Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147
strategik menejment

 
3.7. Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish 
 
Bunday umumlashtirish 3.3-jadval yordamida amalga oshiriladi. 
SHuni ham qayd qilib o’tish lozimki, tahlil o’ylab o’tirmay qo’llayveradigan 
algoritm emas. Dastlabki ma’lumotlardan foydalanish ham, natijalarni talqin qilish 
ham ijodiy yondashuvni talab qiladi. Bunday tahlil bir martali jarayon bo’lmay, real 
o’zgarishlarni hamda uni qo’llash amaliyotining natijalarini xisobga olgan xolda 
davriy takrorlab turishni talab qiladi. 
 
3.8.Tajovuzkor kompaniyalarni aniqlash. Raqiblarning maqsadlari va 
strategiyalarini turkumlash 
Porterning uchinchi kuchi xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng 
yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli narxlarga bosim ko’rsatish 
xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning o’sishiga va 
daromadning ortishiga yul qo’yadilar. 
Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchlidirlar
23

- yetkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo’lib, 
xaridorlar kam bo’lganda; 
- xaridorlar tovarlarni katta miqdorda sotib olganda; 
- tarmoq o’z faoliyat turidan kelib chiqqan xolda xaridorlarga kuchli darajada 
bog’liq bo’lganda;
- xaridorlar bir necha yetkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past narx taklif 
qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu ushbu tarmoqda narx 
raqobatini kuchaytiradi); 
- xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar sotish olishni iqtisodiy jixatdan 
yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bo’lganda va xokazo; 
Turtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim ko’rsatishidir. Bu bosim 
natijasida yetkazib beruvchilar narxlarni ko’tarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni 
yetkazib berilayotgan mahsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni 
pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga 
bo’lgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. 
Quyidagi xollarda yetkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan bosim ayniqsa 
kuchli bo’ladi: 
- yetkazib berilayotgan mahsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lib, u 
kompaniyaning ishonchli mahsuloti bo’lganda; 
- tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi rorxonalar uchun muxim bo’lmaganda; 
- yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati yuqoriligi tufayli 
kompaniyalarning boshqa mahsulotga o’tishi qimmatga tushganda; 
23
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.128 
51


- yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan 
foydalanganda; 
- sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan 
foydalana olmaganda. 
Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo 
bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini tuliq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi 
jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab 
qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam 
bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. 
Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim. 
Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra quyidagilarga bo’lanadi: 
1. SHavqatsiz raqobat 
2. Intensiv raqobat 
3. Meyordagi raqobat 
4. Jalb qiluvchi zaif raqobat 
Bozorga yangi kirib kelgan orxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday
Korxonalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi.

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin