Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi



Yüklə 41,16 Kb.
səhifə1/5
tarix08.04.2023
ölçüsü41,16 Kb.
#94972
növüReferat
  1   2   3   4   5
statistika 3mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
“IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
STATISTIKA’’ fanidan
REFERATI
MAVZU: TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI

Bajardi: N. Mamirov


Qabul qildi: R.Xudoyarov
Jizzax– 2023 yil
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI
REJA:
I.Kirish
II. Asosiy qism
1.Tashqi iqtisodiy aloqalar to’g’risida tushuncha
2.Tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
3. Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Tashqi iqtisodiy aloqalar to’g’risida tushuncha
Bozor iqtisodiyoti, xususan, makroiqtisodiyot ochiq iqtisodiyotdir. U mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni talab qiladi. Bunday iqtisodiy aloqalar bo’lish zaruriyatini esa xalqaro mehnat taqsimoti belgilaydi. Chunki xalqaro mehnat taqsimoti iqtisodiy naflik qoidasidan kelib chiqadi. Qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish qulay bo’lsa, shu mahsulot boshqa mamlakatlarga etkazilib beriladi. Nimani mamlakat ichida ishlab chiqarish o’rniga uni tashqaridan keltirish arzonga tushsa, shu tovar import qilinadi.
Shunga binoan ayrim mamlakatlar ma’lum turdagi tovarlarni, butlovchi qismlar va detallarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni boshqalarga etkazib berib, jahon bozori dan o’ziga kerakli tovar va xom ashyoni oladi. Bunday ixtisoslashuv mamlakatlarning tabiiy sharoiti, ishlab chiqarish tajribasi va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.
Qaysi bir mamlakatda qaysi tovarlarni sifatli va kam xarajat bilan yaratish uchun imkon bo’lsa, shu soha rivoj topadi. Bunday rivojlanish mazkur mamlakatning resurslariga ham bog’liq. Masalan, Quvayt uchun neftni, Yaponiya uchun kompyutr va mashinalarni, AQSh uchun samolyotlarni, Hindiston va Pokiston uchun choyni, O’zbekiston uchun paxtani eksport qilish qulay ekan, ular shuni afzal ko’rishadi.
Shunday qilib, tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi:

  • xalqaro savdo-sotiq;

  • ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

  • kapital migratsiyasi;

  • ishchi kuchi migratsiyasi;

  • o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar.

Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi. Jahon bozori-xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir- birlariga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlaridir.
Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va hududiy tuzilishidagi o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi kamaymoqda. Ilm talab sohalarining mahsulotlari va xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda. Birgina «Nou-xau» savdosining xalqaro savdo oborotidagi salmog’i 10 foizga yaqinlashdi.
Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi eksportida AQSh hissasining pasayishi va aksincha, Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar hamda ayrim rivojlanayotgan davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda.
O’zbekistonning tashqi savdo oboroti 2003 yilda 6,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2002 yilga nisbatan 17,3 %ga ko’paydi.
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi.
Pul jamg’armalarining investitsiyalarga aylanishi kapitalning xalqaro miqyosdagi migratsiyasini anglatadi. Bu migratsiya quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:

  • pul mablaglari, maqsadli bank omonotlari, paylar, aktsiyalar, sugurta guvohnomalari va boshqa qimmatli qogozlar;

  • harakatlanuvchi asosiy kapitallar, shu jumladan texnologiyalar;

  • mualliflik huquqlari va boshqa intellektual boyliklar.

Xalqaro miqyosda kapital ortidan ish kuchi ham harakatga keladi. Ish kuchining dunyo uzra ko’chib yurishi ish kuchining xalqaro migratsiyasi deyiladi. Migratsiya oqimi ish kuchi ortiqcha bo’lgan mamlakatlardan unga talab bor mamlakatlar tomon yo’nalgan bo’ladi. U kishilarni bir mamlakatdan boshqasiga ishlab kelish uchun yoki tamomila o’sha erda qolish uchun ko’chib borishni bildiradi. Migratsiya muntazam tus olib, jahon ish kuchi bozorini shakllantirgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi.

  • xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

  • xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar;

  • xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar;

  • xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

  • o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar.

far bir guruh ko’rsatkichlari mutlaq va nisbiy miqdorlarda hisoblaniladi. Bunda qiyosiy yondashish va uning shartlariga qat’iy rioya qilish o’ta zarurdir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotiq etakchi o’rin tutadi va bu jahon bozorida quyidagi ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi
Bu ko’rsatkichlar yordamida tashqi savdo dinamikasi, eksport va import tovarlariga bo’lgan bahoning o’zgarishi, tovarlar tarkibidagi siljishlar, tovaroborotning hududiy taqsimoti, tashqi savdo tashkilotlari faoliyatining samaradorligi, ularning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida xalqaro savdo-sotiqning ahamiyati kabi muhim jihatlar o’rganiladi.
Eksport (ing. export, lot. exportare - chetga chiqarish) deganda tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Ya’ni:

  • tovar eksporti - moddiy ne’matlarni chetga chiqarish;

  • xizmatlar eksporti - bu xorijdagi sheriklarga ishlab chiqarish yoki iste’molga oid to’lovli xizmat ko’rsatish;

  • kapital eksporti - bu mamlakat tashqarisida kapital qo’yish (korxona va ob’ektlar qurish va ishga tushirish) va boshqalar.

Eksport kvota deganda muayyan tovar (xizmat, kapital)ni eksportga belgilangan hajm (hissa)da ishlab chiqarish va etkazib berish tushuniladi. Bu kvota
eng avvalo eksportning (E) yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbati bilan belgilanadi. Ushbu koeffitsient (KE) qancha yuqori bo’lsa, shu qadar davlat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga yuqori darajada jalb etilgan bo’ladi.
Masalan, AQShning eksport kvotasi 10-15 foizga, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliyaniki 25-30, Yaponiyaniki 18 foizga yaqin, Belgiya, Vengriya, Singapurniki 11-13 foizga teng. O’zbekistoning YaIMda eksportning ulushi keyingi yillarda 10-12 foiz atrofida, sobiq ittifoqda u 10 foizga teng edi.
Biroq bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini to’liq aks ettirmaydi. Shu sababli uni ifodalovchi yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi (KRE) bo’lib, eksportning mamlakat sof mahsulotiga nisbati bilan o’lchanadi.
Rivojlangan mamlakatlar uchun u taxminan 40-50 foiziga teng. Bu esa ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi.
Import (lot. importo - olib kelish) - deganda ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar, texnologiya, kapital kiritish va xizmatlar keltirish tushuniladi. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rniga bog’liq.
Import kvota - bu har yili mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan xorijiy mahsulot hajmini miqdor jihatdan cheklab qo’yishdir. Davlat mamlakatga mahsulot keltirishga ijozat beruvchi litsenziyani cheklangan miqdorda beradi va litsenziyasiz importni taqiqlaydi.
Litsenziyali import hajmi ichki bozordagi talabdan kam bo’lsa, kvota faqat import hajmini kamaytirib qolmaydi, shu bilan birga ichki bozordagi narxlarning litsenziya egalari xorijda tovar sotib olgan jahon bozoridagi narxlardan oshib ketishiga olib boradi. Shu jihatdan qaraganda import kvotalari tarif cheklashlariga o’xshashdir.
Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash:

  • to’lov balanslarini muvofiqlashtirish;

  • ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish;

  • xalqaro muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi.

O’zbekistonda kvotalash xalq ite’mol mollarini va strategik xom ashyoning
muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda.
Import kvota mahsulotlarning ta’rif stavkasini oshirishga qaraganda jozibaliroqdir, chunki ta’rif stavkani ko’tarish faqat xalqaro savdo bitimlarini tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlatning o’zi buni bajarish uchun har doim vakoltga ega emas. Kvota malakat ichki bozoridagi muayyan tarmoq mahsulotiga bo’lgan raqobatni susaytiradi.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarini emas, balki ishchi kuchi oqimlarini ham tartibga solishda qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. Bu jarayonni baholash import kvotaning darajasi (KI) va indeksini (Ji) hisoblash yordamida amalga oshiriladi.
Tashqi savdo oboroti (TSO) eksport (E) va import (I) yig’indisidan tashkil topadi:
Uning hajmi oldi-sotdi bo’ladigan tovarlar va xizmatlarning umumiy miqdori va ularning

Yüklə 41,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin