Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   147
strategik menejment

7.5. Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi 
Diversifikatsiyalash variantlarini izlash jarayonida kompaniya turdosh 
tarmoqlarni tanlashi mumkin. Bunday paytda tarmoqqa diversifikatsiyalash strategik 
muvofiqlikdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Strategik muvofiqlik turli korxonalar 
o’xshash ishlab chiqarishga ega bo’lgan taqdirda mavjud bo’ladi. Bu esa quyidagilar 
uchun imkoniyat yaratadi: 
a) maxorat va tajribani bir korxonadan boshqa korxonaga o’tkazish; 
b) ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish maqsadida turlicha bo’lgan ishlab 
chiqarishni yagona tizimga birlashtirish. 
Strategik muvofiqlikka asoslangan aloqalar ishlab chiqarish sohasida, personal 
maxoratiga bo’lgan talablarda, materail resurslar va ta’minotchilarning manbalarining 
yagonaligida, detallar va komponentlarni birgalikda ishlab chiqarish uchun 
saloxiyatda, o’xshash ishlab chiqarish usullari va boshqaruv nou-xaularida, marketing 
va mahsulot sotishda bir xil yondoshuvlarni qo’llashda, bir xil ulgurji xaridorlar va 
chakana dilerlarda, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish saloxiyatida, shuningdek 
umumiy savdo markasidan foydalanishdan olingan sinergitik samarada namoyon 
bo’ladi. 
Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash xaqiqatda jozibali ko’rinadi. U mavjud 
ishbop faollik darajasini saqlab qolish, maxorat va tajribani o’rgatish xisobiga raqobat 
78


ustunligidan foydalanish, shuningdek investitsiyalash xavfini turdosh tarmoqlardagi 
korxonalar bilan bo’lishish imkoniyatini beradi. 
Qachonki ikkita korxonaga raxbarlik qilish, ularning aloxida faoliyat 
ko’rsatishiga nisbatan arzonga tushsa, shundagina turdosh diversifikatsiyalashda 
faoliyat miqyoslaridagi tejamkorlik mavjud bo’ladi. 
Turdosh tarmoqlar o’rtasidagi strategik muvofiqlik quyidagilar xisobiga raqobat 
ustunligi uchun saloxiyatni vujudga keltiradi: 
a) ancha past ishlab chiqarish xarajatlari. 
b) bir tarmoqdan ikkinchisiga asosiy malaka va tajriba, texnologik xususiyatlar, 
boshqaruv nau-xaularini samarali o’zatish. 
v) umumiy tovar markasidan foydalanish imkoniyatlari. 
Biznesning yaqin sohalaridagi strategik muvofiklik xisobiga erishilgan raqobat 
ustunligi individual ishlab chiqarishga qaraganda qushimcha saloxiyat beradi. 
Raqobat ustunligining qushimcha manbasi aktsiyalar daromadliligi bo’yicha 
2+2=5 samarasini olish imkonini beradi. 
Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalashning eng tarqalgan yo’llari quyidagilar: 
Sotish imkoniyatlari va reklama faoliyatidan birgalikda foydalanishi mumkin 
bo’lgan tarmoqlarga kirish. 
Turdosh texnologiyalardan foydalanish. 
Nou-xau va tajribalarni bir faoliyat turidan boshqa faoliyat turlariga o’tkazish. 
Yangi mahsulotga korxonaning nomi va istemolchilarning ishonchini o’tkazish. 
Faoliyatning asosiy turini quvvatlash uchun yangi tarmoqlarda xarid qilish. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin