Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi


Tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi



Yüklə 41,16 Kb.
səhifə2/5
tarix08.04.2023
ölçüsü41,16 Kb.
#94972
növüReferat
1   2   3   4   5
statistika 3mustaqil ish

2.Tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi.
 xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
 xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar;
 xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
 xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
 o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
Har bir guruh ko’rsatkichlari mutlaq va nisbiy miqdorlarda hisoblaniladi. Bunda qiyosiy yondashish va uning shartlariga qat’iy rioya qilish o’ta zarurdir.

Eksport bilan import o’rtasidagi tafovut savdo qoldig’ini (А ТСО) beradi: Agar eksport importdan ko’p bo’lsa, u holda tashqi savdo qoldig’i musbat, aksincha, ya’ni eksport importdan kam bo’lsa, u holda savdo qoldig’i manfiy bo’ladi. Keyingi holat tashqi balansining defitsitli, ya’ni taqchilli balans ekanligidan dalolat beradi.
Eksportning oshishi sotuvchi mamlakat YaIMning ko’payishiga, importning ko’payishi esa YaIMning kamayishiga olib keladi. Umuman tovarlar eksporti ularni ishlab chiqarishga nisbatan, tovarlar importi esa ularni iste’mol etishga nisbatan tezroq o’sib borishi lozim. Iqtisodiyotda ana shunday qoida bor.
Eksport va import o’rtasidagi nisbatlarni turli yondashuvlarda statistik tahlil qilish maqsadida quyidagi ko’rsatkichlar hisoblanadi

3. Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi
MHT da tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati natijalari kuyidagi schyotlarda tavsiflanadi:
1. Tovar va xizmatlar schyoti;
2. Birlamchi daromadlar va joriy transfertlar schyoti;
3. Kapital operatsiyalar schyoti;
4. Moliyaviy schyot;
5.Aktivlardagi boshqa uzgarishlar schyotalirdan tashkil topgan.
Hozirgi kunda MHT unsurlarini joriy kilishda tovar va xizmatlar, birlamchi daromadlar va joriy transfertlar, kapital bilan operatsiyalar schyotlarini shakllantirishning umumiy metodologik printsiplari ishlab chikilgan. «Tashqi dunyo» sektori mamlakat rezidentlari institutsional birliklari bilan operatsiyalarini amalga oshiruvchi norezidentlar birligidan tashkil topadi. Uning schyotlari shu mamlakat milliy iqtisodiyotini «Tashqi dunyo» iqtisodiyoti bilan boglovchi iqtisodiy munosabatlarning umumlashgan xolatini ta’minlaydi. Bir suz bilan aytganda, MHT ning «Tashqi dunyo» sektori schyotlarida shu mamlakat rezidentlari va norezidentlari urtasidagi barcha operatsiyalarni aks ettiradi. «Tashqi dunyo» sektorining barcha schyotlari norezidentlarning nuktai nazaridan tashkil etiladi. Shuning uchun bu schyotlarning «Resurslar» tomonida norezidentlarning rezidentlardan olgan «Foydalanish» tomonida norezidentlarning rezidentlarga utkazadigan iqtisodiy kiymati kursatiladi. Shu mamlakat norezidentlari urtasidagi joriy operatsiyalar tovar va xizmatlarning tashqi iqtisodiy schyotida xamda birlamchi daromadlar va joriy transfertlarning tashqi iqtisodiy schyotida aks ettiriladi. Tovar va xizmatlar bilan tashqi operatsiyalar schyoti sxemasi: Foydalanish Resurslar Tovar va xizmatlar eksporti Mavjud tovarlar moddiy xizmatlar Nomoddiy xizmatlar Norezidentlar iqtisodiy xududga pirovard iste’moli Tovar va xizmatlar importi Mavjud tovarlar (vidimix) moddiy xizmatlar nomoddiy xizmatlar u xolda tashqi dunyo iste’moli (rezidentlar tovar va xizmatlari tashqi balansi (saldosi) «Resurslar» kismida shu mamlakat tovar va xizmatlarning import kilganligi natijasida boshqa mamlakatlarning olgan joriy daromadlari operatsiyasi kursatiladi. «Foydalanish» kismida tovar va xizmatlarni eksport kilish natijasida boshqa mamlakatlarning shu mamlakatga daromadlarni utkazilganligi aks ettiriladi.
Tovar xizmatlarning eksport va importi kuyidagilardan tashkil topadi.
 «mavjud» tovarlari eksport va importi;
 moddiy va nomoddiy xizmatalr eksport va importi.
«Mavjud» tovarlarga tijorat bitimlari natijasida amalga oshiriladigan tugridan-tugri tovar ayirboshlash va boshqa etkazib berish turlari mansubdir. Bundan tashkari bu kismga to’lov vositasi sifatida foydalanilmaydigan nomonetar oltin, kumush va boshqa kimmatbaxo metallar; BMT texnik yordam fondiga begaraz yordam beriladigan elektro energiya, suv, neft, gazlar, muomalada bulmagan kimmatli kogoz, banknot va monetalarni olib chikish xamda ayrim boshqa tovarlar kiradi.
Xizmatlar eksporti va importi kuyidagilarni uz ichiga oladi:
 transport, kishlok xujaligi va aloqa xizmatlari;
 avtomobil va mototsikllarni ta’mirlash va texnik xizmat kursatish;
 xisoblash texnikasi, noshirlik ishlari xizmati:
 kurilish xizmatlari:  sugurta soxasidagi xizmatlar:
 moliyaviy xizmatlar:
 dam olish, turizm, san’at va sport soxasidagi tadbirlar uchun xizmatlar.
Eksport va import tovarlar baxosi fob. Narxlari buyicha ishlab chikariladi. «Mavjud» tovarlar eksporti milliy moddiy boyliklar zaxirasini kamaytiradi. «Mavjud» tovarlar importi esa mamlakat modddiy zaxirasini oshiruvchi vosita sifatida karaladi.

Yüklə 41,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin