Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   147
strategik menejment

 
 
 
 
 
81


8-MAVZU. DIVERSIFIKATSIYALANGAN 
KOMPANIYALARNING STRATEGIK TAHLILI 
 
8.1.Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash 
8.2. Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash 
8.3. O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi 
8.4. Diversifikatsiyalangan korxonaning strategiyasini aniqlash 
8.5. Korporativ strategiyani ishlab chiqish 
8.6.Bozorga kirish va chiqish strategiyasi 
 
Tayanch iboralar: diversifikatsiyalangan kompaniya, matritsali tahlil, 
korporativ strategiya, bozorga kirish va chiqish strategiyasi, BKG matritsasi, 
Mak Kinsey matritsasi, strategik muvofiqlik, o’sish / o’lush matritsasi, 
tarmoqning jozibaliligi / raqobatdagi ahvoli» matritsasi, tarmoqning xayotiy 
tsikli matritsasi 
 
8.1.Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash 
 
Diversifikatsiyalangan kompaniyaning strategik tahlili tashkilotning mavjud 
strategiyasini va uning ishbop faolligini baholashdan boshlanadi. Divertsiyalangan 
kompaniyaning korporativ strategiyasi istiqbollari to’grisida quyidagi ma’lumotlar 
asosida xulosa chiqarish mumkin: 
Korxonaning diversifikatsiyalanganlik darajasi qanday? 
Korxona portfeli boglangan yoki boglanmagan diversifikatsiyalash asosida 
shakllantirilganmi yoki bu ikki turni uyg’unlashtirish asosidami? 
Kompaniya operatsiyalarni asosan mamlakat ichida olib boradimi yoki ular 
ko’pmillatli yoki global xarakterga egami? 
Asosiy xo’jalik birliklarini rivojlantirish yoki mavjud pozitsiyalarni 
kuchaytirishga qaratilgan choralar qanday xarakterga ega? 
Portfelni kengaytirishga va yangi tarmoqlarni egallashga doir qadamlar 
quyilmoqdami? 
Zararga ishlayotgan yoki jozibasiz xo’jalik birliklaridan qutulish uchun 
xarakatlar qilinmoqdami? 
Korporativ boshqaruv strategik o’zaro bog’liklardan manfaat olishga qaratilgan 
qanday xarakatlarni amalga oshirmoqda va raqobat ustunligini vujudga keltirish uchun 
diversifikatsiyalashdan qanday foydalanilmoqda? 
Xar bir xo’jalik birliklariga qo’yilgan kapital mablag’lar qanday nisbatga ega? 
Joriy korporativ strategiyani belgilash uni ob’ektiv tahlil qilish va keyinchalik 
unga aniqliklar kiritish, xamda raxbariyat fikriga makbul bo’lgan o’zgartirishlar 
kiritish uchun asos yaratadi. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin