, «Uiver» kompaniyasida ish yuritishni boshladi. Bir yillik 
maxsus mutaxassislik kurslarida o’qiganidan so’ng, Preskott o’z lavozimiga kelishidan 
bir yil oldin Xigginsni Yaponiyaga ishga yuborishadi. 
Xiggins Yaponiyaga qaytib kelishidan mamnun edi, fakatgina bu yurtga bo’lgan 
muxabbatigagina emas, balki chet elda «jirkanch amerikalik» (uglyAmerican) 
tushunchasini bartaraf etish maqsadida xam. Tilni mukammal bilganligi va 
Yaponiyaga o’zgacha mexr bilan yondashganligi uchun u yapon axolisiga mansub turli 
odamlar bilan suxbatlasha olar edi. Amerikalik menedjerlar yaponiyaliklarga 
o’zlarining to’zumlarini, ideallarini va fikrlash qobiliyatini gapirib berishni va 
AKSHdan kelganlarning xammasi to’g’riso’z va kelishuvchan deb o’rgatishlarini 
bildi. U bu xolatdan taajubda edi va buni o’zgartirishga xarakat qildi.
Preskott davridagidek yaponiyalik istemolchilarga bog’liq muammolarni xal 
etish, ishbilarmon majlislarda qatnashish, davlat organlari bilan bog’liq shaxslar bilan 
aloqada bo’lish, marketing tadkikotlarini olib borish va kundalik muammolar bilan 
shugullanish Xiggensga berildi. Ikkala boshliqxam kiyin va chalkashib ketgan 
kunlarda uning maslaxatlariga quloq solar va uni malakali xamkasb deb xisoblashar 
edilar. 
Preskott fikran Xiggensning yapon madaniyatiga bog’liq bir necha «kuchli 
xayajonli aloqa»larini sanab chikdi. Bir yil mukaddam Xiggens AKSHda taxsil olgan 
va maqtovga sazovor Yapon Universitetini bitirgan yaponlik qizga uylandi. SHu vaqt 
u Yaponiyada ma’lum muddatga qolishni kechiktirishni suragan edi. Aynan shunda 
Preskott Xigginsning xulk-atvori o’zgarganini sezdi. Xiggins yapon rayoniga kuchib 
bordi, uyda kimonoda yurar, ommaviy xammomlarga borar, tuy-marosimlarga, 
qo’shnilarning ziyofatiga, xattoki buddizmga taallukli motamlariga xam takliflarni 
qabo’l qilar edi. «Uiver» kompaniyasio’zining ishchilariga xar ikki yilda uyga ikki 
oylik oilaviy ta’til berar edi, bunda yo’l xarajatlari kompaniyaning o’z zimasida 
bo’lishiga qaramasdan Xiggins bu takliflarni rad etar, undan ko’ra Yaponiyaning chet 
qishloqlarini rafiqasi bilan ziyorat etishni xush ko’rar edi. 
Xiggins ishida xuddi yaponiyaliklardek tashkilotchi xususiyatiga ega edi. U kup 
vaqtini qo’l ostidagi ishchilarning shaxsiy xayotiga bogliq bo’lgan masalalarni xal 
qilish bilan o’tkazar, tashkilotdagi ko’pchilik bilan qalin aloqada bo’lar, xatto ayrim 
yosh mutaxassislarining to’y marosimlarini o’tkazib berar edi. Xiggins orqali ko’pgina 
120


mutaxassislar o’zlarining da’vo va arizalarini boshqaruvchiga yetkazishga xarakat 
qilar edilar. Qo’shimcha xizmatlarga imtiyozlarni ko’paytirish, ya’ni dam olish 
zonalariga yullanmalar shular jumlasidandir. Ko’pgina ishchilar Preskott qabo’l qilgan 
yangi siyosatga arz qilar edilar, bu siyosat yoshi kattaligiga asoslangan lavozim 
o’zgarishi printsipidan, boshqaruvchilar tomonidan ko’l ostidagilarni baholash asosida 
lavozim o’zgarishi printsipiga o’tishni bildiradi.Firma ishchilari Xigginsga shu 
masalaga oydinlik kiritishni so’radilar va u shunday qildi xam. Preskottga saviyasi 
o’rta darajadagi boshqaruvchilarning fikrini bilish qiziq bo’lsa xam, Xiggins bilan 
ziddiyatga borish unga yoqmas edi. Bu siyosatni qo’llashda Xigginsning fikrini bilish 
Preskottni ikqilantirar edi, chunki u bu narsa yapon turmush tarziga to’g’ri 
kelmasligini bilar edi. Preskott Yaponiya urf-odat va madaniyatida katta o’zgarishlar 
ro’y beryapti deb xisoblar va Xiggens o’ylaganidek bu darajada qattiq 
ta’qiqlanmaganligiga ishonar edi. Bu yangi g’oyalarni qo’llab ko’rish ko’pgina yapon 
ishchilariga, Xiggens tarafdorlaridan tashkari, manzur keldi. Bundan tashkari 
rivojlanayotgan amerika kompaniyasiga maxalliy udumlardan kuchirmakashlik qilish 
umuman tugri kelmaydi, deb xisoblardi Preskott. U korxonaning Yaponiya xalkiga 
ko’shgan xissasi yangi fikr va g’oyalarni singdirishi deb o’ylardi. Yaqindagina bo’lib 
o’tgan kelishmovchiliklar Preskottning Xigginsga nisbatan bo’lgan ishonchini xavf 
ostiga ko’ydi, ilgari Preskott bu xakda o’ylab xam ko’rmagan edi. Masalan, Preskott 
fikricha bitta boshqaruvchini lavozimidan chetlashtirish kerak, chunki unda tashkiliy 
va boshqaruvchilik xususiyati yetarli darajada emas edi. Boshqaruvchilar xamda 
Preskott tomonidan qilingan ikki yillik ogoxlantirishga qaramasdan, bu boshqaruvchi 
o’zining imkoniyatlarini ishga solmadi. Xiggins va kadrlar bo’limi boshlig’i esa bunga 
qarshilik ko’rsatdilar, ular ta’kidlashicha kompaniya xech qachon bu siyosatni 
qo’llamagan ekan. Ular bu ishchi juda yaxshi va rostguy mutaxassis deb ta’kidlar va 
oxirgi o’n yil ichida uning layoqatsiz va beparvoligiga korxonaning o’zi aybdor deb 
aytishardi. 
Preskott ishdan bo’shashining bir necha xaftasidan so’ng Xiggins «Yamazaki 
Farmas
ь
yutikal»ga lavozimidan chetlashtirilgan ishchini qayta ishga oladi. Xigginsdan 
nima sababdan bunday qilganini surashganida, u «mening o’rnimda xar kanday 
boshqaruvchi shunday qilar edi», deb javob berdi. Preskott bu ziddiyatlar global 
muammolarga olib keladi, dab xisoblardi. Xiggins esa juda ishbilarmon, tilni va 
odamlarni bilishga intiluvchi boshqaruvchi edi. Bu esa eng bebaho fazilatlardandir. 
Ko’p xollarda amerikalik firmalar Preskottga uning Xigginsday urinbosari 
borligiga ochik-oydin gapirar edilar. Xiggins bir nechta boshqa firmalardan kizikarli 
takliflar olganini xam Preskott bilar edi. Preskott fikricha, Xiggins agar Yaponiyadan 
ozgina o’zoqlashsa, undan xam yaxshi mutaxassis bo’lishi mumkin edi. Preskottning 
fikricha, amerikacha yondashuvga ishonchini yo’qotmagan boshqaruvchi eng yaxshi 
xalkaro tashkilotchi bo’la oladi, chunki u bir paytning o’zida boshqa mamlakatlarning 
yondashuvlariga xam tayangan xolda ish olib boradi. Bunda fikrlash va oldindan ko’ra 
bilish kobiliyati juda chukur bo’lishi kerak, lekin ishchining yuborilgan davlatga 
extirosi chuqur va nafrati xam bo’lishi kerak emas, shundagina u xar bir vaziyatga 
to’g’ri baho bera oladi. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin