7.3.-rasm. Texnologik zanjirning bosqichlari va vertikal integratsiya yo’nalishlari
Integratsiya to’liq va tor bo’lishi mumkin. Tuliq integratsiyada barcha kirish
yoki chiqishlar birlashadi. Tor integratsiyaga kompaniyaning kirish elementlarining bir
qismini sotib olishi va qolganlarini o’z kuchlari bilan ishlab chiqarishi misol bo’la
oladi.
Vertikal integratsiyadan foydalanadigan kompaniya odatda o’zining asosiy
dastlabki biznesiga xos raqobatli pozitsiyani kuchaytirish istagi bilan izoxlanadi.
Bunga quyidagilar sabab bo’ladi:
- xarajatlardan tejash;
- integratsiyalanayotgan ishlab chiqarishlarda bozor qiymatidan chetlanish;
- sifat nazoratini yaxshilash;
- o’z texnologiyasini ximoyalash.
Ammo vertikal integratsiyaning salbiy tomonlari xam bor. Ularning ichida eng
muximi quyidagilardir:
- ortiqcha xarajatlar;
- texnologiyalar tez almashgandagi yuqotishlar;
- talabning mavxum bo’lgandagi yuqotishlar.
Agar kompaniyaning tashqi arzon ta’minot manbalari mavjud bo’lib, o’z ishlab
chiqarishidan foydalansa, vertikal integratsiya xarajatlarni ko’paytirib yuborishi
mumkin. Bu kompaniya ichida raqobatning yuqligi sababli xam yo’z berishi mumkin
bo’lib, bu uning shu’ba korxonalarini (etkazib beruvchilarni) ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirishga undamaydi.
Texnologiya keskin o’zgarganda kompaniyaning eskirgan texnologiyaga
bog’lanib qolish xavfi vujudga keladi.
Talab doimiy bo’lganda yuqoriroq integratsiya darajasi mahsulot ishlab
chiqarishni ishonchliroq ximoyalash va muvofiqlashtirishga imkon beradi. Talab
beqaror va mavxum bo’lganda vertikal integratsiyada bunday muvofiqlashtirish qiyin
bo’ladi. Bu boshqaruv qiymatining o’sishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda
tor integratsiya to’la integratsiyaga qaraganda xavfsizroq bo’lib chiqishi mumkin.
SHuni xam qayd qilib o’tish lozimki, tor integratsiya to’la integratsiyaga
qaraganda xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bu esa ma’lum sharoitlarda
kompaniyaga vertikal integratsiyani kengaytirishga imkon beradi.
Ammo, umuman olganda, tor integratsiya boshqaruv xarajatlarini kamaytirishi
mumkin bo’lsa-da, u xarajatlarni batamom bartaraf qila olmaydi.
Kompaniya bunga teskari strategiya sifatida yetkazib beruvchilar yoki
istemolchilar bilan o’zoq muddatli kontraktlardan foydalanishi mumkin. Bunday
aloqalar kredit majburiyatlardan yoki ishlab chiqarishni rivojlantrishga garov
investitsiyalardan foydalanishda ayniqsa katta samara beradi.
Bu boshqaruv xarajatlarini oshirmay turib, vertikal integratsiya samarasiga
erishishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: