8-MAVZU. DIVERSIFIKATSIYALANGAN
KOMPANIYALARNING STRATEGIK TAHLILI
8.1.Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash
8.2. Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash
8.3. O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi
8.4. Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash
8.5. Korporativ strategiyani ishlab chiqish
8.6.Bozorga kirish va chiqish strategiyasi
Tayanch iboralar: diversifikatsiyalangan kompaniya, matritsali tahlil,
korporativ strategiya, bozorga kirish va chiqish strategiyasi, BKG matritsasi,
Mak Kinsey matritsasi, strategik muvofiqlik, o’sish / o’lush matritsasi,
tarmoqning jozibaliligi / raqobatdagi ahvoli» matritsasi, tarmoqning xayotiy
tsikli matritsasi
8.1.Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash
Diversifikatsiyalangan kompaniyaning strategik tahlili
tashkilotning mavjud
strategiyasini va uning ishbop faolligini baholashdan boshlanadi. Divertsiyalangan
kompaniyaning korporativ strategiyasi istiqbollari to’grisida quyidagi ma’lumotlar
asosida xulosa chiqarish mumkin:
Korxonaning diversifikatsiyalanganlik darajasi qanday?
Korxona portfeli boglangan yoki boglanmagan diversifikatsiyalash asosida
shakllantirilganmi yoki bu ikki turni uyg’unlashtirish asosidami?
Kompaniya operatsiyalarni asosan mamlakat ichida olib boradimi yoki ular
ko’pmillatli yoki global xarakterga egami?
Asosiy xo’jalik birliklarini rivojlantirish
yoki mavjud pozitsiyalarni
kuchaytirishga qaratilgan choralar qanday xarakterga ega?
Portfelni kengaytirishga va yangi tarmoqlarni egallashga doir qadamlar
quyilmoqdami?
Zararga ishlayotgan yoki jozibasiz xo’jalik birliklaridan qutulish uchun
xarakatlar qilinmoqdami?
Korporativ boshqaruv strategik o’zaro bog’liklardan manfaat olishga qaratilgan
qanday xarakatlarni amalga oshirmoqda va raqobat ustunligini
vujudga keltirish uchun
diversifikatsiyalashdan qanday foydalanilmoqda?
Xar bir xo’jalik birliklariga qo’yilgan kapital mablag’lar qanday nisbatga ega?
Joriy korporativ strategiyani belgilash uni ob’ektiv tahlil qilish va keyinchalik
unga aniqliklar kiritish, xamda raxbariyat fikriga makbul bo’lgan o’zgartirishlar
kiritish uchun asos yaratadi.
Dostları ilə paylaş: