6. Portfeldagi ko’pgina yunalishlar borgan sari jozibasizroq bo’lib boradi va
ularni jiddiy ravishda qayta ko’rib chiqish talab etiladi.
7.9. Ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi Diversifikatsiyalashning ko’pmillatli strategiyasini farqlantirib turuvchi belgisi
portfelda korxonalar sonining va qamrab olingan milliy bozorlar sonining ko’pligi
xisoblanadi. Bunday xollarda korporatsiya raxbariyati xar bir tarmoqqa bo’lmaganda
bittadan turli strategik yondoshuvlarni rivojlantirib va qo’llab borishi kerak.
Menejerlar turli tarmoqlarga tegishli va turli mamlakatlarda joylashgan korxonalarning
strategik tadbirlarini muvofiqlashtirish uchun muvaffaqiyatli yechimlar topishni
bilishlari lozim. Strategik muvofiqlashtirishning maqsadi faoliyatining xar bir sohasida
va xar bir milliy bozorda barqaror raqobat ustunligini ta’minlash uchun resurslar va
muvofiqlashtirish imkoniyatlaridan to’lik foydalanish xisoblanadi.
60-yillarning boshlanishida TMK turli mamlakatlarda butunlay mustaqil bo’lgan
kichik korxonalar qatori sifatida mavjud bo’lgan. Ularning xar biridan o’z milliy
qonunchiliklarining o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq kelish talab etilgan.
70-yillardan boshlab ko’pmillatli strategiya o’z samarasini yuqota boshladi.
80-yillardan boshlab raqobat ustunligining boshqa manba’i vujudga kela
boshladi: bir yo’la bir nechta tarmoqlarda kuchli raqobat pozitsiyalarini egallash uchun
bog’liq tarmoqlarni diversifikatsiyalashning strategik manfaatlaridan foydalanish.
Nazorat uchun savollar 1. Kompaniyaning amaldagi strategiyasini baholash uchun qanday savollar
qo’yiladi?
2. Matritsa usulining mohiyati.
3. Indikativ usulning mohiyati nimada?
4. Tarmoqlarning jozibadorligi qanday taqqoslanadi?
5. Strategik moslik qanday aniqlanadi?
6. Diversifikatsiyalashning ko’pmillatli strategiyasini farqlantirib turuvchi belgisi
qanday?
7. Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasini ko’pmillatli
diversifikatsiyalash strategiyasidan qanday jihatlari bilan farqlanadi?