7.2.-rasm. Koordinatsiyaga sarflanadigan solishtirma xarajatlarning diversifikatsiya darajasiga
bog’liqligi
Bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalashda o’rta korxonalar o’rtasida
koordinatsiya talab qilinmaydi. Demak, kompaniya portfelidagi o’rta korxonalar soni
ko’paygan sari boshqaruv xarajatlari ham ko’payadi. Bunga aksincha, bog’liq
diversifikatsiyalashdagi kompaniyalarning xarajatlari o’rta korxonalar soniga va ular
o’rtasidagi kerakli koordinatsiya darajasiga qarab ortib boraveradi. Ushbu ko’paygan
xarajatlar bog’liq diversifikatsiyalashda katta daromadlarni ham yuqqa chiqarishi
mumkin (8.1-jadval).
SHunday qilib, bog’liq va bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalashning qaysi
birini tanlash daromadlarni va boshqaruvga sarflanadigan qo’shimcha xarajatlarni
solishtirish yuli bilan aniqlanadi.
Kompaniya maxoratidan keng foydalanilsa, shuningdek, boshqaruv xarajatlari
ham resurslarni taqsimlashda kerak bo’lgan qiymatlardan oshmasa, korxona butun
etiborni bog’liq diversifikatsiyalashga qaratishi kerak. Xuddi shuningdek, agar asosiy
o’rta korxonalar o’rta ixtisoslashgan bo’lib, boshqa joyda qo’llanilmasa, boshqaruv
xarajatlari ichki bozor strategiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan
qiymatlardan ortiq bo’lmasa, kompaniya bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalashga
kontsentratsiyalanishi kerak.
7.1-jadval
Bog’liq va bog’liq bo’lmagan diversifikatsiyalashni taqqoslash
Diversifikatsiyalash
strategiyasi
Amalga oshirish yullari
Boshqaruv xarajatlarining
manbalari
Bog’liq
Ichki kapital bozori. Qayta
tarkiblashtirish
Resurslarni taqsimlash
O’rta korxonalar soni
O’rta korxonalar o’rtasidagi
koordinatsiya
Bog’liq emas
Ichki kapital bozori
Qayta tarkiblashtirish
Diversifikatsiyalashning aksi bo’lgan strategiya ikki yoki undan ko’p
kompaniyalarni biznesning yangi imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog’liq (masalan,
ITTKI) qiymat, tavakkalchilik va daromadlar sohasidagi strategik alyansni tashkil
qilishidir.
Dostları ilə paylaş: