Tashqi savdo oboroti elastikligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
№
Ko’rsatkichlar
Hisoblash tartibi
Izoh
1.
Eksport elastikligi(EE)
0АЭ.АЯИМ Ээ — • ЭЭ ЯИМ
АЕ - eksporto’simi Е - eksporthajmi А YaIM - yalpiichkimahsuloto’simi
2.
Eksportning ilgarilash koeffitsienti (KE)
КЭ— JЭ : JЯИМ
Je - eksport indeksi Jyaim - YaIM indeksi
3.
Import elastikligi(EI)
Э АИ:АЯИМ И—И ' ЯИМ
А1 - import o’simi I - import hajmi
4.
Importning ilgarilash koeffitsienti (KI)
КИ— JИ : JЯИМ
Ji - import indeksi
5.
Koordinatsiya indeksi (Jk)
JК— JЭ : JИ К нм— Э : И
Knm - koordinatsiya nisbiy miqdori
Ee>1 vaJE >JYaIMbo’lishimazkurmamlakatdatovarlareksportiningularniishlabchiqarishganisbatantezroqo’sganligidandalolatberadi. Bualbattaijobiyhol. EI>1 vaJI>JYaIMbo’lishiniesahardoimhamma’quldebbo’lmaydi. Chunkimamlakato’zehtiyojiniqondirishuchuno’zidaishlabchiqarishdanko’ratovarlarnichetdanolibkelishigaharakatqilganbo’ladi. Mamlakat tashqi savdo oboroti balansining ijobiy bo’lishi uchun:
E>I
Jk=Je>Ji ya’ni Jk>1
bo’lishi kerak. Mamlakatning jahon bozoridagi ishtiroki va uning samaradorligini eksport va importning nisbati, ularning tarkibi belgilaydi.
Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarning eksporti ko’p va u asosan tayyor sanoat mahsulotlaridan iborat. Kam rivojlangan mamlakatlarda eksportning o’zi oz, agar katta bo’lsa ham baribir xom ashyodan iborat bo’ladi. Ular importida tayyor mahsulot, hatto oziq-ovqatning hissasi katta bo’ladi. Iqtisodyoti kuchli rivojlangan davlatlar importida xom ashyo, yoqilg’i va butlovchi qismlar katta salmoqqa ega bo’ladi. Milliy hisoblar tizimida rezident va norezident institutsion birliklar o’rtasidagi iqtisodiy operatsiyalar «tashqi dunyo» sektori schyotlarida qayd etiladi. Rezidentlar o’rtasidagi joriy operatsiyalar «tovarlar va xizmatlar», «birlamchi daromadlar va joriy transfertlar» schyotlarida qayd etiladi. Xorijiy daromadlar uchun resurs bo’lib ularning manfaati uchun mazkur mamlakat tovarlari va xizmatlari eksportidan foydalanish xizmat qiladi va aksincha, mazkur mamlakat manfaati xorijiy davlatlar resurslaridan foydalanish esa bu davlatlar uchun foydalanish turlari hisoblanadi. Bu ikki tomon saldosi ijobiy qiymatga ega bo’lsa, xorijiy davlatlar uchun u faol (aktiv) saldo, mazkur mamlakatlar uchun esa - taqchillikni anglatadi va aksincha bo’lsa, teskari talqinga ega bo’ladi. Tashqi dunyo tovarlar va xizmatlar schyotida resurslar sifatida - tovar va xizmatlar importi, foydalanish turi sifatida esa - ularning eksporti qaraladi. Bu schyot saldosi ijobiy qiymat bilan ifodalansa, xorijiy davlatlar tashqi savdoda aktiv balansga ega bo’ladi, mazkur mamlakat uchun esa tashqi savdo taqchillik bilan yakunlanganligini anglatadi. Tovarlar eksport «Fob» bahoda hisobga olinadi, ya’ni tovar qiymatiga eksport qilinuvchi mamlakat chegarasigacha olib borish xarajati ham qo’shiladi. Bunda sotuvchi o’z hisobidan xaridor ijaraga olgan kema bortiga mahsulotni etkazib berishi lozim. Kemani xaridor yollaydi, sotuvchi tovar uchun kemaga yuklash davrigacha javobgar bo’lib, sotish narxi (FOB)ga tovar narxi (TN), tashib keltirish xarajatlari (TKX) ishlab chiqarish xarajati unsuri sifatida qo’shiladi: FOB=TN+TKX Yukni kemaga joylashtirish sotuvchi majburiyatiga kirmaydi va qabul qilingan me’yorlarga ko’ra kema egasi hisobiga bajariladi hamda xaridor tomonidan ijara haqiga kiritiladi. Ayrim hollarda bojxona hujjatlarida tovarlar importi bo’yicha ularning SIF bahosi qayd qilingan bo’ladi. Bu baho tarkibiga FOB narxidan tashqari sug’urta qiymati (SQ) ham kiradi: SIF=FOB+SQ Bunda sotuvchi kemani ijaraga olishi, ijara haqini to’lashi, mahsulotni jo’natuvchi portga etkazishi, belgilangan muddatda uni o’z hisobidan kema bortiga yuklashi va xaridorga konosament (ya’ni, yukni tashishga qabul qilinganligi va tashuvchining oluvchiga etkazish majburiyatini tasdiqlovchi hujjat)ni topshirishi lozim. Sotuvchi majburiyatiga, shuningdek, transportda yuz beriladigan xavf-xatarlardan yukni sug’urta qilish ham kiradi. Shuning uchun ham sotuvchi xaridorga xaridor nomiga sug’urta polisini topshirishi lozim. Xizmatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
mualliflik huquqi, patent, loyiha, yuridik maslahatlar berish, kon’yukturani o’rganish, boshqarish va buxgalteriya maslahatlarini berish kabilar.
Eksport va import tarkibida tarnsport xizmatlari eng yuqori salmoqni tashkil qiladi. Eksport va importni baholash tovar va xizmatlar bo’yicha tashqi balans ko’rsatkichini hisoblash yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun eksport bilan import taqqoslanadi. Agar tovar va xizmatlar importi ularning eksportidan ko’p bo’lsa, u holda balans mazkur mamlakat uchun noxush bo’lib, minus «-» bilan xarakterlanadi. Agar tovar va xizmatlar importi ularning eksportidan kam bo’lsa, u holda balans mazkur mamlakat uchun qulay, maqbul bo’lib, plyus «+» bilan xarakterlanadi. Birlamchi daromadlar va joriy transfertlarning tashqi dunyo mamlakatlari bilan munosabat jarayonida shakllanadigan birlamchi daromadlar va joriy transfertlar, ularning taqsimoti aks ettiriladi. U quyidagi shaklga ega. Tashqi dunyo birlamchi daromadlar va joriy transfertlar schyoti (mlrd AQSh $)
chet davlatlarga gastrolga borgan san’atkorlarning ish haqi;
1 yilgacha shartnoma asosida chet davlatlarda ishlayotgan shaxslar ish haqi va boshqa.
Bundan tashqari uning tarkibiga ish kuchini yollovchilarning aholini sotsial himoya qilish fondiga ajratgan badallari, shuningdek, sug’urta va pensiya fondiga shartli ravishda hisoblangan badallar ham kiradi. Mulkdan olgan va tashqi dunyoga berilgan (tashqi dunyodan olingan) daromadlarga quyidagilar kiradi:
mazkur davlat hukumatining boshqa davlatga bergan krediti evaziga oladigan foizi;
aktsioner kapitaliga ishtirok etganligi uchun tashqi iqtiosdiy bankning chet el banklariga, tashqi iqtisodiy birlashmalarning chet el firmalariga to’langan
dividendlar, eksport (import) evaziga to’langan foizlar va boshqa daromadlar;
er rentasi;
qazilma boyliklarni ishlanmasi uchun to’lovlar;
mualliflik huquqidan foydalangaligi uchun to’lovlar;
patent va boshqa nomoddiy aktivlardan foydalanganligi uchun to’lovlar;
investitsiya qilinmagan chet el kompaniyalari daromadlari.
Mulkdan olingan daromad tarkibiga yuqorida qayd qilinganlardan tashqari yana to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasi hisobiga tashkil etilgan korxona va bo’limlar foydasi, sug’urta polislari egalariga beriladigan daromadlar, shuningdek, uy xo’jaligining norezidentlar sotsial fondi ishtiroki salmog’idagi sof o’zgarishlar ham kiradi. Joriy daromad soliqlari tarkibiga quyidagilar hisobga olinadi:
elchixona xodimlarining mahalliy soliq organlariga to’laydigan soliqlari;
xalqaro amaliy operatsiyalar, masalan, chet el valyutasini sotish va sotib olish, sayohat va boshqalar uchun to’lovlar.
Sotsial sug’urta uchun to’lovlar va nafaqa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
davlat boshqaruv organlari tomonidan sotsial himoya va sotsial ta’minot dasturi uchun ajratgan badallari;
xususiy korporatsiyalarning nafaqa va pensiya shaklidagi badallari.
Har xil joriy transfertlar mazkur mamlakatning boshqa tashqi dunyo mamlakatlari bilan bo’lgan turli iqtisodiy munosabatlarini ifodalaydi. «Joriy balans» mazkur mamlakatning boshqa tashqi dunyo mamlakatlari bilan qilgan tashqi iqtisodiy aloqalarini umumashtirib xarakterlaydi. Unga asoslanib turib mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga baho beriladi. Joriy balans (JB) qo’yidagicha aniqlanadi: JB=TB+(ABDQ+AJT) bu erda, TB - tovar va xizmatlarning tashqi balansi; ABDQ - birlamchi daromadlar qoldig’i; AJT - joriy transfertlar qoldig’i. Har ikkala qoldiq jadvaldagi birlamchi daromadlar va joriy transfertlarning tashqi schyotiga tegishli bandlar va ulardagi o’zgarishlar asosida aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qoniqarli yoki qoniqarsiz bo’lishi mumkin. Qoniqarli balans tashqi dunyo mamlakatlari bilan bo’lgan joriy amaliy operatsiyalar natijasida hosil bo’lgan qo’shimcha daromadni va shu operatsiyalar bo’yicha defitsit qo’lamini ifodalaydi. Qoniqarsiz balans esa shu ko’rsatkichlarning aksini xarakterlaydi. Jamg’armaning tashqi schyoti qo’ydagi schyotlarni o’z ichiga oladi:
kapital schyoti;
moliyaviy schyot;
aktivlardagi turli o’zgarishlar schyoti;
qayta baholash schyoti.
Kapital schyotida rezidentlar va norezidentlar o’rtasida bo’ladigan kapital transfertlar oqimi va tiklanmaydigan nomoliyaviy aktivlar munosabatlari hisobga olinadi.